103
ya’ni yarim shar shaklidagi qubba bilan tugallangan kub nusxa
binodan iborat. Binoning to‘rtala tomoni ham arxitektura jihatidan bir
xilda bezatilganligi maqbaraning sentrik kompozitsiya uslubida
yaratilganligini ko‘rsatadi. Bino qismlarining muvozanatliligi
fasadlarining
ishlanishida ham, devor va uning ustidagi qismlarining
uzviy mutanosibligida ham ko‘rinadi. Taglik chizig‘i bino asosini
ko‘rsatib turadi, bino devorining yuqori qismi esa ravoqlar gallereyasi
bilan tugaydi, bino burchaklarida chorak qismi devorga tutashib
ketgan baquvvat
ustunlar bor, maqbaraga to‘rtala tomoniga ham bir xil
qilib ishlangan ravoqsimon peshtoqdan kiriladi. Peshtoqda birin-ketin
uchta ravoq bo‘lib, ular borgan sari kichiklashaveradi. Har bir ravoq
etagi to‘g‘ri burchakli romga tutashgan. Maqbaraning ichkarisida ham
arxitektura elementlari yaqqol ko‘zga tash- lanadi.
Devorlarning
yuqori burchaklarida tokchalar bo‘lib, tokcha va darchalarning usti
sakkiz qirrali gardish qilib ishlangan. Maqbara gumbazi ana shu
gardishga qo‘ndirilgan.
Binoning tashqi va ichki tomonidagi elementlar bir-biriga juda
monand tushgan. Maqbara ichkarisidagi zamin tashqarisdagi sokol
sathiga to‘g‘ri keladi, kiraverish ravoqlari yonidagi belboqqa o‘xshash
chiziq bino ichkarisida ham takrorlangan.
Past-past qilib ishlangan
tashqi gallereyiga ichki tokchalar to‘g‘ri keladi. Ichki tomondan
panjara qo‘yilgan, kichik ravoqli darchalardan ichkariga etarli
darajada yorug‘lik tushib turadi. Maqbaraning devorlari va yuqori
qismlariga mayda yupqa g‘isht, tagligiga esa yirik g‘isht,
ayrim
bezaklarda shakl qilib o‘yilgan g‘ishtlar ishlatilgan
1
.
Shamsulmulk Buxoro tevaragida Shamsobod quriqxonasi barpo
ettirib, saroy, bog‘, yaylov va xayvonot bog‘i tashkil kildi, shaharning
o‘zida esa 1069-yili yangidan jome masjid qurdirdi. Shamsulmulk
vorislaridan biri Buxoroda yana muhtasham qasr qurdirdi. Arslonxon
Muxammad (1102-1130) bu erda, ayniqsa, ko‘p qurilishlar qildi. U
qo‘rg‘onni va shaharning tashqi devorlarini tiklatdi. Yangidan
minorali muhtasham jome masjidi,
ikkita hammom, ikkita saroy
qurdirdi.
Minorai kalon 1127-yili me’mor Baqo loyihasi asosida
Arslonxon buyrug‘i bilan qurdirgan. Minora poydevori tosh va
1
Пугаченкова Г.А. Исмоил Сомоний мақбараси. –Тошкент:
Госиздат УзССР, 1964. –
Б.2-3.
104
maxsus qir qorishmasidan terilgan. Er sathidan 9 m chuqur, balandligi
50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra
qafasa-ko‘shk bilan bog‘langan. Minora yuqoriga ingichkalashib
boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16
ravoqli darchalar
orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya
aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga
o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. Minoraning o‘zagi ham, bezagi ham
chorsi g‘isht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti
o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan.
Ustma-ust
joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari
g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va
diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy
rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: