1. Matnkomponentlariorasidagigorizontalaloqa Matnkomponentlariorasidagivertikalaloqa



Download 14,54 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2022
Hajmi14,54 Kb.
#224861
  1   2
Bog'liq
7-amaliy.MT. Yo‘ldosheva Yulduz


7-amaliy.Matnning vertikal bog‘lanishlari
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matnkomponentlariorasidagigorizontalaloqa
2. Matnkomponentlariorasidagivertikalaloqa
3. Matndagivertikalaloqagaishoraqiluvchibirliklarhaqidama’lumotbering.
4. Takrorlarningvertikalmatndagiahamiyati
5. Matn tahlili.
Javoblar:

  1. Tilshunoslikda matn qismlari o‘rtasidagi aloqa ikki turga bo‘linadi: gorizontal va vertikal aloqa. Matn birliklarining sintagmatik munosabati gorizontal (tilshunoslikda “linear” chiziqli) munosabat hisoblanib, bu munosabat keng tadqiq qilingan. Badiiy matnda estetik vazifa birlamchi hisoblansa-da, kommunikativ vazifa ham e’tibordan chetda qolishi mumkin emas. Ba’zan til birliklariga yuklangan vazifani to‘g‘ri anglash uchun ularning vertikal (ko‘ndalang) aloqasiga ham e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida parantez birliklarni tadqiq qilgan D.Jamoliddinova parantez birliklarning matndagi vertikal aloqalari oldingi kontekst bilan ham keyingi kontekst bilan ham bo‘laverishi mumkinligini misollar asosida dalillaydi. Parantez birliklarning oldingi kontekt bilan va ayni paytda o‘zidan keyin kelgan bir necha abzats bilan bog‘liqligi masalalariga e’tibor qaratadi. Paranteza bir nuqtai nazardagi fikrni, asosiy gap esa boshqa nuqtai nazardagi fikrni ifodalaydi, ana shunday ikki farqli kommunikativ yo‘nalishdagi fikr ifodasi bir gap yoki matn doirasida birlashishi, jamlanishi parantezalarning matn shakllantiruvchilik xususiyatidan dalolat beradiMuallif va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot nafaqat matn mazmunini etarli darajada tushunishga, balki yozuvchining o‘quvchi-suhbatdoshining ruhiyatiga ta’sir etish rejasini amalga oshirishda muhim vosita sanaladi. Bu ta’sirning amalga oshishi uchun nafaqat til birliklarining qo‘llanilishi, balki ular orasidagi aloqa, matnning tarkibiy tuzilishi ham muhim rol o‘ynaydi. Matn makrosturuktura sifatida narrativ, deskriptiv, argumentli qismlardan tashkil topadi, ya’ni bular uning gorizontal bo‘laklanishini tashkil etadi

  2. Vertikal bo‘laklanish esa shu makrostruktura qismlari orasidagi bir-birga zanjirsimon bo‘lmagan aloqadir. Vertikal bo‘laklanish esa, V.A.Kuxarenkoning ta’biri bilan aytganda, gorizontal bo‘laklanishni o‘z nuqtai nazari bilan qabul qilishdir. Matndagi vertikal aloqa uning tarkibidagi birlikning o‘zidan oldingi yoki keyingi kontekstlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Hali mo‘rtsiz. Payt kelar
To‘lin oyday to‘lasiz.
Ishoninglar, hammangiz
Katta shoir bo‘lasiz (U.Azim). Keltirilgan she’riy parchadagi katta shoir bo‘lasiz gapi 72 misrali she’rda 3 marta aynan, she’r oxirida xulosa sifatida katta shoir bo‘lasan undov gap sifatida qo‘llanilgan va she’r misralari orasida vertikal aloqani yuzaga keltirib, matn shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida qo‘llangan. SHoirning aynan bir gapni takror qo‘llashi tinglovchiga nisbatan so‘zlovchidagi kuchli ishonchni ko‘chirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usini shakllantirish uchun xizmat qilgan

  1. Matndagi vertikal aloqaga ishora qiluvchi birliklar ham mavjud bo‘lib, ularga endi, boshqacha aytganda kirish bo‘laklari, bu, o‘sha, o‘shanda kabi olmoshlarni kiritishimiz mumkin.

Kallasida yana g‘alag‘ul o‘ylar. Bu safar ular xotinining quloqda shang‘illagan ovozi tarzida etib keldi (A.Muxtor). Keltirilgan misoldagi yana so‘zi qahramonning avval ham shunday holatga tushganligi haqidagi axborotga ishora qiladi. Kitobxon voqelikni to‘la anglash uchun ishora qilinayotgan kontekstga yana qayta murojaat qilishi mumkin.
Biz o‘zbek tilidagi segment qurilmali gaplarni tahlil qilish jarayonida ularning matn bilan faqat chiziqli (gorizontal) emas, vertikal aloqasini ham nazarda tutish lozim ekanligiga e’tibor qaratgan edik. Segment qurilmali gaplarda segment bo‘lak tarkibida mana, o‘sha so‘zlari qo‘llanganda avval bayon qilingan voqea – hodisa haqida eslatiladi. Bunday deyktik birliklar “nutq parchalarining yoki tuzilma tarkibining uzviy bog‘liqligini, uning mazmunan yaxlitligini ta’minlovchi zanjir vazifasini bajaradi” [1.101]. Mana o‘sha, ko‘chaga qaragan ochiq ayvon. Mana o‘sha qizg‘ish tuvakdagi shapaloq gul. Sofya Borisovna erining yoniga kelgan kunlari posyolka bozorchasidan birinchi xarid qilgan narsasi gul bo‘lgan (A.Muxtor). Keltirilgan misoldagi mana o‘sha, ko‘chaga qaragan ochiq ayvon yoyiq holdagi segment bo‘lakdagi makon ifodalovchi deyksis so‘zlovchi va tinglovchi uchun oldindan ma’lum bo‘lgan predmetga ishora qilib, yashirin propozitsiya ifodalanishi uchun xizmat qilgan. Bu o‘rinda so‘zlovchining bu makonda oldin ham bo‘lganligi, qahramon bilan uni bog‘lab turuvchi qandaydir munosabat, aloqa borligiga ishora qilinadi.
Bu holatni quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin. Mana, o‘sha taqir tepalik!... Dadaali akalarning kuz ayozida diydiragan erto‘lasidan bilinar-bilinmas chuqurcha qolibdi, xolos (A.Muxtor). Mana, o‘sha taqir tepalik!... misolidagi taqir tepalik birikmasi aynan shu matn bo‘lagini avvalgi matn qismlari bilan vertikal aloqasini ta’minlashga xizmat qilgan.

  1. Matn qismlarini bog‘lashda asosiy vositalardan biri takrorlar bo‘lib, ular o‘z o‘rnida gorizontal va vertikal takrorlarga bo‘linadi. Gorizontal takror bir gap doirasida bo‘lib, gap tarkibidagi biror birlikning takror qo‘llanilishi bo‘lib, u gap tarkibida chiziqli aloqani yuzaga keltiradi. Vertikal takror esa, har bir gap boshidagi takror bo‘lib, she’riy asarlarda u ham vertikal aloqani ta’minlashga xizmat qiladi.

Vatan, Vatan, nima o‘zi ko‘ksin o‘q tilgan,
Vatan o‘z yurtidan ayru, ado bo‘lgan zo‘r.
Vatan, Vatan Mashrab asli Balxda osilgan,
Vatan – ketib, vataniga qaytolmagan go‘r (H.Xudoyberdieva). “Bugun tunda” deb nomlangan she’rdan olingan ushbu parchada Vatan so‘zi vertikal takror bo‘lib, misralararo bog‘liqlikni ta’minlagan. Ko‘ksin o‘q tilgan, o‘z yurtidan ayru, ado bo‘lgan zo‘r, vataniga qaytolmagan go‘r birikmalari esa she’rda qalamga olingan qalandarlar, dorini sudrab kelayotgan Dukchi Eshon, sovuqda qon tupurgan Usmon Nosir kabi birliklar bilan vertikal aloqadadir.
Umuman, badiiy matndagi birliklarning bajarayotgan vazifasini anglash, ijodkor ko‘zda tutgan maqsadni ilg‘ash uchun til birliklarining gorizontal aloqasi bilan birga vertikal aloqasini ham tadqiq qilish dolzarb sanaladi. Til birliklarining kontekstdagi estetik vazifasi, ijodkorning kommunikativ maqsadi matndan uzib olinib tahlil qilganda anglanmay qolishi mumkin, shunday hollarda abzatslar, boblar bo‘yicha tahlilni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.


  1. Download 14,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish