450
o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya,
tarbiya va faqat tarbiya hisobidan" [1].
Yurtimizda hozirgi kunda uzluksiz ta’limning har bir bo’g’iniga alohida e’tibor
berib, ta’limni takomillashtirishga, zamon va jahon standartlariga mos keladigan
raqobatbardosh, milliy g’ururi, milliy iftixoriga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashga
juda katta ahamiyat berilmoqda.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish tadbirlari –
bu tizimni
demokratik va insonparvarlik yo’nalishlarida qayta qurish bilan ham bog’liq. Chunki,
insonparvarlik g’oyalari va tamoyillari milliy g’oya bilan chambarchas bog’liq bo’lib,
insonning moddiy farovonligi va ma’naviy barkamolligi, erkin, mustaqil, ijodiy
faoliyatini, kishilarning o’zaro hamkorligi, do’stligi, hamjihatligi, birdamligi va bir-
biriga g’amxo’rligi kabi eng yuksak, ilg’or insoniy fazilatlarni o’zida mujassam etadi.
Odillik, halollik, poklik, to’g’rilik, mehnatsevarlik,
vatanparvarlik, odoblilik,
vijdonlilik, iymon-e’tiqodlilik, mehmondo’stlik, kamtarlik, or-nomusni, sharm-hayo
va iffatni e’zozlash, tinchliksevarlik, olijanoblik, el-yurt manfaatini o’z manfaatidan
ustun qo’yish kabi yuksak insoniy fazilatlar ham insonparvarlikning namoyon
bo’lishidir.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib,
ta’limning
barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi: fan – yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot
texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan
ehtiyojni,
shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-
texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi hisoblanadi [3].
Uzluksiz ta’lim tizimi – yagona ta’lim tizimi, ta’limni shaxs ijodiy
imkoniyatlarining muntazaam rivojlanishini ta’minlovchi bir umrlik jarayon sifatida
talqin etiladi va uning ma’naviy dunyosini har tomonlama boyitadi.
Ta’limni insonparvarlashtirish yoki gumanitar ta’limning bosh tamoyili
shaxsning intelektual, jismoniy va ma’naviy-axloqiy
qobiliyatlarining shakllanishi,
451
taraqqiy etishi va o’zini namoyon qilishi uchun muayyan sharoitini yuzaga keltirishni
taqozo etadi. Ta’lim va tarbiyada millatning madaniy an’analariga umumbashariy
qadriyatlarga murojaat etish ham, shakllangan me’yorlar va qarashlarni qayta
anglashga bo’lgan hatti-harakati ham ana shundandir. Eskirgan mafkuraviy qoliplar
va ko’rsatmalardan voz kechish, erkin, ijodkor va tashabbuskor
shaxsni tarbiyalab
yetishtirish asosiy vazifamizdir. Hozirgi kun fan, madaniyat va ta’lim sohalarida ham
katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur’atlari tobora
jadallashmoqda. Biroq axborotlar asri talablariga muvofiq o’zgarayotgan hayotimiz
ehtiyojlari jamiyat oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko’ndalang qilib qo’ymoqda.[2]
Yoshlarni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, yot mafkuralar, hurujlardan
asrash, ularda turli g’oyaviy tahdidlarga qarshi ko’nikmalarni shakllantirish
davlatimiz siyosatining muhim yo’nalishlaridan sanaladi. Prezident Sh.Mirziyoyev
o’z nutqlarida “Mafkura sohasida bo’shliq degan narsaning o’zi hech qachon
bo’lmaydi.
Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot
olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to’xtamaydi. Demak, doimo ma’naviy oziq
kerak. Agar shu oziqni o’zi yashayotgan muhitdan topa olmasa, bunday oziqni u asta-
sekin boshqa yoqdan izlay boshlaydi” deya ta’kidlaydi [1]. Shu o’rinda sog’liqni
saqlash, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilayotgan
islohatlar unib-o’sib kelayotgan yoshlarga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan
doimiy e’tibor va g’amxo’rlik namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: