440
Har qanday tilda bo’lgani kabi ingliz tilidagi so’zlarning ham asl mohiyatini
to’liqroq anglash uchun o’sha tilning izohli lug’atlaridan foydalanish lozim bo’ladi.
Patriot
so’ziga eng ommabop lug’atlardan biri “Vatanini sevuvchi, kerak bo’lsa
uning uchun kurashuvchi shaxs (a person who loves their country and, if necessary,
will fight for it)” sifatida ta’rif berilgan. Demak, vatanparvar sifatiga ega bo’lish
uchun shaxsda faqatgina unga
nisbatan muhabbatgina emas, balki uning koriga
yaraydigan kerak bo’lsa, u uchun kurashishga tayyor ham bo’lish kerak degan
tushuncha ham bo’lishi talab etilar ekan.
Ona yurtning koriga yarash, Vatanga xizmat qilish va uning oldida o’z burchini
ado etish kabi muqaddas g’oyalar faqatgina ma’lum bir toifa insonlar – nafaqat
harbiylar, ichki ishlar xodimlari yoki huquqni muhofaza
qiluvchi organlargagina
tegishli, balki millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va jamiyatdagi maqomidan qat’iy
nazar yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir shaxsning burchi ekanligini pedagogik
jarayonda doimo ta’kidlanib borishlishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, har bir
kasb egasi yoki jamiyatning turli qatlamlarining vakili o’z vazifasiga sidqidildan
yondashsa, uni vijdonan ado etsa u ham vatanparvarlikning yuksak namunasi
ekanligini uqtirilib borilishi zarur.
Vatanparvarlik bilan bog’liq bo’lgan so’zlarning barchasi ham ijobiy ma’noga
ega bo’lavermaydi. Bunday holat ayniqsa ushbu masalada o’ta chuqur ketish orqali
sodir bo’lishi boshqa salbiy kontseptsiyalarning kelib chiqish tarixidan ham ma’lum.
Shunday tushunchalar sirasiga chauvinism va jingoism kabi so’zlarni
kiritish
mumkin. Ikkala so’zning ham ma’nolari deyarli bir xil bo’lib o’z millati yoki
Vatanini asossiz ravishda boshqa millat va xalqlardan ustun qo’yish orqali yuzaga
kelgan. Chauvinism so’zi allaqachon baynalmilal so’zlar sirasiga kirib ulgurgan va
“Shovinizm” so’zi nafaqat shu kabi holatlarda balki, erkak va ayol o’rtasidagi gender
tengsizlikka asoslangan munosabatlarga nisbatan ham qo’llaniladi. Bevosita mazkur
so’zning kelib chiqish tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, frantsuz davlat va siyosat
arbobi Napoleon Banopartning qo’shinida xizmat qilgan va uning o’limidan so’ng
ham sodiq askar Nikolya Shoven nomi bilan bog’lash mumkin.
Istilohda esa
441
“bo’rttirilgan, asossiz ravishda biror kishining o’z millati, irqi yoki mamlakatini
boshqa millat va elatlardan ustun deb kuchli ishonish” sifatida izoh berilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek “chauvinism” so’ziga ma’no jihatdan eng yaqin so’z
“jingoism” bo’lib uning kelib chiqishi aynan Britaniya tarixidagi bir voqea bilan
bog’liq, ya’ni shovinizmning ildizlari frantsuzlarga borib taqalsa, mazkur so’z
inglizlar tarixi bilan bevosita aloqadordir. 1877-1878
yillarda Rossiya va Usmoniy
turklar o’rtasida sodir bo’lgan jangda bir guruh ingliz harbiylari turk qo’shini tarafida
ishtirok etadilar. O’sha askarlar o’zlarini ruhlantirish maqsadida bir mashhur
qo’shiqni kuylar va o’sha qo’shiq matnida ...
yet by jingo
parchasidagi
jingo
so’zidan
kelib chiqqan [3]. Izohli lug’atda “jingoism”ga “o’z mamlakatini doimo eng yaxshi
deb qat’iy ishonish va bu yo’lda kerak bo’lsa, jang qilishga ham tayyor turish” tarzida
ta’riflangan. Ko’rinib turibdiki, shovinizm kabi tushuncha va qarashlar istalgan toifa
insonda uchrashi mumkin, lekin jingoizm aksariyat holatlarda harbiylarda uchragan.
Demak, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda ularga
bag’rikenglik g’oyalarini ham o’rgatish muhim hisoblanadi. Vatanparvarlik
g’oyalarini yosh avlodga o’ta singdirib yuborish ba’zi hollarda ta’bir joiz bo’lsa
“Shovinizm” va “Jingoizm” kabi buzg’unchi g’oyalarni
shakllanishiga ham olib
borishi mumkin. Shuning uchun, vatanparvarlik kabi ezgu g’oyani bag’rikenglik
tamoyillari asosida o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mazkur mavzuga bir necha yuzlab so’zlarni bog’lash va ularga atroflicha izohlar
berish mumkin, lekin mutaxassisligi filologiya yoki lingvistika bilan bog’liq
bo’lmagan yo’nalish talabalariga dars jarayonida barchasiga to’xtalib o’tish shart
bo’lmasa-da, yuqoridagi keltirilgan ba’zi so’zlarni kezi kelganda, ma’qul va munosib
vaqtini topib tushuntirib ketilsa, o’z samarasini berish ehtimoli yuqoriroq.
Bunda
professor-o’qituvchidan nafaqat pedagogik mahorat, balki hayotiy tajriba va chuqur
bilim ham talab etiladi. Ta’lim muassasasining ixtisosligi va talabalarning bo’lajak
kasblaridan kelib chiqqan holda aynan bir mashg’ulot bo’lmasa ham, dars mobaynida
uning ma’lum bir qismini shu maqsadga yo’naltirish har bir talabada mazkur
g’oyalarni shakllantirish va keyinchalik rivojlantirib borish uchun samarali bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: