O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


O’rolova Mo’’tabar Mamarajabovna –



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

O’rolova Mo’’tabar Mamarajabovna – 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O’zbekiston tarixi 
davlat muzeyi 


402 
javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal 
etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi” deb 
ta’kidlaydi [1, 15-b]. Shu o’rinda tezkorlik va shiddatkor yoshlarimizga to’g’ri yo’l 
ko’rsatib, yo’naltirib borish ta’lim tizimi xodimlarining eng muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiy etib borgani sari tashqi tahdidlar turli yovuz xavf-xatarlarga 
ta’siri ham kuchaymoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, 
o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. ... Bunday 
keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-
ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. “Bolalarimizni 
birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Bu 
borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu 
vazifalarni 
amalga 
oshirishda biz 
asrlar 
mobaynida 
shakllangan 
milliy 
an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz” [2] deydi, Respublika 
Prezidenti. 
Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo halokat, yo 
saodat - yo falokat masalasidir” [3], - degan edilar. Albatta, ta’lim-tarbiya jarayonida 
o’quvchi-yoshlar ongi va qalbidagi shu kemtiklikni to’ldirish, ma’naviy 
qashshoqliqning oldini olish, vatanparvar, shijoatli, aql-zakovatli bo’lishda aynan 
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan unumli foydalanish har tomonlama 
rivojlangan, sog’lom, intellektual yoshlarni tarbiyalashga zamin bo’la oladi.. 
Harakatlar 
strategiyasi 
asosida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilingani 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashga katta 
ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida o’sib kelayotgan yosh avlodlarni o’qitish 
va tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan umummilliy 
masalalardan biridir. 
Ta’lim tizimi jarayonida tarbiya masalasi jamiyatdagi ilg’or, ziyoli, 
vatanparvar kishilar diqqatini doimo o’ziga tortib kelgan. Zero, har qanday davlat, 


403 
jamiyat, millatning taraqqiyoti, kelajagini bilimli va tarbiyali yoshlarsiz tasavvur etib 
bo’lmaydi. 
“Jamiyatimizda sog’lom fikr, sog’lom kuch ustuvor bo’lishi uchun biz 
ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo, yoshlarimizni turli zararli 
ta’sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida 
muntazam o’ylashimiz, faol ish olib borishimiz lozim” [4]. 
 
Inson tug’ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta 
ota-onasidir. Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida 
javobgarligi kundan-kunga ortib boradi, chunki o’sib kelayotgan avlodning taqdiri 
ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog’langandir.
Devoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo’lgan xulq-odob 
qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o’z qilmishi uchun 
mas’uliyatni sezish, shirinsuxan bo’lish, yaxshilik, ezgulik kabi ahloq qoidalarini 
egalllashiga yordam berishi lozim». 
Ta’lim-tarbiyasi masalasida Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» asarida 
“farzand tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning e’tiqodini 
shakllantirishda”-deydi. “Agar oilada oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik, qilsa, u 
oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda yomon natijalar kelib chiqishi 
mumkin”. “Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan to’g’ri foydalanilsa, oila baxtli 
bo’ladi” – deydi [6, 28-b]. 
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida farzand tarbiya etish, oilaning 
moddiy ta’minoti, ota-onaning mavqei, bolaning mas’uliyati hulq-atvoriga qarab
ota-onalariga baho berilishni aytib, ularni ogohlantiradi. [6, 35-b] 
Mirzo Ulug’bekning ta’kidlashicha, “bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqishini, 
havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rin egallaydi.” Shunday 
ekan, avvalambor bola ta’lim-tarbiyasida oila muhitini to’g’ri tashkil qilish darkor.
Kaykovus o’zining «Qobusnoma» pandnomasida “O’z farzanding sening 
haqingda qanday o’ylashini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lgil, 
nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda 
shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o’xshaydir” deb 


404 
yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo’lishga da’vat 
etadi [6, 45-b]. Shuningdek, asarda “oila va farzand tarbiyasi, nasl-nasab, inson qadr-
qimmatini bilishni tarbiyaning gultojiga qiyoslaydi. Ota-ona bola tarbiyasi haqida 
yetarlicha amaliy va nazariy bilimga ega bo’lishi kerak. Chunki yomon tarbiya 
nafaqat oilaga, balki qo’ni-qo’shni va mahalla, maktabda o’quvchilar tarbiyaga ham 
salbiy ta’sir qiladi. 
Devoniyning “Axloqiy Jaloliy” asarining “Oilashunoslik” deb ataluvchi
qismida har bir inson biron-bir kasbni, hunarni egallashi zarurligi haqida ta’kidlanadi.
Abdurauf Fitrat ham 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarida oila, xalqlarning 
umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan. Fitrat oilaning ijtimoiy vazifalarini 
«Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi bo’limlarda yoritib 
bergan [7]. 
Insonning ma’naviy va aqliy hislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan 
muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli 
boyligi bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, hatto 
halokatga 
aylanishini 
uqtirgan. 
Ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
o’quvchi-
yoshlarnivatanparvar, mehnatsevar, oilaviy hayotga tayyorlashga xos masalalar 
buyuk allomalar Muhammad ibn Ismoiy Buxoriy, Termiziy ijodlarida hamda 
tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Bahovuddin 
Naqshbandiy, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir. 
Vatanni sevish, ardoqlash, oila va undagi tarbiya usuli, vosita va omillari 
ko’proq yozma pandnomalarda - Kaykovusning «Qobusnoma», «Saodatnoma», 
Zahiriddin Muhammad Bobo’rning «Boburnoma»si, «To’ti shohnoma», 
«Odobnoma» kabi asarlarda ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Ta’lim tizimi jarayonida Sharq mutaffakkirlari ilmiy merosidan unumli 
foydalanish, «O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari namoyon 
bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi 
anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi” [4]. 
Shunday ekan, Sharq mutaffakkirlari asarlaridagi g’oyalar, muqaddas Vatan 
sharafini himoya qilish, ajdodlarga munosib voris bo’lish, insonlarni birdamlik, o’zaro 


405 
hamkorlik, xalqlarni tinchlikka chorlovchi, ezgu fikrlari yuksak ma’naviyatli, 
madaniyatli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga, shuningdek, davlatimiz havfsizligini 
ta’minlovchi kuch sifatida O’zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga, ilm-
fan, ta’lim tizimi sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish