Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
8.4. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul
islohotlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O‘zbekiston zaminida 
vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSRda 
yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat 
boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. 
Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi 
yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat 
qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past 
bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning 
boshidan erkin baholarga o‘tish natijasida (oziq-ovqat va yoqilg‘i 
resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar 
bilan rivojlanib ketdi. 
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida 
yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqtni 
talab qiladi. Sobiq SSSRda, jumladan O‘zbekistonda 90-yillardagi 
inflyatsiyasining asosiy sabablari: 


151 
- iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining 
tushib ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz; 
- mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi; 
- ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda 
sarflar, iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi. 
Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib 
baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarining 
yakka hukmronlik o‘rnatishi, baholarni xohlagancha boshqarish, kredit, 
moliya siyosatlarining noto‘g‘ri olib borish, iqtisodning “dollar-
lashuvi”, “rubl zona”sining yemirilishi, valyuta tushumlari va milliy 
boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining 
yana rivojlanishiga olib kelgan. 
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi: 
– ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi 
ishlab chiqarish istiqbollariga to‘g‘anoq bo‘ladi; 
– kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) 
sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o‘tadi. Chunki ishlab chiqarishdan 
ko‘ra, savdo sohasidagi kapital tezroq va ko‘proq foyda keltiradi; 
– baholarning o‘zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon 
vaqtida olib, qimmat bo‘lganda sotish, tovar zaxiralarini yashirish 
jarayonlari avj oladi; 
– kredit berish jarayonlari cheklangan bo‘ladi. Qarz oluvchilar 
ko‘payadiyu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan 
yutqazishi mumkin; 
– davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli 
yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daro-
madning baholar o‘sishidan tushishi natijasida aholining turmush 
darajasi pasayadi.
Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning 
ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg‘armalarining 
qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba’zi qatlamlarining 
(savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi. Davlat aholining 
daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni 
indeksatsiya qilib boradi. 


152 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish