Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati
Reja:
1.
1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
2.
Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi
3.
Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
4.
Aksilinflyatsiya siyosati
1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum
davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror
o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi.
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin
oshib ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi
holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli
ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet
taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha
aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb
hisoblashishadi.
Neoklassik
yondoshuv
tarafdorlari
inflyatsiyaning
manbai
ishlab
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa
taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan
sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu
nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1.
Valyuta kururslarining o’zgarishi;
2.
Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon
o’zgarishi;
3.
Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Pt-Pt-1
= ----------
Pt-1
bunda: – yillik inflyatsiya sur’ati; Pt - joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor
qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |