O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Axmedova Ziyoda
 - Toshkent shahar Sergeli tumani, 599-maktabgacha ta’lim muassasasi


456 
tarbiyalanuvchi bolalarga qanday qilib vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish 
mumkin. Bizga ma’lumki, 2018 yil 23 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
Kontseptsiyasi” ishlab chiqilib, unda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash masalasiga jismonan va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit 
ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas bir qismi sifatida qaraldi hamda unda 
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to’rt bosqichda amalga 
oshirilishi belgilab qo’yildi.
 
Birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki 
tasavvurlar paydo bo’ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo’shiqlar o’rgatish, multfilm va turli 
o’yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari 
(bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona yurtga muhabbatni 
shakllantirishni o’z ichiga oladi. 
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining asosiy 
faoliyat turi o’yin hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi va dunyoqarashi 
shakllana boshlaydi. Agarda tarbiyachi pedagogik nuqtai nazardan o’yinni to’g’ri 
tashkil eta olsa, ushbu o’yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish 
bilan birga, unda aqliy tafakkurni shakllantirishga ham xizmat qiladi. 
O’yinlar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi o’yinlarga ajratilib, ushbu 
o’yinlarda bolada vatanparvarlikni shakllantirishda ota-ona, yashash manzili, oila 
a’zolari, O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi, O’zbekiston 
Respublikasining davlat bayrog’idagi ranglari, kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasbi, 
televidenie haqida savol-javoblar o’tkazilishi mumkin. 
Bola savollarga javob berish jarayonida fikrlaydi va fikrini ravon ifodalashga 
odatlanib boradi. O’yinlar asosida bolalarning tafakkur doirasini kengayib boradi, 
ularning fikrlashi takomillashadi, hamda tasavvurlarning rivojlanishiga ta’sir etadi. 
Birgalikda o’tkazilgan aqliy o’yinlar bolalar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlashga 
xizmat qiladi. Shuning uchun aqliy o’yinlarning mazmuni xilma-xil bo’lib, unda 
o’yin elementlari qancha ko’p bo’lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag’ishlaydi. 


457 
Hozirgi kunda o’yinlar kattalarning kasbiga oid: o’qituvchilik, tarbiyachilik, 
shifokorlik, musiqa xodimi, sotuvchilik, haydovchilik, Vatan posbonlari kabilar 
tarbiyalanuvchilarning kasb tanlashiga, o’ylab mushohada yuritishiga undaydi. 
“Kiyikni ovlash”, “Sholg’om tortish”, “Podachi bilan poda”, “Botir bolalar”, 
“Quvnoq javob”, “Men Alpomishman”, “Hayvonlar qiroli”, “Samarqandga yetib 
keldik” kabi aqliy o’yinlar bolalarni aqliy tafakkurlashga yo’naltiradi. Bunda 
mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim.
Bolalarda Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo’shiqlar eshittirish ham 
vatanparvarlik tuyg’usining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi usullardan 
hisoblanadi. Masalan: 
Vatan – bizning uyimiz, 
Vatan – bizning ko’chamiz, 
Soylardagi suvimiz, 
Mazza qilib ichamiz
... degan she’rda bolalar uchun qanchalik ma’no bor. 
Faqat shunisi muhimki, har bir tarbiyachi o’zi ham bolalarga xos bo’lgan his-hayajon, 
tuyg’uni she’rda aks ettira olishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasi bolalariga “Alla” qo’shig’i orqali ta’sir 
ko’rsatish mumkin. Chunki, alla bolalar uchun eng go’zal va shirin xayollarni 
bag’ishlay oladi.
Ertaklar – vatanparvarlikni aks ettiruvchi muhim manbalardan biri. Bular ham 
bolalarning qo’rqmas, botir bo’lib voyaga etishlarida xizmat qiladi.
Vatanparvarlik haqidagi maqollar ham bolalarda Vatan tuyg’usini 
shakllanishiga yordam beradi. Masalan: 
Baliq suv bilan tirik,
Odam – el bilan. 
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni. 
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning – taxti. 
Vataning tinch – sen tinch. 


458 
Vatanni sotgan er bo’lmas.
Bolalar o’rtasida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish borasida 
o’tkaziladigan musobaqalar, tadbirlar bolalarning ruhiyatiga yaxshi ta’sir o’tkazadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiya jarayonini 
takomillashtirish yo’lida xalqning o’tmishda yaratilgan ma’naviy-axloqiy merosi, 
ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribasi, ta’lim-tarbiya nazariyasiga oid qarashlarini ilmiy-
nazariy jihatdan o’rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishning yo’l, vosita va 
metodlarini belgilab olish muhim ahamiyatga egadir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish