«Omadand va kundand va so‘xtand va kushtand va burdand va
raftand» (Keldilar va emirdilar, yondirdilar va o‘ldirdilar, taladilar
va ketdilar.)
1
.
Chingizxonning
Movarounnahrni
egallash
tadbirlarining
so‘ngida mazkur hudud Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirdi. Hududda
mo‘g‘ullarga qarshi norozilik harakatlari ham sodir bo‘ladi. Tarixchi
Juvayniy, ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro va uning atrofidagi
qishloqlarda 1238-yilda qo‘zg‘olon yuz berdi. Buxorodan uch farsax
narida Torob qishlog‘i bo‘lib, bu qishloqda elakchi Mahmud Torobiy
istiqomat qilardi.
Mahmud Torobiyning Buxorodagi tarafdorlari o‘rtasida
zodagonlardan bo‘lgan olim Shamsiddin Mahbubiy ham bor edi.
Shamsiddin Mahbubiy bir qancha sabablarga binoan o‘z
maslakdoshlari bilan qattiq janjallashib, yuqori mansabdagi ruxoniylar
nazarida murtad bo‘lib qolgan va Mahmud Torobiyning va’z-
nasihatlarini zo‘r berib quvvatlay boshlagandi. Shamsiddin Mahbubiy
Torobiyga qarata shunday degan ekan: «Mening otam Buxoroning
1
Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мвароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.24.
111
Torob qishlog‘idan bir podshoh chiqib dunyoni ozod qilishini aytib
uning nishonalarini tasvirlab bergan edi. Mazkur podshoh va uning
tavsifi kitobda ham bayon qilingan. Qarasam ul nishonalar sizda
namoyon bo‘libdir».
Mahmud Torobiy haykali
Maxmud Torobiyning tarafdorlari kun sayin ko‘paya boradi.
Torobda va Buxoroning boshqa qishloqlarida aholiga Mahmud
Torobiyning va’z-nasihatlari shu qadar ta’sir qilgan ediki, xalq
mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib chiqishga nishona
berilishinigina kutib turadi. Torobiy yurgizgan targ‘ibotning
muvaffaqiyatlari mo‘g‘ullarning qulog‘iga borib etadi. Buxorodagi
amirlar va bosqoqlar qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘rish
to‘g‘risida kengash o‘tkazadilar va yuz bergan ahvoldan xabardor
qilmoq uchun Ho‘jandga hokim Yalavoch oldiga chopar yuboradilar .
Bosqoqlar va amirlar o‘zlarining hozircha kuchsizliklarini va
Mahmud Torobiy hamda uning tarafdorlariga qarshi ochiqdan-ochiq
112
urush qila olmasliklarini tushunib, xalq yo‘lboshchisini hiyla bilan
Buxoroga olib kelmoqchi va yo‘lda o‘ldirmoqchi bo‘ladilar. Shu
maqsadda Torob qishlog‘iga Mahmud oldiga Tomsh boshchiligida bir
necha mo‘g‘ul lashkarboshisi yuboriladi. Lekin Maxmud Torobiy
ularning nayranglarini darrov anglab, yovuz niyatlarini fosh qiladi va
shu bilan o‘z hayotini saqlab qoladi. Shunday bo‘lsa-da, u Buxoroga
jo‘naydi, Buxoroda xalq uni xursandchilik bilan kutib oladi hamda uni
quvvatlashga va’da beradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, Mahmud
Torobiy Buxoroga kelgandan keyin darrov Malik Sanjarning saroyiga
boradi va shu bilan siyosatda Malik Sanjarning yuqorida aytib o‘tilgan
1207-yilgi harakati ruhida ish qilayotganini ta’kidlaydi. Mahmud
borgan mahalla va bozorlar,- deb yozadi Juvayniy, - odam bilan liq
to‘lib ketgan edi, mushuk o‘ta oladigan joy ham yo‘q edi.
Bu orada amirlar va bosqoqlar ham jim o‘tirmay, qandaydir
yangi fitnalar hozirlaydilar. Bundan Mahmud Torobiy xabar topadi. U
Buxoroda turaverish xavfli ekanligini anglaydi. Bundan tashqari, u
qo‘zg‘olon uchun qulay fursat kelganini, chunki Mahmud
Yalavochning amir va bosqoqlariga yordam uchun Xo‘janddan
yuboradigan askarlari etib kelguncha birmuncha vaqt o‘tishini va
binobarin, bu fursatni qo‘ldan bermaslik zarurligini yaxshi tushunadi.
SHuning uchun Mahmud Torobiy Buxorodan chiqib, shaharga eng
yaqin joydagi Abuxafs tepaligida (shahar devoridan shimolda) turishni
eng ma’qul ish deb hisoblaydi. Uning Buxoro shahridagi va shahar
atrofida joylashgan qishloqlardagi eng yaqin tarafdorlari bu tepalikka
kelib to‘plana boshlaydilar. Maxmud Torobiy o‘z tarafdorlariga
murojaat qilib bunday deydi: «Hoy haqiqat homiylari, yana nega
sustkashlik qilamiz, yana nimani kutib turamiz? Dunyoni kofirlardan
tozalash zarur, har bir kishi bisotida bor yarog‘-aslahasini yoki
tayog‘ini shaylasin va ishga solsin».
Bu chaqiriq hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mahmud Torobiy yonida
yaxshi qurollanmagan bo‘lsa-da, lekin o‘zlarining qadrdon shahar va
qishloqlarini mo‘g‘ullardan va ularga mansub sheriklaridan ozod
qilish ishiga fidokorona tayyor turgan sodiq kishilardan iborat katta
qo‘shin to‘plandi. Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlarining qurollangan
qo‘shini bilan yana Buxoroga kelib, Robia saroyiga joylashadi. Bu
safar bosqoqlar va amirlar qo‘zg‘olonchilarga faoliyat maydonini
bo‘shatib berishdan va ularga kelgusida zarba berish uchun yashirin
ish olib borishdan boshqa iloj topa olmaydilar.
113
Bu orada Maxmud Torobiy Buxoroning sadrlari, katta
amaldorlari va boylarini Robia saroyiga chaqirtiradi. Juvayniyning
yozishiga qaraganda, nufuzli oilaga mansub Sadr A’zam Burhoniddin
Mahmudni aql-idrok jihatidan ham, oliyhimmatlik jihatidan ham
o‘ziga nomaqbul kishi bo‘lib ko‘rinmaganidan unga xalifalik
mansabini berdi, o‘zi (Sadr A’zam)esa Shamsiddin Mahbubiyni Sadr
deb e’lon qildi
1
.
Mahmud Torobiy o‘zining Buxoro va uning viloyatidagi
hokimiyatini xalq qonuniy hokimiyat deb anglashi uchun biror chora
topish zarurligini juda yaxshi bilardi. Mana shu chora sifatida u
qonuniy ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘l ostiga olish
maqsadida yuqori mansabli musulmon ruhoniylarining vakillari
bo‘lgan sadrlarni o‘zini halifa deb e’lon qilishga majbur etadi.
Mahmud Torobiy konuniy hukmdor deb e’lon qilinganidan keyin
darhol mo‘g‘ullar bilan yaqin aloqa bog‘lab, xalqning nafrati ostida
qolgan amaldorlar va zodagonlarga qarshi bir qancha tadbirlarni
amalga oshiradi.
Oddiy xalqqa va darbadarlarga esa u iltifot va marhamat
ko‘rsatadi. Mahmud Torobiy eng qiyin kunlar endi kelishini juda
yaxshi bilganidan, Buxoroga kelayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi
qurolli kurashga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘radi. Buxorodan qochib
ketgan amirlar va bosqoqlar Karmanada qo‘zg‘olonga qarshi markaz
uyushtiradilar. Ular yaqin atrofdagi nohiyalarda bo‘lgan hamma
mo‘g‘ullarni Karmanaga to‘plab, kattagina qo‘shin bilan Buxoro
ustiga yuradilar. Jangda Mahmud Torobiyning tarafdorlari g‘alaba
qozonadilar. Tor-mor keltirilgan mo‘g‘ullar Karmana tomonga qarab
qochadi. Qo‘zg‘olonchilarga Buxoro yaqinidagi hamma qishloqlardan
yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Tevarak-atrofda yashovchi aholi o‘z
qishloqlaridan bolta va belkuraklar ko‘tarib chiqib, dushmanni
Karmanagacha quvib boradilar. Bu g‘alaba Mahmud Torobiy harakati
erishgan
katta
muvaffaqiyat
edi.
Keyinchalik,
ya’ni
qo‘zg‘olonchilarning kuchlari ancha zaiflashganda bu harakat juda
pasayadi. Gap shundaki, qo‘zg‘olon vaqtida Mahmud Torobiy va
Shamsiddin Mahbubiy halok bo‘ladilar.
Qo‘zg‘olonchilar halok bo‘lgan rahbarlari o‘rniga Mahmudning
ikki ukasi Muhammad va Alini o‘zlariga boshliq qilib ko‘taradilar.
1
Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи.-Тошкент: Ўқитувчи, 1991. –Б.53.
114
Muhammadda ham, Alida ham tashkilotchilik qobiliyati yo‘q edi.
Xalq o‘rtasida ham e’tiborsiz kishilar edi. Shu sababdan
qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullar bilan bo‘ladigan yangi to‘knashuvga hech
qanday tayyorgarlik ko‘ra olmaydilar. Jangdan bir haftagina ham
o‘tmay, qo‘zg‘olonchilar ustiga mo‘g‘ullarning Eldiz Noyon va
Chekan Kurchi boshliq yangi qo‘shinlari hujum qilib keladi.
Qo‘zg‘olonchilar tor-mor keltiriladi va urushda ulardan 20 mingga
yaqin odam vafot etadi.
Mo‘g‘ullar yana xo‘jayin bo‘lib oladilar, ular Buxoroga kirib
shahar aholisini shafqatsiz suratda talaydilar. Buxoroliklarga va
Buxoro shahri atrofida yashovchi dehqonlarga zo‘ravonlik qilish shu
darajaga borib etadiki, xatto o‘ta qattiqqo‘l va shafqatsiz kishi bo‘lgan
Mahmud Yalavoch ham Buxoroga kelib, odamlarni bekordan-bekorga
urish va o‘ldirishni to‘xtatishni talab qiladi. Mahmud Torobiy
qo‘zg‘oloni asosan, soliq, o‘lpon va majburiyatlarning haddan tashqari
og‘irligiga, shuningdek, bu soliq va o‘lponlarni undirishdagi
suiste’mollarga qarshi qaratilgan edi.
Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan so‘ng mo‘g‘ullar Buxoro va
umuman Movarounnahrda mahalliy aholining, ayniqsa dehqonlar va
hunarmandlarning ahvoli og‘irligini seza boshlaganlar. Mo‘g‘ul
boskinchilarida mahalliy aholini ezish kuchaytirilaversa, yangi xalq
harakatlari kelib chiqishidan xavotirlanishni sezadilar.Chig‘atoy
ulusiga hokimlik qilgan Mahmud Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek
hokimligi davrida (1254-1289 yy.) ham mahalliy aholining mo‘g‘ul
bosqinchilari uchun bajaradigan majburiyatlari soni oshirildi.
XIII asr ikkinchi yarmida ham Buxoro shahri bosqinchilar
tomonidan yana bir necha marta talandi. Bu esa Buxoroning
Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rniga putur
etkaza boshladi. Masalan, 1272-yilda Eronniig mo‘g‘ul podshosi
Xulaguxonning qo‘shini Movarounnahrga bostirib kirdi. Kesh va
Naxshobni taladi, so‘ngra Buxoroni qamal qildi. 1273-yilning 22
yanvarida Xulaguxon qo‘shini shaharni ishg‘ol qildi. Shaharda
talonchilik va qirg‘in boshlandi va bu to‘s-to‘polonlar vaqtida
«Ma’sudiya» madrasasi va undagi ko‘p qo‘lyozma kitoblar yonib
ketdi. Shahardagi talash va o‘ldirishlar bir haftagacha davom etdi.
Natijada Buxoro va uning atrofi butunlay vayron bo‘ladi. Etti yil
davom etgan xarobalik o‘z oqibatini ko‘rsatdi, Buxoroning savdo,
hunarmandchilik va madaniyat markazi sifatidagi ahamiyati yo‘qoldi.
115
Holbuki,shu vaqtdan salgina ilgari, ya’ni 1262 yildan 1265 yilgacha
Buxoroda yashagan aka-uka Pololar Buxoroni O‘rta Osiyo va
Eronning eng yaxshi shaharlaridan birideb hisoblagan edilar
1
.
Buxoro temuriylar davrida o‘z madaniy-ma’rifiy mavqei bilan
Movarounnahrning asosiy shaharlardan biri edi. Shahar kattaligi
jihatidan Samarqanddan keyin turgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng
shahar va undagi inshootlarning aksariyat qismi ta’mirtalab holga
kelgan edi. XIVasrning birinchi yarmida Mo‘g‘ul hukmdorlari
G‘ozonxon, Kebekxon, Qozonxon, Qozog‘on davrida Movarounnahr
ma’muriy-harbiy tumanlarga bo‘linadi. Ba’zi tuman va shaharlarni
mahalliy hokimlarning sulolalari boshqargan bo‘lsa, ayrimlari ruhoniy
namoyandalar qo‘lida edi. Mazkur davrda Buxoro va uning viloyati
sadrlar boshchiligidagi ruhoniylar mulkiga kirar edi.
Amir Temur Buxoroda “sadr ash-shariat” deb nom qozongan
katta ruhoniyning qizi Tegina begim mohning farzandi bo‘lgan.
Mamlakatni markazlashtirish ishida Amir Temur buxorolik din
peshvolarining maslahati va ko‘magiga tayangan. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, Samarqanddagi sarbadorlar harakatida ishtirok
etganlar orasida Xurdaki Buxoriy ham buxorolik bo‘lib mo‘g‘ullar
istibdodiga qarshi kurashgan shaxslardan biri bo‘lgan.
Temurlar davrida garchi Samarqand saltanat poytaxti deb
tanlangan bo‘lsa-da, Buxoro islom dini gumbazi maqomida bo‘lgan.
Temuriylar davrida shahar ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazlardan
biri sifatida qadrlangan. Buxoro shahri poytaxt Samarqandga mudofaa
hamda ma’naviy jihatidan eng yaqin markaz sifatida o‘z nufuzini
saqlab turgan.
Bu davrda shaharda turli ahamiyat va darajadagi imoratlar,
jamoat binolari qurilgan va ta’mirlangan. Buyuk ipak yo‘li
chorrahasida joylashgan Buxoro savdo-sotiq markazi vazifasini
bajargan. XIX asrning oxirida Buxoro topografiyasini o‘rgangan
N.F.Sitnyakovskiy Kogondan sharqiy-janubiy tomonda joylashgan
hamda xalq orasida Amir Temur farmoyishi bilan qazilgan Temur ariq
xususida qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. Mo‘g‘ullar davrida
deyarli vayron Buxoro vohasining suv xo‘jaligi Amir Temur davrida
qayta tiklandi. Amir Temurning Buxoro shahriga kelishi bilan bog‘liq
1
Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.24.
116
ma’lumotlarni tahlil etish natijasida u yoshligida shaharga tez-tez
tashrif buyurganligi, markazlashgan davlatga asos solganidan so‘ng
esa shahardagi muqaddas ziyoratgohlarni ziyorat etganligini ta’kidlash
mumkin. Jumladan, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan zafar
bilan qaytganda, albatta Buxoroi sharifga kelib avliyolarni ziyorat
qilib, so‘ng poytaxt Samarqandga yo‘l olgan.
Sohibqironning siyosiy faoliyatida Buxoro, Xorazm va Oltin
O‘rda Xoni To‘xtamish bilan bo‘lgan harbiy harakatlarda muhim rol
o‘ynagan. Buxoroning Qorako‘l, Jondor tumanlarida xorazmliklarning
doimiy hujumlari amalga oshirilgan. Amir Temurning Xorazmga
qarshi olib borgan janglaridan so‘ng ushbu muammo hal etilgan. Oltin
O‘rda xoni hisoblangan To‘xtamish ham Amir Temurning unga
ko‘rsatgan yordamiga qaramay, sohibqiron saltanatiga rahna solgan.
To‘xtamish qo‘shinlari paytdan foydalanib, Buxoro shahrini qamal
qilishga ham botingan. Ammo, mustahkam qal’aga aylantirilgan
Buxoro ahli bosqinchilarga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsata olgan.
1392-yil Eron, Seyiston, Yazd kabi viloyatlarga qaratilgan
harbiy harakatlarni amalga oshirish uchun Amir Temur Buxoro shahri
orqali o‘tgan vaqtda betoblanadi va shahardan to‘rt-besh kilometr
uzoqlikdagi Jo‘yizar mavzesida bir oy davolanadi
1
.
1404-yil noyabrida Samarqanddan Amir Temur saroyidan
kaytayotgan Ispaniya elchilari Buxoroga tashrif buyurishdi. Elchi Run
Gonsales de Klavixo xotiralarida quyidagilarni o‘qish mumkin:
“Boyardi (Buxoro) katta shaharga keldik. Shahar keng tekislikda
joylashgan. Atrofi tuproq ko‘tarmasi pasxa devor va suvga to‘la
chuqur xandak bilan o‘ralib, uning bir chekkasida qal’a bo‘lib, u ham
pasxadan bunyod etilgan. Chunki, bu erda tosh yo‘k..., kal’a yonidan
daryo oqqan. Shaxar atrofi keng. U erda xam katta binolar mavjud.
Shaxar non, go‘sht, sharob singarn oziq-ovqat va boshka mollarga
boy. ... Elchilar bu shaharda olti kun turdilar”
2
.
Bobur ham Buxoroga taalluqli xotiralarida shunday yozgan:
“Buxoro ko‘rkam shahar. Mevalari mo‘l va ajoyib kovunlari juda
yaxshi. Movarounnahrning biron erida Buxorodagidek ko‘p va ajoyib
qovun bo‘lmaydi. Buxoro olxo‘rilari ham mashhur. Buxorodagidek
1
Қосимов Ф.Ҳ. Темурийлар даврида Бухоро. –Бухоро: Бухоро нашриёти, 1996. –Б.33.
2
Руи Гонсалес де Клавихо. Самарқандга – Амир Темур саройига саёхат кундалиги /
Таржима матнини нашрга тайёрловчи ҳамда сўзбоши ва изоҳлар муаллифи М.Сафаров.
–Тошкент: Ўзбекистон, 2010. –Б.209.
117
olxo‘ri hech erda yo‘k. Ularning po‘stini archib tozalaydilar,
quritadilar va sovg‘a sifatida bir viloyatdan ikkinchisiga olib
boradilar”
1
.
Amir Temur vafotidan so‘ng Buxoro ma’naviy-diniy markaz va
davlatning ikkinchi poytaxti sifatida o‘z mavqeini yanada
mustahkamlagan. Chunonchi, Amir Temur vafotidan co‘ng
Samarkandda hokimiyatni Xalil Sulton egallab olganidan keyin
Shohruxning taxtga da’vogar va mavjud oliy xokimiyatga karshi
kayfiyatda bo‘lgan o‘g‘illari - Ulug‘bek va Ibrohim Sulton Buxoroga
kelishdi. Shahar kattaligi jihatidan Samarqanddan qolishmas edi.
Shaxzoda va beklar dastavval Amir Temur hukmronlik qilgan davrda
qurilgan Ayyub payg‘ambar kabrini (Chashmai Ayub maqbarasini)
tavof qilgandan so‘ng Buxoro Arkida joylashishdi. O‘sha davrda
Arkning hali ishlab turgan sharqiy darvoza kismini Ulug‘bek, g‘arbiy
darvozali ikkinchi qismini esa Ibroxim Sulton egallaydi. Shuni
ta’kidlash kerakki, bu vaqt jihatidan Buxoro Arki sharkiy
darvozasining so‘nggi bor tilga olinishidir. Chamasi, o‘sha asr
davomidayok sharqiy darvoza berkitib qo‘yilgan, chunki keyingi asr
manbalarida u tilga olinmaydi.
Buxoro
faqat
Movarounnahrning
Samarqandga
qarshi
kayfiyatda bo‘lgan ikkinchi markaz sifatidagina emas, balki
Xurosonga strategik jihatdan yaqin shahar ekanligi uchun xam
shahzodalarga qiziqarli bo‘lib, ular Xurosondan Shohruxdan yordam
kutar edilar. Biroq, ular bu erda bir oy (mart) ham tura olishmadi,
chunki Xalil Sulton tomonga o‘tgan Buxoro lashkarlari kutilmaganda
Arkka hujum qildi va shahzodalar kochishdi. Ularning barcha mol-
mulki, qo‘shinlari fitna uyushtirgan shaharliklar tomonidan qo‘lga
olinib, talon-toroj qilindi
.
Shunga qaramay, birmuncha keyinroq Shohrux Buxoro
shayxlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini va ularning davlatdagi ulkan
siyosiy ahamiyatini anglab “musulmonlar ishini tashkil qilish, ya’ni
Xalil Sulton mavqeini pasaytirib Movarounnahr taxtiga Ulug‘bekni
o‘tqazish uchun Buxoro nakshbandiylarining rahbari Muhammad
Porso bilan muttasil aloqa qilib turdi.
Shuni izohlash kerakki, Samarkand shayxul-islomlari yoki
Buxoro sadrjahonlari tarzidagi rasmiy diniy arboblar ilgari
1
Бухоро Шарқ дурдонаси/Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.51.
118
bo‘lganidek, mazkur davrda ham hokimiyatning zodagon
qatlamlaridan chiqqan kishilar bo‘lib, oliy xokimiyat ular tomonida
edi. Ko‘pincha Buxoro sadrjahonlari dunyoviy hukmdorlarning
rasmiy noiblari xisoblanar edilar.
Zahiriddin
Muhammad
Boburning
Movarounnahrni
birlashtirishga qaratilgan harakatlari davrida Buxoroda butun quvvat
va nufuz Abduali Tarxon, Samarqandda esa Xoja Abulmakarim
qo‘llarida edi.
Mo‘g‘ullar istilosi Movarounnahrning ko‘pgina shaharlari
taqdirida qanchalik ayanchli iz qoldirgan bo‘lsa, Buxoro uchun ham
bu istilo mash’um taqdirning ayanchli ko‘rinishini ifoda etdi. Amir
Temur va temuriylar, mo‘g‘ullardan farqli o‘laroq, Buxoroga alohida
e’tibor qaratib, uning siyosiy, to‘g‘rirog‘i, diniy mavqeini tiklashga
sa’y-harakat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |