O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: O’zbekiston, 2016. - 72 b. 
2.
Grigoryants A.G., Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Toshkent: Cho’lpon NMIU, 
2005. - 240 b. 
3.
Mirzayev T., G’ofurov Z., Tabiatni e’zozlash-umubashariy muammo. Toshkent: 
Yangi asr avlodi, 2001. - 374 b. 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYALANUVCHILARIDA 
VATANPARVARLIK, INSONPARVARLIK 
 FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
113
 
Jahonda globallashuvning ta’siridan kelib chiqib yoshlarimiz ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasi tizimida Vatan tuyg’usi, e’tiqod, vatanparvarlik, insonparvarlik fazilatlarini 
shakllantirish, ularni o’z xalqi va vatanining sodiq farzandlari qilib tarbiyalash 
113
Ibragimova Dilnura Zafarbek qizi
 - Andijon davlat universiteti 


413 
hayotimiz mazmuniga aylanmoqda. Bu borada ota-bobolarimiz ishlaridan faxrlangan 
holda, ularning boy tajribalarini chuqur tahlil va tadqiq qilish, puxta o’rganish, 
hayotimizga tadbiq qilish muammosi ko’ndalang bo’lib turibdi. 
Bular yoshlarimizda bobolari ishlari va nasl-nasablaridan faxrlanish, milliy 
qadriyat va an’analarimizga sodiq bo’lishga harakat qilishga undovchi omillar bo’lib 
hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarimizda vatanparvalik, insonparvarlik va mehr-
muruvvat tuyg’ularini shakllantrishni ularning ilk yoshidanoq boshlash kerakligini 
hayot taqozo etmoqda.
Insonda eng yuqori ma’naviy hislardan bo’lgan, vatanparvarlik, insonparvarlik 
tuyg’ulari bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan. Bularni bir-biridan ajratib qarash qiyin. 
Bular bir-birini to’ldiruvchi, bir-birini boyituvchi, bir-birini taqozo qiluvchi, bir-
birining zamirida paydo bo’luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma’naviyatini belgilovchi 
omillar hisoblanadi. 
Vatan – arab tilidan olingan bo`lib, ona yurt kishilarning yashab turgan, ularning 
avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamalakati degan 
ma’nolarni anglatadi. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da esa, Vatan 
tushunchasiga shunday ta’rif keltiriladi: Vatan – kishilarning tug‘ilib o‘sgan joyi, 
yurti, mamlakati, tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, 
o‘ziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona 
kabi muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuyg‘usi, mas’uliyati har bir yetuk insonga 
xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi [1; 703-b]. 
Mustaqillik izohli ilmi-ommabop lug’atida esa: “Vatan tuyg’usi – bu Vatanni 
himoya qilib, Vatan deya fido bo’lgan To’maris, Shiroq, Najmidin Kubro va boshqa 
buyuk zotlar yurakdan his qilgan tuyg’udir” deyiladi. Vatanparvarlik – kishining o’zi 
tug’ilib o’sgan, kamol topgan joy, zamin,o’lkaga bo’lgan mehr – muhabbatini, 
munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir 
[2; 34-b]. 
Demak, vatanparvarlik tuyg‘usi nasldan-naslga o‘tadigan, tug‘ma his-tuyg‘ular 
jamlanmasi emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonining mahsulidir. Shunday ekan, 
vatanparvarlik tarbiyasini uzluksiz ta’limning ilk bosqichlaridan boshlash maqsadga 


414 
muvofiq. Zamonaviy sharoitda ta’lim sohasidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad 
ham darsliklar va qo‘llanmalarning mazmunini bolalarda vatanga e’tiqodni 
shakllantirishga xizmat qiladigan o‘quv materiallari bilan boyitish, mutafakkirlarning 
barkamol inson haqidagi fikr va mulohazalari yordamida yosh avlodni vatanparvar, 
insonparvar shaxs sifatida tarkib toptirishdan iboratdir. Shu ma’noda bolаlalarga 
Vatan tushunchasini singdirish orqali vatanparvalik, insonparvarlik fazilatlarini 
shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning asosi bo’lib hisoblanadi. Bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik 
fazilatlarini shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu 
tushunchalar bolalarning ongiga ularning yoshga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda yetkazish orqaligina shakllanishi mumkin. Bog’cha yoshidagi bolalarda 
vatanparvarlik-insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishning qator shakl va 
metodlarini ko’rsatish mumkin: 
- Vatanga mehr-tuyg’ularini shakllantirishda qator o'zbek adiblarining 
asarlari, she'rlari va xalq og’zaki ijodi, ya’ni xalqimizning ma’naviy ijodidan 
foydalanish mumkin. Masalan: “Bo’taloq” (M.Muhammad), “To’ng’iz nima deydi” 
(O. Abdurahmonova), “Ayiqcha” (A.Baratov) “Adajon hormang”, “Uch yoshlilar” 
(A.Obidjon), xalq og’zaki ijodidan “O’tirsin-o o’tirsin”, “Barmoqchalar”, “G’ozim 
bor-g’ozim bor” “Buvijonim” kabi she’rlarini 2-4 yoshli bolalarda yodlatish katta 
tarbiyaviy ahamiyatga ega [2; 36-b]. 
- Vatan tabiati, boyliklari, hayvonot dunyosi, nabodoti haqidagi hikoyalarni 
bolalarga aytib berish ya’ni ertak terapiyasidan foydalanish, tabiatni asrash, atrof-
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
kabi tushunchalarni ham ana shu ertaklar zamirida bola ongiga singdirib borish, 
ularda Vatanga eng oddiy, sodda mehr tuyg’ulari urug’larini qalblarida ilk yoshlik 
paytlaridan boshlab sepib borish;
- tabiatga sayr paytlarida “Daraxt barglarining to’kilishi”, “Quyosh va yomg’ir”, 
“O’rmonchaga sayohat”, “Qushlar bizning do’stimiz” kabi ko’plab mavzularga 
bolalar e’tiborini qaratish orqali ularning qalbida ona tabiatga muhabbat hissini 
oshirish, tasavvur va tafakkur ko’lamini kengaytirishga erishish ; 


415 
- milliy xalq o’yinlari “Mehmon-mehmon”, “Oq terakmi ko’k terak” va 
boshqalardan foydalanish orqali esa go’dak hayotining 8-9 oyligidan boshlab kattalar 
bilan dastlabki o’yin faoliyati boshlanadi. O’yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, 
quvonch, shodlik bolada huzurlanish tuyg’ularini paydo qiladi. Bola yoshining 
ulg’ayib borgani sari uning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida didaktik 
o’yinlarni tashkillashtirish; 
- millatimiz va vatanimiz buyuk siymolarining suratlarini ko’rsatish (A.Navoiy, 
Z.M.Bobur, A.Temur, M.Ulug’bek, J.Manguberdi ) va ular haqida bolalarga so’zlab 
berish. Ularning Vatanimiz ozodligi, obodligi yo’lida qilgan samarali mehnatlari, 
mashaqqatlari haqida so’z yuritish orqali bolalar ongida vatanparvarlik, 
insonparvarlik, faxr-iftixor tuyg’ularini shakllantirish; 
- bolalarda harbiy vatanparvarlik tuyg’ularini shaklantirishda milliy armiyamiz va 
O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi, gerbi, bayrog’i, bir so’z bilan 
aytagan davlat ramzlari haqida so’zlab berish, suratlar, qisqa video roliklarni amalda 
qo’llanilishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi (MTM) tarbiyalanuvchilarida vatanparvarlik, 
insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishda milliy qadriyatlar namunalari muhim 
manba bo‘la olishini hisobga olib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin: 


Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish