135
juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning to‘lov
qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga –
pul bilan bog‘liq inflyatsiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini
bo‘shatib beradi. Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujud-
ga kelishi davrida o‘rta asrlarda pul muomalasida paydo bo‘lgan
muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga
urinishlar bo‘ldi.
XVIII – XIX asrlarda va XX asrning
boshlarida birinchi jahon
urushiga qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud
bo‘lib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyatsiya muammosi
Fransiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davri-
da, Angliyada Napoleon bilan urush davri – XIX asrning boshlarida
mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda
uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin
monometallizm tizimining
barbod bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan
kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining
inflyatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum bo‘ldi. Shu
davrdan boshlab, inflyatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega
bo‘lgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda
namoyon bo‘la boshladi.
Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi
olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell,
S.Bryu va K.Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha
ko‘tarilishi sifatida
36
, P.Xeyni esa pulning
sotib olish qobiliyatining
pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar
37
.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi
1930 yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullarni
chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” to‘lishi yuz
beradi, bu o‘z navbatida inflyatsiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940
yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog‘oz pullar to‘lov
vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib chiqa-
rishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining
36
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В. 2 т.: Пер. с англ.
Т. I. М.: Республика, 1992. С. 163.
37
Хейне П. Экономической образ мышления. М., 1991. С.484.
136
asosiy sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy
qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‘p omilli
ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir
qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy
kategoriya sifatida
baholadilar.
Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy
olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirishgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi
olimlari V.A.Shegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va
xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning
bahosini o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib
boradi.”
38
, deya ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz
iqtisodchi olimlaridan, professor Sh.Abdullaeva
inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy
mohiyati –muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif
beradi
39
.
Guvohi bo‘lganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha
fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha,
Do'stlaringiz bilan baham: