433
sha’nu sharafini yuksaltirish yo’lida fidokorona xizmat qilish, yosh avlodni Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunda tom ma’noda
shon-sharaf
ishiga aylanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Professor-
o’qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta bilim berish, ularni
jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”, - deb ta’kidlaydi
[2. 14].
Vatan manfaatlarini himoya qilish – Vatanning ozodligi va mustaqilligi, uning
xududida yashayotgan xalqning tinchligi va ozodligi,
bugungi va kelajak hayotini,
huquq va manfaatlarini, barcha milliy boyliklarini avaylab-asrash, boyitish va
qo’riqlash bilan bog’liq barcha maqsad va vazifalarni o’zida ifoda etadi. Vatan va
uning farzandi bo’lgan insonlarning shaxsiy manfaatlari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
Vatanga muhabbat uning manfaati yo’lida qayg’urish, ajdodlar merosiga sadoqat,
milliy ma’naviyatdan
bahramandlik, bashariyatga hurmat, kelajak oldida
mas’uliyatlik tuyg’ularini tarbiyalaydi. Haqiqiy vatanparvar insonlar o’z
manfaatlarini Vatanning taqdiridan, millati, halqining milliy qadriyatlaridan, orzu-
istaklaridan ayri holda tasuvvur qila olmaydi. Mamlakatimizda o’z mustaqil fikriga
ega bo’lgan, haq-huquqlarini
yaxshi taniydigan, o’z kuchi va aqliga ishonib
yashaydigan, shaxsiy manfaati bilan Vatan manfaatini uyg’un qo’ra oladigan shaxs
ma’naviyatini qaror toptirish masalasiga katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz yoshlarini milliy g’oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur
singdirish, o’zini jonajon yurtimizning fidoyi insoni deb bilgan har bir fuqaro uchun
muqaddas burch hisoblanadi.
Vatanparvarlik tushunchasi - o’z Vatanining ozodligi va obodligi, uning
sarhadlari dahlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo’lida fidoyilik ko’rsatib yashash,
ona
xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g’ayrati, bilim va
tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob
faoliyatni anglatadi. Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri,
istiqboli, ona yurtga
muhabbat tuyg’usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg’usi shuncha yuksak
434
bo’ladi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, o’z xalqiga muhabbat bilan
yashash, uning istiqboli, manfaatlari yo’lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish
zarurati tug’ilganda jonini fido qiishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz
erishayotgan
muvaffaqiyatlardan quvonish, og’ir kunlarida uning uchun qayg’urish,
o’z yurti bilan g’ururlanish, uning har bir qarich yeri, har bir g’ishti va giyohiga,
qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va
ma’naviy boyliklarini ko’z qorachig’idek asrab-avaylash –
bularning barchasi
vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini kamol
toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga
ega. Inson o’z yurtini qanday bo’lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor
imkoniyatlarini ishga solishi lozim [4, 104-105].
Xalqimizning o’tmish tarixi va madaniyati, jonajon Vatanimizning mustaqilligi
va ravnaqi yo’lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish,
ularga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va
salohiyatiga bo’lgan ishonchni kuchaytirish,
shuningdek, milliy armiyamiz -
mustaqilligimiz, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati ekanligini
yoshlarga uqdirib borish ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: