4. Aksilinflyatsiya siyosati
Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish,
inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga
qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv
ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi
taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari
iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga
keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti
taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni
taklif etgan.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik,
keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara
beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan,
bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda
monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni
konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet
taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli
shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va
inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish
keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib
daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski
pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa
muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana
bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (
graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini
pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan
pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish
sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan
variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul
daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishini muvofiqlashtirishni ( adaptiv
siyosat) ko’zda tutadi.
Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat
tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul
ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga
bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq
stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish,
davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash
tadbirlari hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bog’liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; - pul massasi va
milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; - “inflyatsiyani import
qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |