Adabiyotlar
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T.2. - Toshkent: O’zbekiston milliy
entsiklopediyasi,2001. - 703 b.
2. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati. - Toshkent: Sharq nashriyoti 1998.
- 198 b.
YOSHLARNI MUSIQA SA’NATI ORQALI VATANPARVARLIK
RUHIDA TARBIYALASH
114
Har bir inson o`z tug’ilgan yurtiga bo`lgan muhabbati va sadoqatini turli
shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, Vatanning moddiy
boyliklarini oshiradi, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashda hissa qo`shadi.
Yana birov betakror iste`dodi va kuch – g’ayratini ona diyor ravnaqi, uning obro`–
e`tiborini yuksaltirish yo`lida safarbar etadi. Yana kimdir Vatan sarhadlarida tunu
kun sergak turib, uning har qarich yerini ko`z qorachig’idek asraydi. Bularning
114
Bazarov Xayotbek Ne’matovich
- Andijon davlat universiteti
418
barchasi insonga xos bo`lmish vatanparvarlik deb ataladigan noyob va muqaddas
tuyg’uning amalda nomoyon bo`lishidir. Qachonki odam o`z ona yurtining dardu
tashvishi, shodligiyu quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun
jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg’uga emas, yuksak insoniy
fazilatga aylanadi.
Vatanparvarlik deb, o`z yurtini sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning
taraqqiyoti, tinchligi va mustaqilligi yo`lida jismu jonini safarbar etish, fidoyilik
ko`rsatib yashashga aytiladi. Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga
tanitadi. Vatan tuprog’i haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas
bo`ladi. Vatanparvarlik tuyg’usi tabiiy ravishda tug’ilsa-da, insonning barcha
hissiyotlari kabi, u ham tarbiyaga muhtoj bo`ladi. Bu tuyg’u avvalo oilada bobo-
momo, ota-onalar o`gitlari, ibratli hikoyalari, o`z yurtiga bo`lgan mehri va sadoqati,
yurtparvarlik fazilatlari orqali parvarish qilinadi. Yana bu tuyg’u adabiy asarlarda,
san`at turlarida, qo`shiqlarda ham o`z aksini topadi [3,38b.].
Inson ma`naviyatini tarbiyalashda musiqaning o`rni beqiyos. U inson hayotini
mazmunli qiladi, ma`naviy jihatdan boyitadi. Chunki musiqa insonning go`zallikka
bo`lgan ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uning his-tuyg’ularini uyg’otadi, ijodiy
qobiliyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. Bu bilan insonning ma`naviy
o`sishiga sharoit yaratadi, ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni
hal etishga yordam beradi, har bir kishi hayotda o`z o`rnini topishiga ham
ko`maklashadi. Buning uchun musiqani tushunish, u bilan oshno bo`lish lozim.
San`at inson hayotida u yoki bu tarzda namoyon bo`ladi. Bolalikdan rasm solish,
qo`shiq aytishga qiziqish, o`smirlikdan kitob o`qishga ishtiyoq, go`zallikka intilish,
yoshlikdan musiqa olamiga, teatr, kinoga havas kuchaya borib, insonga g’oyaviy,
axloqiy, estetik yo`nalishlar beradi va go`zallik kashf etishga undaydi.
“Musiqa madaniyati” o`quv fani yo`nalishidagi to`garaklarda mazmun jihatdan
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, millatlararo totuvlik va
dinlararo bag’rikenglik kabi milliy istiqlol g’oyalarini aks ettiruvchi badiiy asarlar
repertuardan o`rin olishi muhim omil sanaladi. Bu vazifani amalga oshirishda
maktabdan tashqari muassasalardagi badiiy to`garaklarning imkoniyatlari katta.
419
Chunki umumiy o`rta ta`limi tizimidan farqli o`laroq, badiiy to`garaklarga
o`quvchilar o`z qiziqishlari va ixtiyori bilan keladilar. Shu bois milliy – musiqiy
qadriyatlarni o`quvchilar ongida shakllantirish yengil ko`chadi. To`garak
mashg’ulotlarida asar mazmunini to`la yoritib berish vositalaridan o`z vaqtida o`rinli
foydalanish, bu vositalarning ta`sirchanlik darajasini oshirish metodlarini qo`llay
bilish, badiiy asarning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi. Shu jihatdan
millatlararo totuvlikni, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligini kuylovchi “Hur respublikam”
Q.Qayumov she`ri, A.Mansurov musiqasi; “O`zbekistonim” D.Shohismoil she`ri,
Sh.Ramazonov musiqasi; “Istiqlol haqida qo`shiq” A.Qo`ldoshev she`ri, Q.Ma`mirov
musiqasi; “Mustaqillik lolalarimiz” R.Abdullaev musiqasi, N.Narzullaev she`ri;
“Yurtim qomusi” Q.Ma`mirov musiqasi va she`ri; “Yurtim kamoli” N.Norxo`jaev
musiqasi, R.Tolib she`ri; “Biz tinchlikni istaymiz” K.Kenjaev musiqasi, B.Isroilov
she`ri; “Keng Turkiston” P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi kabi qo`shiq va
kuylarning repertuarlardan o`rin olishi va shu asosda milliy g’oyani o`quvchilar
ongiga singdirishni taqazo etadi [2,44b].
Maktabdan tashqari muassasalarda musiqa madaniyati darslaridan farqli o`laroq,
musiqiy asarlarni, shu jumladan Vatanni tarannum etuvchi asarlarni tahlil etish uchun
keng imkoniyat yaratiladi. Bunda musiqiy idrok, uni baholash va unga shaxsiy
munosabat bildirish uchun yetarli vaqt ajratish mumkin bo`ladi, ya`ni musiqiy ta`sir
jarayoni kompleks tarzda yo`lga qo`yiladi. Shuningdek, maktabdan tashqari
muassasalardagi to`garaklarda o`smir yoshlarda badiiy vositalar, xususan, musiqiy
vositalar orqali vatanparvarlik tuy’ularini shakllantirish jarayonida to`garak
mashg’ulotlarida ustoz va shogird an`analaridan foydalangan holda har bir o`quvchi
bilan yakka holda mashg’ulot olib borish; ta`lim mazmunida musiqiy merosning
ustivorligiga asoslanish; mashg’ulotlar jarayonini ta`lim va tarbiyaning uzviyligi
tamoyili asosida tashkil etish, to`garak mashg’ulotlari mazmunini o`quvchilarning
ma`naviy, estetik, ruhiy, siyosiy va jismoniy rivojlantirishga yo`naltirish mumkin
bo`ladi. Maktabdan tashqari sharoitda amalga oshiriladigan musiqiy tarbiyaning yana
bir muhim jihati Shundaki, unda siyosiy ahamiyat kasb etuvchi muhim musiqiy
tadbirlarni o`tkazish keng qo`llaniladi.
420
O`zbek xalqi musiqasi talqinining muhim vositalari o`zbek milliy cholg’u
sozlari bo`lib, “Cholg’uchilik” to`garaklarida undan keng foydalanish imkoniyatini
yaratadi. Mashg’ulotlarda milliy cholg’ularning kelib chiqish tarixi, ijrochilik
imkoniyatlari, tembr xususiyatlarini to`la – to`kis ochib berish, ular orqali milliy
musiqa lad va ohanglari, ritm xususiyatlari kabi ma`lumotlar berish milliy musiqa
tabiatini to`g’ri idrok etishga o`rgatadi. Dastlabki mashg’ulotlar cholg’u asbobi bilan
tanishtirishdan boshlanadi. So`ngra boshqa sozlar turlari, yakkaparvoz, jo`rparvoz,
cholg’u ansambli va orkestr haqidagi ma`lumotlar beriladi. Shu tartibda milliy
musiqiy janrlar: kasbiy va ommaviy janrlar haqida tushunchalar beriladi. Kasbiy
(professional), ijodiyot namunalari (katta ashula, maqom, ashula, dostonchilik),
ommaviy (lapar, yalla, terma, allalar, yor – yorlar va bolalar qo`shiqlari) janr
ko`rinishlari ham nazariy, ham amaliy tanishtirish orqali milliy musiqani idrok etish
malakalari
shakllantiriladi.
Maktabdan
tashqari
muassasalardagi
musiqiy
to`garaklarda o`rganiladigan asarlarning g’oyaviy mazmuniga alohida e`tibor qaratish
lozim. Asarlarning g’oyaviy mazmuni, obrazlari, xarakteri haqidagi tushunchalar asar
o`zlashtirilishidan avval tanishtiriladi. Asar mohiyati, tuzilishi, undagi ifoda
vositalari, emotsional holat o`quvchi ruhiyatiga ta`sir ko`rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, musiqaning o`smirlarda ham musiqiy – nazariy, ham
estetik, ham milliy istiqlol g’oyalari va vatanparvarlik haqidagi bilimlarni
shakllantirishdagi ro’li beqiyos. Badiiy vositalardan, xususan, milliy musiqiy
merosimizdan, an`analarimizdan, Vatanni madh etuvchi qo`shiq-kuylarimizdan
unumli foydalanish sharoitida ta`lim va tarbiyaning samaradorligini oshirishga
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |