Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Ibn Sino 
Ibn Sino barcha zaruriy ilmlarni Buxoroda oldi va ilmiy 
faoliyati 18 yoshdan boshlandi. Uning birinchi ilmiy asari “Urjuza” 
deb nomlanib, u Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurga bag‘ishlangan 
tibbiy she’riy asar hisoblanadi. Asarda nafsoniy quvvatlar masalasi 
tushunarli bo‘lishi uchun she’riy tarzda bayon qilib berilgan. O‘z 
qo‘shnisi va do‘sti Abu-l-Husayn al-Aruziyning iltimosiga ko‘ra, ko‘p 
fanlarni o‘z ichiga olgan navbatdagi ilmiy asari “Al-hikmat al-Aruziy” 
(Aruziy hikmati) asarini yozadi. Boshqa bir do‘sti Abubakr al-Barqiy 
iltimosi bilan 20 jildli qomusiy “Al-hosil val-mahsul” (Yakun va 
natija) va 2 jildli “Kitob albir va-l-iom” (Saxovat va jinoyat kitobi) 
nomli asarlarini bitadi. 
999-yil Movarounnahr Qoraxoniylar tomonidan ishg‘ol 
qilingandan so‘ng Ibn Sino dastlab Xorazmga ketadi va bir muddat bu 
erdagi Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy faoliyat bilan 
shug‘ullanadi. Lekin o‘lkadagi siyosiy beqarorlik uni bu erlarni ham 
tark etishga majbur qiladi. Olimning keyingi hayoti Movarounnahrdan 
tashqarida, Niso, Obivard, Tus, Ray, Jurjon, Isfahon, Hamadon 
orasida sarsonlikda kechdi va umrining oxirigacha o‘zga yurtlarda 
ilmiy, ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ldi. 
Qomusiy olim umri davomida 450 (280) ortiq asar yozgan 
bo‘lsa, shulardan 242 (160) tasi bizgacha etib kelgan. Ulardan 80 tasi 
falsafa, 43 tasi tibbiyot, qolganlari esa fanning boshqa sohalariga oid 
asarlardir. 


100 
O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tib ilmining 
eng taraqqiy etgan davri X –XI asrlarga, ya’ni Ibn Sino yashagan va 
ijod qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Biroq, Ibn Sino kabi olimning 
vujudga kelishi tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki ko‘p vaqtlardan 
beri davom etib kelayotgan mahalliy ilmiy an’ananing mahsuli 
hisoblanadi. Ibn Sinoga qadar qadimgi yunon olimi Gippokrat, Rim 
olimi Galen va o‘rta asr Sharqida Zakariyo Roziy kabilar tabobatda 
eng mashhur hasoblanardilar. Ibn Sino ilmiy merosining bosh asari 
bo‘lgan “Kitob al-qonun fit-tibb”da yuqoridagi olimlarning fikr - 
mulohazalari shaxsiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi va inson 
organizmini o‘rganish sohasida hali ilmda ma’lum bo‘lmagan bir 
qancha yangiliklar bayon etiladi. Kitob besh mustaqil katta asardan 
tarkib topgan.
Kasallik va uning kelib chiqishi, diagnostika va davolashda Ibn 
Sino determinizmni asos qilib oladi: har bir kasallik muhit, sharoit, 
ovqatlanish, tananing o‘ziga hos xususiyatlari, organizmning tashqi 
ta’sirga munosabati kabi omillar bilan uzviy bog‘liq holda, ma’lum 
sistemada tekshiriladi. 
Ibn Sino Pasterdan deyarli sakkiz asr oldin yuqumli 
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar to‘g‘risidagi fikrni asoslab, 
buyuk kashfiyot qildi. U inson hayotida pulsning juda katta 
ahamiyatini aniqladi. “Kitob al-qonun” 600 yil davomida tibbiyotga 
oid asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. 
Uning boshqa asari “Kitob ash-shifo”da botanika, geologiya, 
mineralogiya, astronomiya, matematika, ximiyaga oid ko‘p 
ma’lumotlar keltiriladi. 
Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy 
taxminan 960-yilda Samarqand 
yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun 
ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib 
chiqib, Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. YAna boshqa manbalarda 
aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli 
musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, 
shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham 
hisoblaydilar.
Rudakiyning ijod qilgan davrda she’riyat, ayniqsa, saroy 
she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga 
ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy 
maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, 


101 
o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa 
ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. SHuning 
uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U 
davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi. Shu davrdan 
boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining 
o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. 
Rudakiy 
fors-tojik 
she’riyatining 
asoschilaridan 
biri 
hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir 
million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo, 
bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va 
boshqalar etib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, 
yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy 
fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.
Bizga qadar Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, 
“Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar etib kelgan. 
Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, 
keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. 
Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning 
asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. 
Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoroda fan, madaniyat 
va san’atni rivojlantirish bilan birga hokimiyatni markazlashtirish 
orasida ham bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirgan ekanlar. 
Jumladan, shahar somoniylar davrida bir qancha qismlardan tashkil 
topgan. Bu qismlar orasida eng mustahkami Ark (qal’a) edi. U juda 
baland va qalin devor bilan o‘ralgan deyarli o‘lchab bo‘lmasdi. 
Arkdan sharq tomonda mustahkamlangan shahriston (shaharning 
qadimiy qismi) joylashgan. Shahar tashqarisi rabot ham devor bilan 
o‘ralgan na ichki hamda tashqi rabotlarga bo‘lingan.
Arkning g‘arbiy etagida katta Registon maydoni bo‘lib unda 10 
ta davlat boshqarmalari devonxona binosi qad ko‘targan. Xuddi shu 
erda saroy qurilgan bo‘lib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan 
Mukaddasiy musulmon olamida bunday muhtashamroq saroyni 
qo‘rmaganini ta’kidlaydi. Registonda shuningdek, hayit namozlari 
o‘qiladigan iydgoh musallo ham bo‘lgan. Ammo somoniylar davrida 
shahar aholisi shu qadar ko‘paydiki, natijada eski musalloga barcha 
namozxonlar sig‘may qoldi. 971-yilda qal’ada yarim farsax - 3-4 
kilometr masofada yangi musallo quriladi. Yana bir podshoh saroyi 
quriladi. 


102 
IX-X asrlardagi Sharq matematikasining yutuqlari Buxoro 
me’morlari ijodida o‘z aksini topgan. Buxorodagi Somoniylar davri 
inshootlaridan faqat Somoniylar maqbarasi Markaziy Osiyoda eng 
ko‘hna musulmon me’moriy ishooti butunlay pishiq g‘ishtdan 
ko‘tarilgan. Yodgorlik islom dinigacha bo‘lgan mahalliy so‘g‘diy 
me’morlar tajribasiga asoslangan. Qadim vaqtlarda me’morlar 
qurilishda yog‘och va xom g‘ishtdan foydalanganlar. Ma’lumki, ular 
ancha chidamsiz qurilish materiallari edi. Maqbara gumbazining 
sakkiz qirrali gardish bilan tokchalar ustida urishi, borgan sari torayib 
boradigan ravoqli kiraverish joylari pastakkina darchalar, binoga 
tutashib ketgan burchak ustunlari, ichkaridagi ustunchalar, gishtlarni 
turlicha terish yo‘li bilan qilingan friz va arxivoltlarning shakli, sopol 
bezaklar bularning hammasi qadimiy so‘g‘diylar me’morchiligi 
san’atida ham uchraydi. Binobarin, Buxoroning Somoniylar davridagi 
hashamatli me’morchiligi so‘g‘diylar me’morchiligining an’analari 
bilan uzviy bog‘langandir.

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish