Turistlarni jalb qilish uchun



Download 45,53 Kb.
Sana28.09.2021
Hajmi45,53 Kb.
#188151
Bog'liq
qiziqarli savollar


Italiyaliklar Yangi yil kuni uylaridegi barcha eski buyumlarni derazalardan uloqtiriwadi. Xatto kiyim va mebellarni ham. Bunda ular hamma yomonliklar eski yilda qolib ketiwiga iwoniwadi. Lekin dastlab bu odat bowqa sababga kora oylab topilgan ekan. Sababi?

turistlarni jalb qilish uchun

Xitoy urf-odatlariga ko’ra har bir rang o’zining ramziy ma’nosiga ega. Misol uchun sariq rang imperatorlik ramzidir , yashil – daraxt, qora esa – suv va boshqalarni. Pekindagi “Taqiqlangan shahar” da aksariyat binolarning tomi imperatorlik ramzi bo’lgan sariq ranga bo’yalgan. Savol: “Taqiqlangan shahar" dagi qaysi binoning tomi qora ranga bo’yalgan?

Kutubxona. Qora rang suv timsoli bo'lgani uchun, yong'in paytida kitoblarni qutqarib qoladi dep ishonishgan.

Albaniyada-Babadimri, Germaniyada-Vayxnaxtsmann, Gretsiyada-Avliyo Vasilis, Italiyada-Babbo Natale, Shvetsiyada-Yultomten.....
Savol:AQSH va bowqa ingliz tilida gaplashuvchi davlatlarda u qanday nomlanadi? Bizdachi?

Ded moroz, santa klaus

2-savol. Mashhur dirijyorlardan biri mashgulotlardan song orkestr bilan choy ichib, dam olib o’tirishganda, kimdir radio orqali juda mashhur orkestr ijrosida konsert berilayotganini aytadi. Hamma diqqat bilan radiodan taralayotgan musiqani tinglay boshlaydi.

Maestro esa simfoniyani eshitgan sari asabi taranglashib, qaysi ahmoq dirijyor bunaqa rasvo qilib chiqarayabti musiqani! Qanday haddi sig’di uni Betxoven bila bunaqa muomala qilishga! Bunga ortiq chidab bo’lmaydi! …

Maestroni radiopriyomnikni olib otib yuborishdan faqat bir narsa to’xtatib qoladi. Nima?

- bu voqea Arturo Toskanini bilan bo'lgan: К концу исполнения Тосканини, охваченный яростью, был готов выбросить радиоприемник в окно. Тут раздался невозмутимый голос английского диктора: "Вы прослушали запись оркестра Би-Би-Си под управлением Артуро

Тосканини".

3-savol. Angliyaga yo'l olamiz. Juda mashhur ngliz yozuvchisi qalamiga mansub juda mashhur pyesani ekranlashtirish huquqini qo’lga kiritgan kinokompaniya mana qariyb 60 yil bo’layabtiki, bu huquqidan foydalana olmayabti. Film ishlashga moliyaviy qiyinchilik yoki muallifning e’tirozi emas, balki tuzilgan shartnomaning kinokompaniya yuristlari tomonidan unchalik ham e’tiborga olinmagan va o’sha vaqtda oddiygina bo’lib ko’ringan bir bandi to’sqinlik qilmoqda.

Bu bandda qanaqa shart qo’yilganini toping.

- Bu Agata Kristining mashhur «Qopqon» - «Мышеловка» - «The Mousetrap» pyesasi bo’lib, shartnoma bandiga ko’ra, pyesaning songgi spektakli Londondagi teatr sahnalarida o’ynalganiga 6 oy to’lganidan keyingina film syomkalarini boshlab yuborish mumkin bo’ladi. Lekin spektakl 1952 yildan beri muntazam o’ynalib kelayotgani uchun, film olingani yo’q.

4-savol. Mashhur ingliz fizigi Ernest Rezerford o’z laboratoriyasida juda ko’p tajribalar o’tkazgan va juda ko’p narsalarning, moddalarning boshqasiga aylanganini kuzatgan. Lekin Rezerfordning e’tirof etishicha, u kuzatgan o’zgarishlar, aylanib qolishlar ichida eng g’alatisi va kutilmagani uning o’zi bilan yuz bergan ekan.

Rezerford o’zi bilan bog’liq qanaqa aylanib qoliishni nazarda tutgan?

- Нобелевскую премию ему вручили по химии, что стало неожиданностью как для него, так и для других учёных. Впоследствии он замечал, что из всех превращений, которые ему удалось наблюдать, «самым неожиданным стало собственное превращение из физика в химика».

5-savol. Bilasiz, timsohlar tuxum qo’yishadi. Eng qizig'i, tuxumlar uchun 30 soni ahamiyatga ega ekan. Agar 30 gacha bo’lsa, timsoh urg’ochi bo’lib tuxumdan chiqarkan, agar 30 dan yuqori bo’lsa, erkak timsoh chiqarkan. Siz 30 soni aynan nimani bildirishini ayting

- bu harorat, ya'ni 30 gradus

6-savol. «Х» спортчиларга тегишли булган, ўша вақтларда у хозирги «Х» номини олган, лекин 1950 йиллардан бошлаб уни оддий ахоли хам «ишлата» бошлади. Бироз кейинроқ эса уни расмий идораларда хам тез тез кўриш мумкин булди. Мутахасислар «Х» ни эркаклар аёллардан кўра кўпроқ «ишлатади» деб хисоблайди. Гап нима хақида кетаетганини бир суз билан айтинг.

- Джемпер - "Jumper" сакровчи маъносини бериб, енгил атлетикачилар униформаси таркибига кирган, шу ерда Джампер номини олган.

7-savol. Nima uchun cho’ponlar ovcharka itlarning ochiq ranglisini tanlashadi?

- Qorong'uda egasi bo'ridan ajratishi uchun.

8-savol. Hamshira juda band doktor xonasiga shoshib kirib “Doktor, narigi xonada ko’rinmas odam yuribdi” debdi.

Savol: Doctor qanday javob bergan?

- boshqa birov ko'rsin ko'rishga vaqtim yoq degandir

9-savol. Uni birinchi marta Tutmos IV miloddan avvalgi 15 asr oxirida qazib olgan. Keyinchalik bu ish miloddan avvalgi VII asr misrliklar va Semptimiy milodiy III asrda bu ishni takrorlashganlar. Va oxirgi marta Arablar uni yana qazib olishadi va “shesep-anx” ya’ni “tirik obraz”- deb nom berishadi. Aytinchi, biz uni qanday nomlaymiz.

- SFINKS


10-savol. Bir mashhur yozuvchiga Nobel mukofoti berilganligi haqida xabar tarqalganida, u Nobel mukofoti qo’mitasining bu qarori haqida kinoya aralash shu mazmundagi so’zlarni aytgan ekan:

“Qo’mita manga joriy yilda …………………….. dunyoga, hammaga yengillik yaratib berganim uchun minnatdorchilik ramzi sifatida shu mukofotni berishga qaror qilgan ko’rinadi”.

Nuqtalar o’rnini bir necha so’z bilan to’ldiring.

- Agar bu inson Bernard Shou bo'lsa, u " birorta asar yozmaganim uchun manga wu mukofotni berishdi deb aytgandir. 1925-yilda

Ko'nglim qorong'udur, tevarak tutun,

Yolg'iz boshim uzra uvullar shamol,

Ko'zlarimni g'ajir allaqanday tun.

Sen kimsan? Nimasan?

Sen kimning boji?

Aqlimni g'ijmlar yalong'och savol,

Assalomu alaykum dorning og'ochi!

Turkiylar aytingiz bizda nima yo'q?

Bizda yo'q ittifoq, bizda yo'q birlik,

Oyoq ostindadur insoniy huquq,

Bu Turkiy olamning qutlug' meroji,

Oyoq ostindadur muqaddas hurlik.

Assalomu alekum dorning og'ochi!

Yovuzlar kuchlarin to'plab shaylanar,

Ichi to'la g'azab, qo'llarida tig',

Zamonlar aylanar, osmon aylanar.

Ona Turkistondur turklarning toji,

Aytingiz qandayin yashaymiz ortiq?!

Assalomu alekum dorning og'ochi!

Non so'rab kelganga jonini berding,

Sendadur matonat, sendadur toqat.

Qon so'rab kelganga shoningni berding,

Yurtingni berding sen qattol hiroji,

O'ldirsang o'zingni o'ldirding, faqat.

Assalomu alekum dorning og'ochi!

(Rauf Parfi)

Diqqat savol: muallif ushbu she'rni bir dostondagi holat(voqea)dan ta'sirlanib yozgan, sizlar anashu holat(voqea)ni topishlaringiz kerak!

-bu she'rni Rauf Parfi kuntug'mish dostonida Xolbekaning dor ostidagi so'zlaridan ta'sirlanib yozgan

"O'zingga ishon, oyoqlaringga mahkam tayanib ol, yigitcha! Ana Shunda hammasini uddalay olasan!" - bu so'zlar qaysi multimillionerga aytilgan? Yoshligida eshitgan bu so'zlarni keyinchalik u labaratoriyasining eshigi tepasiga yozib qo'yadi.

- Genri Ford

11-savol. Shayx Sa’diy hazratlari o’z hikoyalaridan birida quyidagi baytni keltiradilar:

“Manam naqqosh budam, aybi man xo’b oshkora bud,

……………. kardaam , nuqsoni maro, xok mepo’shad”.

Ma’nosi: “Men naqqosh edim, mening ijodim ro’yorost, har kimning oldida jilvalanar, unda bo’lgan ayblar yaqqol ko’rinar edi.

Endi ………………………. qilmoqdaman, ayblarim kishilarning ko’z oldida oshkora bo’lmayajak va ularni tuproq yashirajak”.

Bayt mazmunidan kelib chiqib, nuqtalar o’rnida yozilishi kerak bo’lgan so’zni toping.

- tabiblik

Agar xashamatda aynan U yo'q bo'lsa u xashamdor emas ekan. Moda olami qirolichasi Shanel U deb nimani nazarda tutgan ?

-Qulaylik

1. Afrikadagi Tsetse fly pashshasi haqida eshitmagan kishi bo'lmasa kerak, uning chaqishi tufayli ko’pchilik aholi uyqu kasaliga chalinisharkan. Olimlar bu pashshalarni zaharlab o’ldirishga urinib ko’radilar, lekin bu ish samara bermaydi – pashshalar bu zaharga e’tibor qilmasdilar, ularni zaharlashga bo’lgan urinishlar zoye ketaverdi. Shunda Afrika qishloqlaridan birida laboratoriyasi bo’lgan bir fransuz vrachi bu yaramas pashshalarni qirishning oddiy, arzon va samarali usulini o’ylab topadi. Natija kutilgandan ham afzal bo’lib chiqdi va mahalliy aholi ancha yillar uyqu kasali nimaligini bilishmagan. U qanday qilib bu pashshalardan aholini halos qilgan?

- Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, bu pashshalarni zaharlab o’ldirish muammo bo’lgan. Olimlar turli yo’llarini qilib ko’rishgan, lekin bularning hammasi ko’zlangan natijani bermagan. Kongoda ishlab, tadqiqot o’tkazgan fransuz olimi Janik Lansyen uzoq izlanishlari natijasida nihoyat bu pashshalarni qirib tashlashning oddiy, ammo juda samarali usulini topadi. Bu pashshaxonaga o’xshash tuzoq bo’lib, u buqaning o’tkir xidi anqib turgan va zaharli eritma bilan xo’llangan doka-marli bilan o’ralgan bo’ladi. Eng katta muammo ham bu pashshaxona-tuzoqqa pashshalarni jalb qilish bo’lgani uchun, u buqaning xididan foydalanadi, chunki aytilganidek, pashshalar buqalarga juda o’ch bo’lishgan, ularning xidi, nafasi pashashalarni juda o’ziga jalb qilgan. Buni payqagan fransuz olimi laboratoriyada buqa xidida mavjud bo’lgan attraktantlar - kimyoviy komponentlardan foydalangan holda maxsus eritmalar tayyorlagan va bu eritmalar bilan dokalarni xo’llagan. O’tkir buqa xidi anqib turgan pashshaxona-tuzoqlarga kirgan tsetse pashshalari bu zaharli eritma bilan oziqlanib, o’sha yerning o’zida o’lishgan. Bunday pashshaxona-tuzoqlar tayyor bo’lgach, Janik Lansyen ularni o’sha hudud bo’ylab osib chiqqan. Shu tariqa tsetse pashshalardan qutulishgan. Bu usul hozirda ham Afrikaning turli hududlarida epidemiologlar tomonidan qo’llanilar ekan, buqaning o’tkir nafasi, xidi anqib turgan eritma bilan xo’llangan dokali tuzoqlar qishloqlarda ko’plab osib qo’yiladi.

2. Dunyoda inson ko'zi ilg'amaydigan (micro) kichkina jonzotlar ham ko'p. Ko'pincha ularni nomini ham bilmaymiz. Anashunday mitti hashorotlardan bir turini ( xalqimiz orasida) bir kasb egalarining nomi bilan atashadi. Bu bejizga emas. Bu nom hashorot "faoliyati" dan kelib chiqqan. Siz esa usha kasb egalarini toping!

- Micro hashorot barg orasida oziqlanadi. U oziqlangan joylarda (barg sirtidan qaraganda) o'ziga xos tasvir ("rasm") xosil bo'ladi. Shundan odamlar hashorotga xudojnik (rassom) deb nom berishgan.

3. Agar so'zlarning lug'aviy ma'nosidan kelib chiqsak, inshootlar va yer faqat X larga tegishli bo'lib chiqadi. Ularning iqtisodiy ma'noda mulk ekanini hisobga olib X ni toping-chi.

- Real estate - aylanib, o'rgilib tarjima qiganda Qirollik (Royal) mulki digan ma'noni bildiradi. Ya'ni, ko'chmas mulk, lug'aviy ma'nosiga ko'ra, qirolga, qirollik xonadoniga va uni avlodlariga tegishli mulk hisoblanadi.

4. O'zbeklar osh qilish uchun ko'p hollarda paxta va semichka yog'idan foydalanishadi.

Savol: hurmatli bilimdonlar, aytingchi yahudiylar osh qilish uchun qanaqa yog' ishlatishadi?

- qo'shnisidan qarzga olingan yog'!

5. II jahon urushi davrida shunday gap bo'lgan ekan, ya'ni Gitler Moskvani egallaydigan bo'lsa, uning o'ldirilishi kerak bo'lganlar ro'yxatida 2-o'rinda Stalin bo'lgan. 1-o'rinda, hatto Stalindan ham muhimroq bo'lgan shaxs kim bo'lgan?

- Agarda Levitan qo'limga tushsa, uning og'zidan qo'rg'oshin quyaman. A. Hitler.

6. Xitoy donishmandligi aytishicha, uni qog'ozga o'rab bo'lmas ekan. Boshqa bir afsonada esa u tufayli "Avval o'ylaydigan" ayanchli ahvolga tushib qoladi. Uni toping.

- Olov, alanga va shu sòz sinonimlari. Izoh: Titan Promitey insonlarga olovni taqdim etgani uchun mabudlar qahri uchraydi va uni tog' yuziga qo'l oyog'i bilan qoqib qòyiladi. Promitey grekchadan "Avval òylaydigan" ma'nosini berar ekan.

7. Kambodjaliklar fikricha 5 ta qoratanli bu-basketbol jamoasi,qoratanlilar kvartali bu - narkotiklar,to'pponcha-yu,otis​hmalar.Ular fikricha bitta qoratanli bu ...?

- Repper!

8. Yulduz, Yurak, Svastika, Strelka, G'ildirak va hokazo... bu röyhatni yana davom ettirsa böladi. Bular BIR IW jarayonida eng köp foydalaniladigan belgilar hisoblanadi. Savol egasi esa zerikkan payti ularni kuzatiwni yoqtiradi. Bularni hammasini qayerda köriwimiz mumkin?

- Partada

9. М.В.Ломоносов унга шундай таъриф берган: "У худди чакмок каби кудратли, аммо у момакалдироксиз чакнайди, унинг энг кучли зарбалари хам ёкимлидир". У нима?

- sevgi


10. Bundan 80 yillar oldin AQShdagi mehmonxona xodimlari yuqori qavatlardan xona so'ragan mijozlardan xushmuomalalik bilan bir narsani aniqlashtirishni so'ragan. Diqqat, savol, mehmonxona xodimlari nimani aniqlashtirgan?

- bundan 80 yillar oldin AQShda Buyuk depressiya davri bo'lgan. Juda ko'p odamlar xonavayron bo'lishgan. Bunday vaziyatlarda o'zlaridan javobgarlikni soqit qilish uchun, mehmonxona xodimlari xushmuomalalik bilan "Yuqori qavatlardan xona sizga yashash uchun kerakmi yoki o'z joningizga qasd qilmoqchimisiz?" deb so'rashgan ekan.

11. 1967-yili Nyu-York shahrida juda mashhur bo'lib ketgan "Bepul do'kon" ochiladi. Ushbu do'kondan nomiga monand ravishda istalgan mahsulotni tekinga olish mumkin edi. Ushbu do'konnning hammaga ma'lum bitta qonuni (qoidasi) bor edi. Ushbu qoidani ayting.

- o’g’irlik qilinmasin

12. Ingliz xonadonidagi ota va yosh o'g'il suhbatidan:

o':-Otalar farzandlardan ko'ra aqlli bo'lishi rostmi?

O: -Xa, rost.

o':-unda aytingchi, mashina paralarini kim kashf qilgan?

O:(biroz o'ylanib) Jeyms Vatt!

O':...


SAVOL: O'g'il oxirida nima degan? - нега отаси кашф этолмаган? )))

13. Olimlar agar baliq qarmoqdagi xo'rakka boshqa baliq ham intilayotganini ko'rsa, unga birinchi borishga harakat qilishi va yaxshiroq yopishishini, raqobat suv ostida ham kuchli ekanini isbotlashadi.

Shu maqsadda xo'rak yoniga baliq mulyajini mahkamlab ko'rishadi. Tabiiyki, mulyaj qimirlamaydi va baliq unga umuman e'tibor bermaydi. Biroq masala baribir hal qilindi va bu kichkina ixtirocha patentlab qo'yildi. Savol: masala qanday hal qilingan?

- XO"RAK YONIGA KO'ZGU O'RNATILGAN

14. Ularning zamonaviy ko'rinishi ko'pchilikda bor. O'tgan asrning birinchi yarmida ular unchalik ommabop bo'lmagan. Ko'pchilik unga egalik qilishdan qo'rqqan. Chunki ko'pincha u o'z egasini sotgan va ayanchli ahvolga tushishiga sababchi bo'lgan. Urush davrlarida frontdagilarga bu narsaga egalik qilish qat'iyan man etilgan. Ularni toping.

- kundalik

15. 5. Таржимада ýхшамайди: В пересказе Бориса Заходера "Алисы в Стране Чудес" математик нетривиально разделил кусок пирога между собою и козликом. Что же досталось математику, а что — козлику?

- Matematikka Pi (pi matematik miqdor), Echkiga esa Rog (shox)

16. 'Nobody is perfect'. Bu iborani bir o'ta nokamtar odam ajoyib tarzda davom ettirgan ekan. Nima deganini topa olasizmi?

- I'm nobody yoki my name is nobody!

17. 'X- bu tez yurayotgan poezdning derazasidan qarab turib, yoningizdagi odamga nimalar ko'rinayotganini aytib berishdir' deganakan bir fanlar nomzodi. 2so'zdan iborat Xni topgan bo'lsangiz, avtorning qaysi fandan nomzod ekanini ayting

- X- bu sinhron tarjima


18. Hammaga ma'lumki hamma davlatning pochta markalariga davlatning nomi yozilgan bo'ladi, lekin dunyoda bitta davlat borki uning pochta markalarida davlatning nomi yozilmagan, bu qaysi davlat va buning sababi nimada? - Man o'qigan maqola : Великобритания является единственной страной в мире, которая не печатает свое название на почтовых марках. Дело в том, что именно Англии принадлежит первенство в вопросе выпуска почтовых марок – 6 мая 1840 года в Великобритании были выпущены марки под названием «Черный пенни». К моменту их появления необходимость этого изобретения была настолько вопиющей, что марки очень быстро прижились. Впоследствии Всемирный почтовый союз, устанавливая единообразные требования к маркам в разных странах, обязал все страны указывать наименование страны-эмитента на почтовой марке. Великобритания же, как первая страна, выпустившая марку в оборот, была освобождена от этой обязанности.

19. Qadimda "tom" so'zi uy, xovli, xona ma'nolarida qo'llangan. Keyinchalik ma'no torayib "uyning tepa qismi" ma'nosida ishlatila boshlangan. Biroq hozirda ham bitta so'z borki oldingi ma'nosiga ishora qiladi. Bu qaysi so'z? –Tomorqa

20. Qadimgi Xorazmda quruvchilar orasida shunaqa traditsiya bo'lgan, ular qal'a va muhim ahamiyatga ega bo'lgan inshootlarni qurishdan oldin ushbu amalga rioya qilishgan va shundan so'ngina natijaga asoslangan holda inshootni o'sha belgilangan joyda qurish yo qurmaslikni hal qilishgan. Savol: bu qanday traditsiya yoki amal bo'lgan?

- Qadimgi Xorazmda usta quruvchilar inshoot qurishdan oldin yaqin atrofda uchragan yirtqich hayvonni o'ldirishgan, eskulaplar ya'ni hozirgi zamon tili bilan aytadigan bo'lsak tabiblar bu hayvon go'shtini tekshirib ko'rishgan, agar hayvon kasalmand bo'lsa belgilangan joyda inshoot qurilmagan, chunki ular o'sha natijaga asoslanib o'sha yerning tabiati , hayvonot olami va sharoiti haqida xulosa chiqarishgan.

optimist - ploxo informirovanniy pessimist

21. Osiyo davlatlari orasida Qozog'iston, O'zbekiston va Turkiya. Yevropada esa faqat bitta - Norvegiya. Afrikada 4ta: Gana, Nigeriya, Efiopiya va poytaxti Uagadugu bo'lgan davlat. O'zbekistonning bu ro'yxatga kirishiga sababni ayting.

- ToshkenT

Yuqoridagi davlatlarni poytaxti boshlangan xarfi b.n tugaydi!

22. Bir Gollivud filmi qahramonlari 80-yillaga tushib qolishadi(o'tmishga qaytib). O'zlarining 80-yillarda ekanini tekshirish u.n notanish kimsadan so'rashadi:

-X ning rangi qanaqa?

-qora.


Keyin ular 80-yillarda ekanliklariga ishonishadi.

X ni ayting

- Michael Jackson

23. Psixologlar fikricha, A – beg’am, betashvish, I – sirli, ayyorona, Ye (E) – qo’pol, O – tahqiromuz, U – hadiksiragan. Gap nima haqida ketmoqda?

- Gap inson kulgusi haqida ketmoqda.

Xaxaxa - beg’am

Xixixi – sirli, ayyorona

Xexexe – qo’pol

Xoxoxo – tahqiromuz

Xuxuxu – hadiksiragan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №1

Targ’ibot-tashviqot (propaganda)ning ta’sir kuchiga yaqqol misol sifatida Yaroslav Gritsak shunday paradoksal faktni keltiradi: bu davlat aholisining ko’pchiligi Ikkinchi jahon urushida bu davlat SSSR tomonida turib jang qilgan deb o’ylashadi. Bu davlatni maksimal aniqlikda ayting.

GDR

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №2



Bir muammo sababli Hindiston hukumati 5 payslik tangani romb shaklida, 10 paysli tangani esa rozetka (gul) shaklida zarb etishga majbur bo’lgan. Qanday muammo?

Aholi savodsizligi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №3

Bir internet forumi foydalanuvchisi shunday hazil qiladi: “Har yili aynan bir kunda Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti ofisdan chiqadi va ikki hodisadan qay biri yuz berishiga qarab, Kievning “Dinamo” klubi yoki Donetskning “Shaxtyor” klubi chempion bo’lishi aniq bo’ladi” Bu hodisalardan ixtiyoriy bittasini ayting.

O’z soyasini ko’rishi / ko’rmasligi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №4

1919 yilgi Parij tinchlik konferensiyasida AQSH Prezidenti Vudro Vilson Millatlar Ligasini tashkil etishga bag’ishlangan ajoyib nutq so’zlaydi. Ammo tarixchilarga bu nutqning faqat asosiy jihatlarini yorituvchi qisqacha bayonigina yetib kelgan. Konferensiyada kotib va stenografistlar bo’lsa-da, nima uchun nutq to’laligicha saqlanib qolmagan?

Shu darajada ajoyib nutq bo’lganki, hattoki kotiblar ham yozishni unutib, tinglab o'tirishgan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №5

2005 yilda Bratislavada bo’lib o’tgan o’yin futbol bo’yicha Rossiya milliy terma jamoasi JCHga bora olmasligini, saralash bahslarida esa Slovakiya o’yinni davom ettirishini aniqlab berdi. Biroq Pravda gazetasi bu voqea yuzasidan katta xursandchilik bildirdi. Nima sababdan?

Pravda – Slovakiya gazetasi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №6

Redyard Kipling qahramonlaridan biri ikkinchisiga shunday deydi: "Odamlar bu gulni tuvakda o’stirishadi, u oqshom payti gullaydi". U qaysi gulni shunday ta’riflaydi?

Olov


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №7

«Al» – bu elementdan birinchi bo’lib ehtimol kimyogar Robert Boyl qutulgan. Buning natijasida nima hosil bo’lganini siz ayting.

Ximik

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №8



Bir qahramon haqida fikr yuritayotib, Yevgeniy Klyuyev shunday yozadi, deylik biror kimsani “farzand ko’rmas” deb bo’lmaydi, agar uning farzandi bo’lsa-yu, u qishloqda, qishloq Qrimda, Qrim esa Ukrainada bo’lsa. Gap qaysi personaj haqida ketmoqda?

O’lmas Kashshey

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №9

“Simpsonlar” multseriali qahramonlaridan biri xotini bilan janjal vaqtida U – o’chirib qo’yish tugmasi emasligiga afsuslanadi. Uning original tilidagi nomi – bindi. Siz esa uni ikki so’z bilan ayting.

Peshonadagi nuqta

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №10

Ingliz professori Muhammad Anvar Xning Buyuk Britaniya aholisi orasida keng tarqalganini odamlarning o’zini din bilan aloqador qilib ko’rsatishga bo’lgan xohishlari tufayli deb tushuntiradi. X ni 2 so’z bilan ayting.

Muhammad ismi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №11

RBK xabariga ko'ra, Oq uy rasmiy saytida qo'yilgan bu fotografiya turk siyosatchilarining g'azabiga sabab bo'ldi. Nima uchun?

Obama bu tarzda Turkiya Bosh vaziri bilan telefonda gaplashayotgani uchun

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №12

Uning dumli, boshsiz, oqsoq, yarimta kabi turlari bor. Klassik – italyan va fransuz turlari mashshur. O’zbekistonda ularni Usmon Nosir elga tanitgan. Siz inglizcha Uning kim tufayli katta shuhratga erishganini ayting.

Shekspir


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №13

Ayzek Azimovning yozishicha, arablar va forslar o’rtasidagi jang yakunini to’satdan boshlangan U belgilab berdi. Boshqa "U" 1991 yilning 16 fevralida boshlangan. Uni ikki so’z bilan ayting.

Sahrodagi bo’ron

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF

№14 Uning mualliflari unga "Baqaloq/Semiz" laqabini berishgan. Uni tashib borganlar esa unga "Imperatorga ikkinchi bo'sa" laqabini berishgan. Siz esa birinchisining so'nggi manzilini ayting.

Xirosima


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №15

Chap tomondagi tugmadagi so'zni tiklang.

Cancer

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №16



Vilgelm va Yakobdan farqli ravishda Karl va Ferdinand oddiy odamlar bo'lgan. Eng kenjasi – Lyudvig esa yaxshi rassom bo'lgan, o'zidan qator ishlar, jumladan, kitoblar uchun illyustratsiyalar chizib qoldirgan. Qaysi kitoblar uchun?

Aka-uka Grimm kitoblari (Bular - 5ta aka-uka Grimm)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №17

Gi de Mopassan yozishicha, "Turgenev – adabiy mahorat bo'yicha deyarli Pushkin". Savolda Pushkin so'zi bilan qaysi so'z almashtirilgan?

Fransuz

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF

№18 Fotografiyada o'rgimchakning bir holatda to'qigan to'ri tasvirlangan. Qanday holatda?

Vaznsizlik

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №19

E'tiboringizga bir art-kafega osilgan reklama plakati havola qilinmoqda. U nima haqda ma'lumot beradi?

Kafening ochilishi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №20

Maykl Jeksonga bag'ishlangan ushbu posterda bir juft X etishmayapti. Xni ayting.

Oyoq kiyim

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №21

Tasvirda 6ta so'z berkitilgan. Bizga eng yaqin bittasini aytsangiz yetadi :)

Rus tili

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №22

Mashhur klassik asar ekranizatsiyasida qirol qo'llari bog'langan asirining burniga o'zining skipetrini tiqib oladi. Asirning ismini toping.

Gulliver


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №23

Andrey Ostalskiyning aytishicha, 1944 yilga kelib neft juda tanqis bo'lib qolgan. Ostalski versiyasiga ko'ra, kerosinni ikki barobar tejash X larning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Xni toping?

Kamikadze

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №24

"Yovvoyi sharoitda" filmi rejissori film qahramonining och-nahorlikdagi hayotini namoyish qilich uchun vaqti-vaqti bilan yangi X larning paydo bo'lishini ko'rsatib turadi. Bir fitnes-markaz reklamasida esa ular boshida 4ta, keyin 5ta. Xni 2 so'z bilan ayting.

Kamardagi teshiklar

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №25

Akunin o'z romanlaridan birida Ularni kentavrlarga qiyoslaydi. Xitoyda Ular 1949 yilda ma'n qilingan. Ularni toping.

Rikshalar

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №26

"Uch mushketyorlar"ni yozish uchun Dyuma Bulon' va Betyunga boradi. Boshqa roman ustida ishlayotib, u avval Katalanni ko'zdan kechiradi va U yerga boradi. Qayerga?

If qal’asiga

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №27

Bernard Shou 1925 yilda Nobel mukofotini oladi va o'sha zahoti bu haqda: "mukufotni unga bu yili butun dunyoga totriq qilgan yengillik uchun berishganini" aytib o'tadi. Bernard Shou olib kelgan bu yengillik nimadan iborat edi?

Shou shu yili hech narsa yozmagan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №28

"Apple" muxlislari latifasi: Ikki programmist gaplashmoqda: — Bilasanmi, — debdi biri ikkinchisiga, — yaqinda Bill Geyts osmono'par binodan o'zini tashlabdi.

— Keyin-chi? O'libdimi? — Yo'q, ... Latifani ikki so'z bilan yakunlang.

Osilib qopti

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №29

Rasmda "Shimoli-G'arbiy havo yo'llari" kompaniyasining logotipidan bir element olib tashlangan. Uni ikki so'z bilan ayting.

Kompas strelkasi ("N" harfi chap tomoniga qo'shilgan strelka - chiziq uni "W"ga aylantiradi)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №30

2011 yilda Rossiyada "Pejo" kompaniyasining "Ikkita uchtaning narxida" shiori ostida aksiyasi bo'lib o'tdi. Shiorda qaysi so'z tushib qolgan?

Pedal

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №31



U keyinchalik afsuslanib, Elvis Presli bilan uzoq qarindoshligini avvalroq bilmaganini aytib o'tadi, chunki bilganda, balki 1980 yilda bir aktyorga mag'lub bo'lmasligi mumkin edi. Qaysi aktyorga?

Ronald Reygan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №32

Ushbu rasmlarda bir shved firmasi tashrif qog'ozining ikki tomoni tasvirlangan. Qora rang bilan yashirilgan ikki so'zni toping.

Second hand

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №33

Tanzaniyaning Ngorongoro qo'riqxonasida to'xtagan avtomobil yonida ko'pincha o'sha zahoti sher paydo bo'ladi. Bunga sabab esa X. Xni toping

Soya


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №34

Sports.ru sayti foydalanuvchilaridan biri futbol bo'yicha Rossiya chempionati matchlariga kiritilgan bir yangilikka nisbatan o'z noroziligini bildirib: "Chang skameykaga qo'yilgan gazeta uchib ketadi", deydi. Bu muxlis nimaga qarshi ekanini toping.

Match oldidan mamlakat madhiyasining aytilishi

NAVBATCHILIK BLITS-SAVOLI – SF №35

1. Agata Kristi fikri bo'yicha, qaysi kasb egalari o'tmish detektivlari hisoblanadi?

2. Gabriel Laubning gapida nuqtalar o'rnini bir so'z bilan to'ldirig: "Arxeologlar yerdan ... ko'mib ketgan tarixni qazib oladilar".

3. Jon Sili frazasini bir so'z bilan yakunlang: "Siyosat - bu hozirgi zamon hikoyasi, o'tmish siyosati esa – ...".

1) Arxeologlar

2) Siyosatchilar

3) Tarix


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №36

www.zhurnal.lib.ru saytidagi bir maqolada telefon budkalari oyna bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari X va Y bir-biriga qiyoslanadi. X va Yni toping.

Neo Anderson va Alisa

NAVBATCHILIK BLITS-SAVOLI – SF №37

Osonidan. Madonna ajrashishga ariza bergan zahoti uning nikoh uzugi nusxasi yo'qoldi... Qayerdan?

Madam Tyusso muzeyi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №38

Marta Dandridj 1731 yilda Virjiniyalik plantator oilasida dunyoga kelgan. Birinchi turmush o'rtog'i - Deniel Kastis. Vikipediada bu ayol haqidagi maqolada unga nisbatan uch so'zdan iborat so'z birikmasi ishlatilgan bo'lib, unda birinchi va ikkinchi so'z bir xil. Qanday so'z birikmasi?

Birinchi Birinchi xonim (Marta Washington)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №39

Bir ozarbayjon maqoliga ko'ra, so'z bu - gul. Shu maqolga ko'ra nima guldasta ekanini siz ayting.

Maqol


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №40

Bir rus hajviy seriali qahramoni uyga xarid qilingan non bilan qaytib keladi. Haddan tashqari uzoq qolib ketgani sababli, onasi undan qayerga borganini so'raydi va o'zi bir versiyani aytadi. Qanday versiya?

Toshkent

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №41

Avvaliga immigrant Antonin Feyxtvanger o'z xaridorlariga kuyib qolmasliklari uchun qo'lqopchalar bergan. Qo'lqopchalar qaytarilishi kerak edi, biroq mijozlarning aksariyati ularni o'zi bilan olib ketib qolar edi. Shunda Feyxtvanger buning bir chorasini topdi. Bir versiyaga ko'ra, shu tariqa "X" paydo bo'lgan. "X"ni chet tildan kirib kelgan so'z bilan ayting.

Xot-dog


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №42

Rasmda bir qismi ko'rsatilgan bu pahmoq jonivorni Nukus ko'chalaridan birida uchratishgan. Aytishlaricha, u bizning yerlarga xorijdan, ya'ni Janubiy Osetiya tomonlardan kelib qolgan. Buni uning bir belgisidan bilib olishgan. Qanday belgidan?

Davlat raqamidan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №43

Dastavval diniy misteriyalarda bibi Maryamni ifodalagan qo'g'irchoqlarni biz hozir qanday ataymiz?

Marionetka

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №44

Italiyalik rassom Mikelanjelo Roberti yog'ochdan hajmi 8000 kub santimetr bo'lgan buyumlar yasaydi, so'ng ularga bo'yoq beradi. O'z ijod mahsulini u "inson qiziquvchanligi timsoli" deb ataydi. Bu buyumni ikki so'z bilan ayting.

Qora quti

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №45

Bu ieroglif yaponchada o'qilsa, koreys tilida o'qilgandan ko'ra kattaroq bo'ladi, xitoy tilida o'qilganda esa, undan ham katta. Bu tushunchalarning O'zbekistondagi analogi qanday ataladi?

So’m (Bu ieroglif ma'nosi mos ravishda – iena, von va yuan)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №46

Ko'pincha (asosan huquqbuzarlar) bu ishni qilishning bir necha usulidan foydalanishadi. Ba'zilar - alkogol vositasida. Ayrimlari - xayolot yoki mediativ holatga tushish orqali. Boshqalari esa botinkalariga kanselyariya knopkalari solib olishadi, tillarini tishlashadi, jag'larini og'riguncha siqishadi. Bu bilan ular nima qilmoqchi bo'lishadi?

Yolg’on detektorini aldamoqchi bo’lishadi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №47

Darvozabon Karlos Roa kar'erasining cho'qqisida - uni "Chelsi", "Manchester Yunayted" jamoalari taklif qilayotganiga qaramay, 1999 yilda futbol o'ynashni to'xtatib qo'ydi. O'zi kutgan narsa yuz bermagach, u futbol o'ynashni yana davom ettirdi, afsuski endi o'rtamiyona jamoalarda. U nimani kutgan?

Oxirzamon

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №48

Bir internet saytida yozilishcha, Oyning Yerga yaqin kelishi bir kasb vakillari uchun qiyinchilik tug'dirar ekan, aksincha uzoqlashishi esa, ularning ishini ancha osonlashtiradi. Qaysi kasb egalari?

Meteorolog

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №49

Ko'pincha qo'l soatlari reklamasida soat 10.10 holatida ko'rsatiladi. Nima uchun? :)

10.10da strelkalar smile shaklida soat brendi nomini tagidan o'rab turadi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №50

"Think Small" reklama kampaniyasi o'tgan asrning eng muvaffaqiyatli reklamasi hisoblanadi. U 1950 yilda olib borilgan va o'ta omadli deb tan olinganiga sabab - uning natijasida X uchun konstruksiya qilingan "Folksvagen" avtomobili Amerikada katta narxga sotilgan. Xni toping.

Adolf Gitler

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №51

Bir kompaniya xodimlari ularning mahsulotidan foydalanmaydigan kishilarni "aikon" deb atashadi. Qaysi kompaniya?

Nokia


NAVBATCHILIK OSON SAVOLI – SF №52

Qiziqarli fakt - Oy quyoshdan taxminan 400 barobar kichik, lekin .... Shu sababli Yerdan qaraganda Oy va Quyosh bir xil kattalikda ko'rinadi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

Yerga 400 barobar yaqin

NAVBATCHILIK OSON SAVOLI – SF №53

AQSH mustaqillik kunida an'anaviy ravishda tantanali salyut otiladi. An'anaga ko'ra har gal 21 marta otiladi. Nima uchun 21 marta?

1+7+7+6=21 (AQSH mustaqillikka erishgan yil)

NAVBATCHILIK SAVOLI - SF#54

Germaniyalik futbol murabbiyi Y. Berger o`z xayotini tasvirlab bergan kitobning nomini " Mening ikki taymim " deb nomlagan. " Birinchi taym" dagi xolat 20 yildan ortiq vaqt oldin yo`q bo`ldi. Xo`sh, bu yerda birinchi va ikkinchi taymlar aslida qanday ma'noda kelmoqda?

GFR va GDR

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №55

Ushbu rasmda nimaning reklamasi tasvirlangan?

Xavfsizlik (o’q o’tmas) oynalari

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №56

1992 yilda bir AQSH kompaniyasi savdo markasi sifatida sonlarni ro'yxatdan o'tkazish mumkin emasligini bilgach, navbatdagi yangi mahsulotini shunday nomlaydi. Qanday?

Pentium

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №57

Belgiya uch regionga bo'linadi: Flandriya, Valloniya va Bryussel. Valloniya bayrog'ida qaysi jonivor tasvirlangan?

Xo’roz (Valloniya - Belgiyaning frankofon qismi)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №58

Bir maqolada "Intel" va "AMD" mahsulotlari orasidagi raqobat X deyiladi. Akademik Saxarovning "Progress, birgalikda tinch-totuv yashash va intellektual erkinlik haqida o'ylar" asarida kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan X haqida ham aytiladi. Xni ikki so'z bilan ayting.

Yadro urushi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №59

X so'zi boshqa tillarga sanskritdan kirib kelgan bo'lib, induizmda "Ilohlarning Yuqori pog'ona olamdan odamlar orasiga tushib yurishida vosita" ma'nosini bildiradi. Masalan, Vishnuning Xlari ichida Rama (Ayodxi shahzodasi), Krishna (Dvapar-yugaga tushgan), Budda (Siddxarta gautama - Kali yugaga tushgan) bor. Xni toping

Avatar(a)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №60

Bir kompyuter do'koni reklamasida ushbu tasvirni ko'rishingiz mumkin. Do'kon qayerda joylashgan?

Sankt-Peterburg

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №61

Michigan universiteti sotsiologlari BU atrof-muhitga ziyon yetkazadi, degan xulosaga kelishdi. Chunki odatda BUndan keyin ishlayotgan televizor, sovutgich va gaz plitalari soni bittaga ko'payadi. Qizig'i, statistikaga ko'ra, BU eng ko'p yuz beradigan oy - yanvar. BUni toping.

Ajrashish

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №62

Zimbabveda bo'lgan chet elliklarni bir narsa hayron qoldirgan – mahalliy aholi kafe, restoranlarga borishsa, ovqatni tez-tez yutib yuborishgan va umumam ko'p o'tirib qolishmagan. Bunga sabab sifatida ular Xni aytishgan. Xni toping.

Inflyatsiya

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №63

KVNning "Millenium" jamoasi fikricha, bo'g'oz otlar tezroq chopadi, chunki ularda ... ko'proq. Nima ko'proq?

Ot kuchi


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №64

"Yerlik inson" filmi qahramoni doim ismi va yashash joyini o'zgartirib turadi. John T. Party nomi ostida u qaysi shaharda yashagan?

Boston

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №65



"Argumenty i fakty" gazetasi yozsihicha, G'arbda unga "sotsializmning shpitsi" deb nom berishgan. 2000 yilgi bir voqeadan so'ng esa, "U yana 1-o'ringa chiqib oladi", degan mish-mishlar tarqalgan edi. Uni toping.

Ostankino teleminorasi

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №66

Xulio Kortasarning romanida kuchli yomg`ir paytida fonar tagida qolib ketgan ikki inson tasvirlanadi. Aytingchi bu holat nimaga qiyoslangan edi?

Dush tagida turib olish

NAVBATCHILIK OSON SAVOLI – SF №67

Olimpiadada kurashchimiz A.Taymazov oltin medalni qo'lga kiritgandan so'ng guruhdoshimiz Muzaffar Qosimov uni haqli ravishda bir afsonaviy qahramonga qiyoslabdi. Kimga?

Qirol Artur

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №68

Yuriy Lujkov Moskva meri postida uzoq vaqt faoliyat yuritganiga ishora qilib, jurnalist Andrey Vladimirov bu davrni X deb ataydi. Aslida esa X bundan ancha uzoq davom etgan. X ni ikki so'z bilan ayting.

Yura davri

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №69

Ingliz bojxonasida maxsus o'rgatilgan labrador va kokker-spaniel zotli itlar ishlaydi. Ularning hid bilish qobiliyati shunchalik kuchli-ki, bir turdagi predmetni sellofan ichiga yashirilgan, konteynerga tiqib qo'yilgan yoki avtomobil pokrishkasiga berkitilgan bo'lsa ham topa olishadi. O'z ishi bilan bu itlar bir mashhur mulohazani inkor qilishadi. Bu mulohaza muallifini toping.

Vespasian Tit Flaviy (Pullar hid chiqarmaydi)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №70

Manxettenda o'rnatilgan AQSH davlat qarzini ko'rsatib turuvchi tablo 2000-2002 yillarda o'chirib qo'yilgan. Bunga sabab – tablo mualliflarining bir xatosi. Qanday xato?

Tablo platformasi qarz kamayishini hisobga olmagan

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №71

Taniqli rejissyor Nikolay Akimov qayg'urib, komediya uchun og'ir bo'lgan davrda satiriklarning o'qi boshqa predmet xossasiga ega bo'lib qolishini ta'kidlaydi. Qanday predmet?

Bumerang


NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №72

Buyuk Karl davridagi Franklarda bu predmet ichi moyga to'yintirilgan mato yoki mex bilan qoplangan.Qaysi predmet?

Qin

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №73



1882 yil oxirida amerikalik fotograf Napoleon Seroni o'zining ehtimol eng mashhur suratini yaratdi. Bu - portret bo'lib, unda bir yosh ingliz tasvirga tushirilgan edi. U allaqachon qarib, vafot etib ketgan bo'lsa-da, portretda yosh va navqiron bo'lib turibdi. U qaysi ingliz bo'ldi?

Oskar Uayld (Dorian Grey portreti)

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №74

Tasvirda yashirilgan qismni bir so'z bilan ayting.

Burlaklar

NAVBATCHILIK SAVOLI – SF №75

Bu inson o'ta mehnatkashligi bilan ajralib turgan. U 600dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy ishlar muallifi bo'lib, asarlari orasida hatto "Yelkanli yaxta harakati nazariyasi va uni boshqarish" deb nomlangani ham uchraydi. Bundan tashqari, u musiqaning ashaddiy ixlosmandi bo'lib, hatto 1934 yil Prinstonda o'zining xayriya skripka koncertini o'tkazgan. Siz unga qaysi davlatni boshqarishni taklif qilishganini toping.

Isroil (A.Eynshteyn)

NAVBATCHILIK SO'NGGI DUPLET SAVOLI – SF №76

1) "100ga 1" teleo'yinida "Maktab o'quvchisining eng yoqtirgan darsi qaysi?" degan savolga 6 xil javob olingan bo'lib, ulardan 5tasi: jismoniy tarbiya, ashula, mehnat, rasm chizish va tanaffus. Eng so'nggisini siz toping.

2) Wikipediaga ko'ra Uning ochiq, yopiq, yarim yopiq, muqobil (alternativ), tekshiruvchi (kontrol), sinov va hk. turlari mavjud. Uni toping.

1) Oxirgi; 2) Savol

Машхур кинорежиссёр Франко Дзеффирелли «Ромео ва Жульетта» фильмини суратга олиш чоғида Жульетта ролига мос номзод қидиради. У ёш қизлар ўртасида танлов эълон қилади. Танловда жуда кўплаб қизлар иштирок этиб, нихоят 1000 дан ортиқ номзод ичидан икки қиз охирги боскичга етиб келади. Хар икки киз режиссёр тасаввурида Жульетта ролига идеал давогар булиб чиқди, улардан бирини танлашда бир тўхтамга кела олмаган режиссёр шу орада бошка бир фильмни суратга олиш учун АҚШга отланади. Орадан 3 ой ўтиб режиссёр қайтиб келади ва икки номзодни қиска сухбатга чақиради. Улар билан учрашгандан сунг, «Худонинг ўзи мени танловда қийналганимни кўриб ишимни осон қилибди» дейди ва икки қиздан бирини хеч иккиланмай Жульетта ролига қабул қилади. Дзеффиреллини бир тўхтамга келишига нима сабаб бўлган?

- Қизлардан бири сочини кесган бўлади бу вақт ичида

uni birinchi marta Blez Paskal ihtiro qilib bir nom bila ataydi. Lekin shoshqaloq insonlarning talaffuzlari orqali bu narsaning bugungi kundagi nomi kelib chiqqan. bu narsa XVII asrda birinchi bor Parij ko'chalarida paydo bo'lgan. bu narsa nima?

- Bliz Paska birinchi bor ot aravaga qo'shilgan vagonni ihtiro qilgan, va unga "Obnimus" ya'ni axoli uchun deb nomlagan. bu nomni BUS deb qisqartirishgan

Xel'sinki shaxrida bekatda tramvay kutib turarkansiz keyinchalik 'BIR ISH' qilish o'rniga,shunchaki A641 matnini 16353 raqamiga yuborsangiz kifoya ekan.Savol, 'BIR ISH' so'z birikmasi, qaysi boshqa so'z birikmasi bn almawtirilgan?

- bilet sotib olish. Sizga qaytib kelgan SMS 1 soatga bilet vazifasini bajaradi.



Ajoyib qulaylik:)
Download 45,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish