120
Kubroviya tariqatiga kirib, shayx Najmiddin Kubroning muridlaridan
biriga aylanadi. Tasavvufning muhim jihatlaridan biri - taqvodorlikdir.
So‘fiylar o‘z
izdoshlarini ilhomlantirib, ularni komillikka da’vat
qilganlar,
shuningdek, etika, estetika adabiyot va san’atning rivojiga
muhim hissa qo‘shganlar.
Sayfiddin Boharziyning ma’naviy ustozi Najmiddin Kubro ilm
nurlarini tarqatish uchun uni Buxoroga jo‘natadi. Bu erda u 40 yil
mobaynida Fathobod xonaqosini boshqardi. Yirik xonaqohlarga
rahbarlik qilgan
shayxlar bu davrda hukumatga, mahalliy zodagonlar
va xalq ommasiga katta ma’naviy ta’sir ko‘rsatishgan va norozilik
hamda ijtimoiy fikrni hukmron doiralarga etkazishga jur’at qilishgan.
Sayfiddin Boharziy mo‘g‘ullar bosqini davrida yashadi. Zamon
murakkabliklari va ziddiyatlariga qaramasdan,
siyosiy maydonda
javlon urdi. Kechayotgan voqea va hodisalarga faol munosabat
bildirib, mahalliy aholining ruhiy iztiroblariga hamdard bo‘ldi, uni asl
qadriyatlarni kayta tiklashga chaqirdi. Mo‘g‘ullar olib borayotgan
siyosatga aralashishdan, adolatsizlikka karshi
norozilik bildirishdan
cho‘chimadi. Adolatli, haqqoniy mulohazalari natijasi o‘laroq, u
nafaqat mahalliy aholi, balki mo‘g‘ul xukmron doiralari o‘rtasida
katta obro‘y qozondi.
Chingizxon va uning vorislari mahalliy aholini itoatda saqlab
turish uchun qudratli va yuksak obro‘-e’tiborli shayxlarni o‘z
tomonlariga ag‘darib olishga harakat qilishgan.
Sayfiddin
Boxarziyning ta’sir kuchi shunchalik ediki, ayrim mo‘g‘ul oqsuyaklari
islomni qabul qilib, masjid va madrasalar qurilishiga homiylik qila
boshlaydilar.
Minglab kishilarni hak yuliga, to‘g‘ri yo‘lga da’vat
qilgan
Sayfiddin Boxarziy to‘g‘risida butun musulmon olami ma’lumotga
ega bo‘lgach, uni «Shayxul olam», Buxoroni esa «Buxoroi sharif»,
deb atay boshladilar. Chingizxonning nevarasi va Botuning ukasi
Berkaxon Quyi Volga bo‘ylaridan Buxoroga, Sayfiddin Boxarziy
oldiga islomni qabul qilish uchun maxsus kelgan.
Sayfiddin
Boharziy
Buxorodagi
Xoniya
madrasasining
mudarrisi va mutavaliysi edi. U o‘z fikrlarini she’riy tarzda bayon qila
olishga qodir iste’dod sohibi edi. U Qur’on oyatlariga she’riy sharhlar
yozgan, shuningdek, arab, fors tillaridagi yirik mumtoz asarlar
muallifi hisoblanadi. Ulardan ba’zilari, jumladan, «Sharx al-asma al-
xusna» ([Alloxning] ismi va xusni sharxi), «Risola dar ishq» ([Iloxiy]
121
ishq to‘g‘risida risola), «Vasiyatnoma», «Voqeai xilvat» (Xilvatdagi
vokealar), «Ro‘znoma» kabilar bizgacha etib kelgan.
Sayfiddin Boharziy 1261-yil vafot etadi va xonakoh hududidagi
maxsus qurilgan kichik dahmaga dafn qilinadi. Yillar o‘tib, bu joy
tasavvuf tariqatining ma’naviy va g‘oyaviy markaziga aylandi. Shayx
maqbarasi asrlar davomida
va bugun ham muqaddas qadamjo,
sayyohlik, donishmandlik markazi va timsoli bo‘lib qolmoqda.
Fiqh ilmining rivojida Buxoroning o‘z o‘rni mavjud bo‘lganp
bu erda yashab ijod etgan faqihlar misolida isbotini topadi. Jumladan,
Alouddin Buxoriy, Mahbubiy Buxoriy, Ubaydulloh Mahbubiy,
Shamsiddin Buxoriy va boshqa qator faqihlar Movarounnahr fiqh
ilmining darg‘alari sifatida e’tiborga
molik yozma meros qoldirib
ketdilar. Alouddin Buxoriyning bizgacha etib kelgan “Hayratu-l-
fuqaho” (Faqihlar hayrati) nomli asari Movarounnahr islom
fiqhshunosligida mashhur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: