7.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari
Inflyatsiya
– pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda
tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida
vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir
qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
140
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, mil-
liy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomu-
tanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtiso-
diy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi
kabilarni keltirish mumkin.
Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajar-
gan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan.
Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng
iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela
boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks
ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar
hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish
sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham
sabab bo‘ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga
byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda
chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar
hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishon-
chining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda
import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatining pastligi, byudjet – soliq
siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida
amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri
iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning
buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan
muomala doirasiga oqib o‘ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish
jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala
jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda
uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi,
lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya
mexanizmi o‘z – o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qam-
rab oladi, uning ta’sirida jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit,
investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
141
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |