124
G‘ijduvonda 1433-yil qurilgan Mirzo Ulug‘bek
madrasasi bu
hukmdorning Samarqand va Buxoroda qurdirgan madrasalari ichida
eng kichik va soddarog‘i hisoblanadi. Madrasa bir qavatli, murabba
tarxli (33x30m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtog‘i
chuqur ravoqli. O‘rtada
miyonsaroy, ikki yonida masjid va darsxona
(8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‘ridagi
eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13m)ning 2 yonida 5 ta hujra
bo‘lib, uning to‘rttasi murabba tarhli, tomi qubbali.
Bizgacha madrasaning bosh tarzi,
unga tutashgan ayvon va
minora saqlangan XIV asr oxiri - XV asr boshlarida Buxoroda Xo‘ja
Ismat al-Buxoriy, Nosir Buxoriy, Burunduq Buxoriy,
Tohir Buxoriy,
Hayoliy Buxoriy, Muhammad al-Buxoriy, Muhammad Porso kabi
allomalar yashab ijod etganlar. Amir Temur o‘z saroyining
kutubxonasiga dorug‘a sifatida kitobdor
Mavlono Orif Buxoriyni
tayinlagan.
Temuriylar davri Buxoro adabiy muhitida etakchi mavqeda
turgan Xoja Ismatullo Buxoriyning (1365-1436) adabiy merosi va
shaxsiyati o‘z davrida Alisher Navoiyning e’tiborini tortgan edi.
Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da yozishicha, «Xo‘ja Ismatullo
Movarounnahr buzurgzodalaridandir. Zohir ilmini takmil qilg‘ondur.
G‘oyat xush-ta’bligidin o‘zin she’rg‘a mansub qilib, devoni mashhur
bo‘ldi». Ismatullo turk, fors va arab tillarida ijod etgan, Buxoro adabiy
muhitida
zul-lisonayn, ya’ni ikki tillilik (forsiy, turkiy) an’anasini
boshlab bergan shoirlardan. Uning sakkiz ming baytli bir devoni va
turkiy tilda yozilgan «Ibrohim Adham» nomli 1035 baytli asari
bizgacha etib kelgan.
U ko‘proq she’riyatning g‘azal, qasida, masnaviy,
ruboiy
janrlarida asarlar yaratgan. Ismatullo Buxoriyning she’rlari ravonligi,
ta’sirchanligi, falsafiy fikrlarga va original tasviriy vositalarga boyligi
bilan Movarounnahrda shuhrat qozongan. Shoirning devoni 19
qo‘lyozma nusxada Toshkent, Buxoro, Dushanbe,
Sankt-Peterburg,
Filadelfiya (AQSh), London va Kalkutta (Hindiston) kutubxonalarida
saqlanadi.
Burunduq Buxoriy hayotiga oid ma’lumotlar kam uchrasa-da,
adabiy merosini tarannum etuvchi she’rlari bizgacha etib kelgan. U
temuriy Husayn Boyqaro xizmatida bo‘lgan. Husayn Boyqaro Balxda
taxtga o‘tirganda shoir saroyga chaqirilgan va u hukumdorga atab
125
noma yozgan
1
. Burunduq Buxoriyning Xo‘ja Ismatullo Buxoriyga
atab bir bayti saqlanib qolgan:
Do'stlaringiz bilan baham: