Abu Ali ibn Sino O‘rta Osiyolik buyuk ensiklopedist alloma
Reja
Abu Ali ibn Sino yashagan davrga xarakteristika. Ibn Sinoning dastlabki saboq olishlari.
Ibn Sinoning Ma'mun Akademiyasidagi faoliyati. Ibn Sinoning 450 dan ziyod asar yozishi.
“Donishnoma” Ibn Sinoning falsafiy asari. Ibn Sino zamonasining yetuk shoiri. “Urjuza” nomli tibbiy asar. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari va uning ahamiyati.
Ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Uning “Shayx ur-rais” nomiga sazovor bo‘lishi. Ibn Sinoning izdoshlari va shogirdlari.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri — Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u Ovro‘pada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Ibn Sino (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida, xijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Xusayn boshlang‘ich ma'lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik choglari Somoniylar xukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nux. II ibn Mansur Somoniy xukmronligi davri (976—997) ga tugri keladi.
Ibn Sino iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma'lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayok Kuoni karimni boshdan-oyoq yod ukir edi. U o‘zidan avval utgan Sharqmutafakkirlarining asarlarini chukur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon ta-biiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan urgandi. 16—17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib — xakim bo‘lib tanildi. 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inkirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chikib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma'-mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akade-miyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayx., Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Irok kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. 1023 yilda Isfahonga kochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag‘ishladi. Ibn Sinoning «Kitob al-konun fit-tibb», «Kitob un-najot», «Kitob ul-insof» kabi mashhur asarla-ri, geometriya, astronomiya, usimlik, xdyvonot olami, mantikqqa oid risolalari, «Xayy ibn Yakzon» falsafiy kissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona kurish bilan mashgul bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy xayotda ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonlikda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida kulunj kasalligidan vafot etdi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha fakdt 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Uning bizga ma'lum bo‘lgan katta asari «Kitob ush-shifo» («Shifo kitobi») 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantik, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim kismlari lotin tiliga, Ovro‘padagi boshqa tillarga, Sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan «Kitob ul-insof» («Insof kitobi») bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yong‘inda yuqolgan. «Kitob un-najot» («Najot kitobi») 4 katta kismdan — mantik, fizika, matematika, metafizikadan iborat, «Kitob lison ul-arab» («Arab tili kitobi») 10 jildni tashil etadi. «Donishnoma» fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 kismni — mantik, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir kismi O‘zbek tilida bosilgan).
Ibn Sino asarlari O‘rta asrlarda Ovro‘poda ilmiy til xisoblangan lotin tiliga, u orkali Ovro‘poning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va ma'lum voqyealar orqali ifoda etuvchi «Tayr kissasi», «Salomon va Ibsol», «Xayy ibn Yaqzon» kabi falsafiy kissalar yaratgan.
Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan «Kitob al-qonun fit-tibb» («Tib konun-lari»), «Kitob ul-qo‘lanj» («Ichak sanchiklari»), «Kitob un-nabz» («Tomir kurish haqida kitob»), «Fuj ul-tibbiya joria fi majli-six» («Tib haqida x.ikmatli so‘zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar «Risola fi-dastur it-tibbiy» («Tibbiy ko‘rsatmalar haqida») kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari «Kitob al-qonun fit-tibb» 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning har biri ma'lum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino butun dunyoda tibbiyot ilmi yuksalishiga asos soldi. Uning «Tib qonunlari», «Najot kitobi» asarlari asrlar davomida Sharq, G‘arb mamlakatlarida tibbiyot qomusi sifatida tan olinib, o‘quv qo‘llanmasi vazifasini o‘tab kelgan. Ibn Sino asarlari bizning davrimizda ham qayta nashr qilib borilishi ularning bugungi kunda ham o‘z qimmatlarini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi.
Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma'lumotni otasidan, yuqori ilmlarni esa Notiliydan olgan. 17 yoshidayoq mohir tabib sifatida tanilgan Ibn Sino 996 yili Buxoroga, amir Nuh ibn Mansur Somoniy (976 - 997) saroyiga taklif qilinadi. Buxoroda somoniylar sulolasining hukmdorligi tugatilgach, 1002 yildan keyin Gurganchga, xorazmshoh Abu Hasan Ali ibn Ma'mun (997-1009) saroyiga keladi. Keyinchalik u yerda Ma'mun akademiyasining eng faol olimlaridan biriga aylandi. 1011 yili sulton Mahmud G‘aznaviyning ta'qibidan qochib, Gurganchni tark etishga majbur bo‘ladi. U avval shimoliy Xurosondagi Obivard shahriga, u yerdan Nishopurga, so‘ng Gurgonga, sulton Qobus ibn Vashmgir Ziyoriy saroyiga boradi. 1014 yili u yerni ham tark etib, Rayga, shoh Majduddavla Rustam Buvayhiy (997 - 1029) saroyiga kelib, 1019 yili uning vaziri lavozimigacha ko‘tarilishga muyassar bo‘ladi. 1021 yili Shamsuddavla vafot etganidan so‘ng Ibn Sino ayblanib, hibsga olinadi. 1023 yili hibsdan qutulib, Isfahonga, Alouddavla Kakuya (1008 - 1041) huzuriga keladi va umrining oxirigacha uning xizmatida bo‘ladi. U 1037 yilda Hamadonda vafot etib, o‘sha yerda dafn etiladi.
Ibn Sino ilmiy dunyoqarashi quyidagi asrlarida yorqin ifodasini topgan: 1. «Kitob ash-shifo» - falsafiy ensiklopediya; 2. «Kitob an-najot» - falsafiy asar; 3. «Donishnoma» - fors tilida yozilgan falsafiy asar; 4. «Geometriya haqida risola»; 5. «Arifmetikadan qisqartma»; 6. «Kuzatish asboblari»; 7. «Samoviy jismlar haqida risola»; 8. «Iksir haqida risola»; 9. «Tib qonunlari» - tibbiy ensiklopediya; 10. «Yurak dorilari» - tibga oid; 11. «Tibbiy urjuza» - tibga oid she'riy doston; 12. «Zararlarni yo‘qotish...» - sog‘liqni saqlashga oid; 13. «Salomon va Ibsol» - falsafiy qissa; 14. «Hay ibn Yaqzon» falsafiy qissa; 15. «Mantiq bo‘yicha urjuza» - mantiq bo‘yicha she'riy asar; 16. «Musiqa ilmi»; 17. Ibn Sino bilan Beruniy yozishmalari – fizika va falsafa masalalariga oid; 18. «Namozning mohiyati haqida risola» - fiqhga oid va boshqalar.
Ibn Sino qalamiga mansub turli mavzulardagi 50 ta asarning 60 ta qo‘lyozmasi O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ularning orasida eng mashhur «Tib qonunlari», «Yurak dorilari», «Kitob ash-shifo»ning ayrim qismlari, Beruniy bilan yozishmalar va boshqa ilmiy ahamiyatga molik asarlar bor.
Ibn Sino o‘zi shug‘ullangan fan sohalarining qariyib har birida sezilarli iz qoldirdi, o‘z davri fani uchun ilg‘or bo‘lgan g‘oyalarni ilgari surdi. Jumladan, astronomik asboblar yasash sohasida XVI asrdan «nonius» deb atalgan asbobni ixtiro qildi; tabiiy fan sohalarida zilzila, vulqonlar, tog‘larning paydo bo‘lishi haqida hozirgi geologiyada o‘z tasdig‘ini topgan nazariyalarni taklif qildi; moddalarning tasnifi, ilmlar tasnifini ishlab chiqdi; tabobat sohasida diagnostika, terapiya va jarrohlikda yangi va effektiv tashxis va davolash usullarini ishlab chiqdiki, ularning ba'zilari keyinchalik yevropada qayta kashf qilindi. Perkussiya, traxeotomiya, chiqqan yelka suyagini to‘g‘rilash, qand kasalligining tashxisi shular jumlasidandir.
Tayanch tushunchalar: Abu Ali ibn Sino, Ibn Sino hayoti haqida Juzjoniy, Ibn Sinoning 450 dan ziyod asar yozishi, “Kitob ush-shifo” asari. “Donishnoma” Ibn Sinoning falsafiy asari, “Urjuza” nomli tibbiy asar, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari, Ibn Sinoning falsafiy qarashlari, “Shayx ur-rais”, Ibn Sinoning izdoshlari va shogirdlari.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.
Abduqaxxor Ibroximov. Ma'mun akademiyasi. -T., 2005.
Abduqaxxor Ibroximov. Biz kim o‘zbeklar. -T., 2001.
Irisov A. Abu Ali ibn Sino. Hayoti va idodiy merosi. -T., " Fan ", 1980.
Qodirov I.A. O‘rta Osiyoda meditsinaning paydo bo‘lishi. -T., 1990.
Sulaymonova F. Sharq va Garb. -T., 1997.
Qayumov A. Abu Rayxon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. -T., 1987.
Do'stlaringiz bilan baham: |