O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“KORXONANI TASHKIL ETISH VA TADBIRKORLIK”
FANIDAN
MA’RUZA MATNI
Farg‘ona – 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“KORXONANI TASHKIL ETISH VA TADBIRKORLIK”
MA’RUZA MATNI
FarPI ilmiy-uslubiy
«_____» ______________ yig‘ilish bayoni
«____» __________________ 2021 y.
Farg‘ona – 2021
Kirish.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi - kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ulaming samaradorligini ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantinshning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Erishilgan yutuqlarga hukumatimiz tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama madad berish, samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to‘ldirish masalalariga alohida e’tibor berilganligidir. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatiga bog‘liq qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan biznes tadbirkorlikning faoliyat sohalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ulaming huquqlari, majburiyatlari, mas’uliyatlari va manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangangligi bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlarning ishchanligini yanada faollashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish, eksport tovarlari tarkibida jahon bozorlarida xaridorgir, sifatli mahsulotlarni ko‘paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Respublikamizda qaror topgan qulay ishbilarmonlik muhitining huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning mantiqi va izchilligi, barcha soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish, jahon bozorlarida tez o‘zgarib turgan sharoit iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada erkinlashtirishni taqozo etmoqda.
Shu imtiyozlardan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari samarali foydalanishi natijasida tadbirkorlar soni va mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi, ulaming huquqiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari yaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganligi, eng muhimi, mazkur soha bundan keyin ham diqqat-e’tiborimiz markazida bo‘lishi borasidagi fikrlar va qarashlarining mazmun-mohiyatini jamiyatimizning barcha a’zolariga, eng avvalo, talaba-yoshlaming ongiga chuqur singdirish muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini shallantirishda va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilishda hamda ularning istiqboldagi o‘zgarishi haqida ilmiy asoslangan natijalarni o‘rganishda “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanini kiritish orqali maqsadga erishish ko‘zda tutildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish borasida zarur bo‘ladigan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining ahamiyati nihoyatda dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. Fanning maqsadi talabalarda mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiya qilish sharoitlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, boshqarish va uni rejalashtirish haqida tushuncha berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |