Farmatsevtik yordam fanidan



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/156
Sana28.05.2022
Hajmi2,2 Mb.
#613182
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156
Bog'liq
Farm. Yordam

3.Dori va ovqat.
Dori moddalarining ovqatlar bilan munosabatida bir qator xolatlarni xisobga olish zarur: 
- DM ovqatdan oldin tavsiya etilsa ularning o‘zaro ta’sirlashuvining oldi olinadi, ovqat DM 
so‘rilishiga ta’sir kilmaydi, shuningdek. xazm shiralarining DM ga nisbatan nojo‘ya ta’sirlari 
kamaytiriladi. 
- Ovqat o‘tning ajralishini kuchaytiradi, lipofil moddalarning esa so‘rilishi kuchayadi. SHuning 
uchun xam lipofil moddalarni ovqatdan so‘ng berish kerak. 
- Ko‘p miqdorda go‘shtdan, o‘simliklardan tayyorlangan ovqatlar, sut peshobning rN muxitini 
ishkoriy tomonga siljitadi va kuchsiz kislotalarning (salitsilatlar, barbituratlar) organizmdan chiqib 
ketishini ta’minlaydi. 
- Nordon ta’mli maxsulotlar (sitrus mevalar, klyukva, olxuri) kuchsiz asosli dori moddalarining 
organizmdan chiqib ketishini rag‘batlantirib, kuchsiz kislotalarning organizmdagi ta’sirlarini esa 
kuchaytiradi. 
Bir kator ozuqa maxsulotlari dori moddalari bilan birga qabul qilinishi natijasida ularning 
farmakodinamikasining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, ayrim sabzavotlar (belokachannaya 
kapusta, listovoy salat, redka) progvatrin moddasini saqlab antiteroid ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
maxsulotlarni antiteroid moddalar bilan qo‘shib berilsa preparatlarning antiteroid xususiyati 
oshadi, va aksincha qalqonsimon bezi gormonal preparatlarining ta’siri susayadi. 
Kalina, chernoplodnaya ryabina, kulupnay, lavlagilar tarkibidagi aktiv moddalar periferik qon-
tomirlarni kengaytirib arterial bosimni tushiradi. Demak, gipotenziv dorilarning effektini 
potensirlovchi xususiyatga ega. SHu sababli turli gipotenziv dorilar bilan birgalikda tavsiya etiladi. 
Bilvostia antikoagulyantlarning ta’sir mexanizmi vitamin K ga antogonistligi bilan tushuntiriladi. 
Demak, shpinat, cho‘chqa jigari, pomidor, yashil no‘xat, karam (belokochannaya) lar vit. K ga boy 
bo‘lib, antikoagulyantlar bilan birga berilsa ularning ta’siri oshadi. 
Xuddi shunday sulfanilamid preparatlarining ta’sir mexanizmi foli kislota sintezining blokadasi 
bilan bogliq. Tarkibida Foli kislota saqlovchi qoramol jigari, bob
ы, achitqi, petrushka, shpinat, 
tomatlarni sulfanilamid preparatlari bilan birga tavsiya etish kerak.
Uglerod saqlovchi maxsulotlar (tuxum) sulfanilamidlar bilan birga berilganda metgemoglobin 
xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. 
Vitamin V

ga boy go‘sht, baliq, sut, pishloq, soya, bug‘doy uni, makkajo‘xori uni, yachmen, 
achitqilar ta’sirida levadopa (Nakom, Madopar, Sinemet) preparatlarining samaradorligi kamayadi. 
Vit 6 aminokislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi va natijada levadopaning dofaminga 
aylanishi tezlashadi, dofamin esa gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi. Tiramin va seratoninga 
boy ozuqa maxsulotlari bilan katexolaminlar ta’sirining oshishi bilan bog‘liq dorilar birga 
berilganda (s
ыrnыy sindrom) monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO), psixostimulyatorlar, qon-
tomirlarni toraytiruvchilar bilan birga berilganda gipertonik kriz va shunga o‘xshash og‘ir xolatlar 
yuzaga chiqadi (bosh og‘rig‘i, taxikardiya, ADning ko‘tarilishi, kalla suyagi ichida qon quyulishi 
kabi), SHu sababli MAO ingibitorlari va psixostitulyatorlarni qabul qilganda pishloq, brinza, 
dudlangan seld, go‘shtli va baliqli konservalar, kofe, shokolad, pivo, vino, banan, ananas, limon, 
apelsin, mandarin, uzum, smorodinalar birga tavsiya etiladi. Nitrat va nitritlarga boy oziq 
moddalari bilan antigistamin preparatlarni, N 2 blokatorlarni (ranitidin, simetidin, famotidin), 


13 
qand miqdorini tushiruvchi- glibenklamid,gliklazid, organik nitratlar (nitroglitserin) birga tavsiya 
etish kanserogen aktivlikning kuchayishiga olib keladi. 
Allergiya juda qadim zamonlardan buyon insoniyat turmush tarziga salbiy ta’sir etgan. Mil. 
avv. V asrdayoq Gippokrat oshkozon-ichak sistemasining buzilishi va toshma toshishiga olib 
keluvchi ba’zi-bir oziq-ovqat maxsulotlarini ta’riflab bergan. Rim shifokori Galen esa atirgul 
xididan kelib chiqqan tumovni kuzatib borgan. Oxirgi 10 yil ichida allergiya butun dunyo 
mediklari, biologlarining aktual muammosi bo‘lib qoldi. Butun dunyo Sog‘liqni saqlash 
tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi paytga kelib allergik kasalliklar tarqalishi 
buyicha 3 o‘rinda, 2005 yilga kelib esa 1 o‘ringa chiqishi aniqlangan.
Turli xil yoshdagi va turli xil kasb egalari orasida allergik kasalliklar keng tarqalayotganligi 
ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, bolalar orasida allergik kasalliklarning o‘sishi ko‘p kuzatilmoqda. 
Bularning sababi bo‘lib, irsiy naslga tortish, atrof- muxitning ifloslanishi, xar kungi turmush 
xayotda ishlatilayotgan turli xil ximiyaviy maxsulotlarning ko‘payishini ko‘rsatish mumkin.
Ko‘pgina xolatlarda terida paydo bo‘lgan allergik formalarda, allergik rinit yoki kon’yuktivitlarda 
bemor dorixonadan retseptsiz dori olib o‘zi davolanadi, allergiya xolati qaytarilsagina vrachga 
murojat qiladi. 
Allergiya - organizmning biron-bir yot modda - allergenga bo‘lgan sezuvchanligining ortishi. 
«Allergiya» termini (lot. Allos-boshqa, yot; ergon- o‘zgacha ta’sir) avstriyalik pediator Pirke 
tomonidan 1906 yilda taklif etilgan.
Xozirgi paytga kelib quyidagilar aniklangan: 
- spetsifik allergik ( xaqiqiy allergik) reaksiyalar 
- nospetsifik allergik ( yolg‘on yoki soxta, psevdoallergik) reaksiyalar 
Spetsifik allergik reaksiyalar. Organizmga endi tushgan allergen ma’lum bir vaqtdan so‘ng 
(birinchi davr, immunologik bosqich) yuqori sezuvchanlik- sensibilizatsiya ( lot. Sensibilis- 
sezuvchan) ni rivojlantiradi. Organizmda sensibilizatsiyaning paydo bo‘lishi natijasida allergenlarga 
nisbatan spetsifik antitelalar ishlab chiqarilishi boshlanadi. Sensibilizatsiyani yuzaga chiqargan 
allergenning organizmga qayta tushishi natijasida, uning sensibilizatsiya paytida xosil bo‘lgan 
antitellalar bilan reaksiyaga kirishuvi kuzatiladi, natijada organizmda biologik aktiv moddalar - 
allergiya mediatorlari ( gistamin, serotonin va b.lar) xosil bo‘ladi. 
Allergiya mediatorlari ta’sirida ma’lum bir simptomlar yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar 
rivojlanadi.
Qachondir paydo bulgan sensibilizatsiya ko‘p oylar va xattoki yillab saqlanishi mumkin. 
Nospetsifik (psevdoallergik) reaksiya. Allergen bilan birinchi aloqadayoq, sensibilizatsiyasiz 
yuzaga keladi. 
Allergik reaksiyalarni yuzaga keltiruvchi moddalar- allergenlar deyiladi. Organizmga tashqi 
muxitdan kirgan allergenlar- ekzoallergenlar, organizmning o‘zida yuzaga keladigan, lekin 
o‘zgargan oqsil shaklida bo‘lgan allergenlar- endoallergenlar yoki autoallergenlar deyiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish