149
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z
mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsati-
ladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va
pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki
yo‘nalishda olib boriladi:
Deinflyatsion siyosat
. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan
talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari
yordamida tartibga solib
turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar
uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni
va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z
ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, deinflyatsion
siyosat
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi.
Daromadlar siyosati
. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomoni-
dan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan
narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni
o‘sishini ma’lum chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay “muzlatib”
qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat
hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin.
Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar
siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga
qarshi kurash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o‘tgan ikki
yo‘nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy
pul tizimini mustaxkamlash
uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining
tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona
darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish
va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish
hamda uni
amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab
chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika
hamda texnologiyalarni joriy etish;
-
tijorat
banklarining
investitsiya
va
kredit
faoliyatini
rag‘batlantirish;
150
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy
e’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga
qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, ko‘chmas
mulk, mehnat va qimmatli qog‘ozlarning yagona bozorini shakllan-
tirish hamda
uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan
o‘zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar,
xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar,
xarajatlar va
narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo‘llar bilan
qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish
va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: