«YO‘Q» radifli g‘azal yordin ayru ko‘ngul mulkedurur, sultoni yo‘q



Download 21,5 Kb.
Sana07.11.2022
Hajmi21,5 Kb.
#861405
Bog'liq
Yordin ayru ko‘ngul


«YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL
Yordin ayru ko‘ngul – mulkedurur, sultoni yo‘q,
Mulkkim, sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.

120
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul


Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufrog‘kim, yo‘qtur gul-u rayhon anga,
Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q.
Ul qorong‘u kechakim, yo‘qtur Mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay
Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q.
Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo‘q.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 310-g‘azali.
Baytlardagi mantiqiy bog‘liqlik nuqtayi nazaridan bu g‘azal
ham «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kay yati?..»
g‘azaliga o‘xshaydi.
G‘azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni foilo-
tun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan.
Uning taqte’si quyidagicha bo‘ladi: –V– – / – V – – /– V– –
/ – V – (yoki – V ~).
M a t l a ’ ning o‘zidayoq muallif avval yordan ayri ko‘ngilni
sultoni yo‘q mamlakatga, keyin esa sultoni yo‘q mamlakatni joni
yo‘q jismga o‘xshatadi.
I k k i n c h i b a y t da mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey
musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, u gul-u rayhoni yo‘q
bir qora tuproqning o‘zginasi-ku».
U c h i n c h i b a y t da aytiladiki: «Agar gul-u rayhoni yo‘q bir
qora tuproq bo‘lsa, u bir porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha
ekan-da».
T o ‘ r t i n c h i b a y t da aynan ana shu qorong‘i kecha ta’ri
ketadi: «Porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha bo‘lsa, u hayot
sarchashmasi yo‘q zulmat ekan-da».

121
B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo‘q


zulmat lirik qahramonni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi
haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax esa shunday bir xumordirki,
unda mastlikning imkoni yo‘q. (Mastlik deganda shoir ishqni, ya’ni
Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan.)
M a q t a ’ da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib: «Unga
shunday uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan
darmoni yo‘q», – deydi.
Alisher Navoiy g'azaldagi bu usulga alohida e'tibor berdi va tadrijdan foydalanib o'nlab go'zal she'rlar yaratdi. Bu xildagi g'azallarning eng mashhurlaridan biri „Yordin ayru ko'ngul..." she'ridir. Shoir butun bir she'rda yoridan ayrilgan ko'ngilning ahvoli va manzarasini sekin-asta kuchayib boruvchi tashbihlar yordamida chizib beradi:

Yordin ayru ko'ngul mulkedurur sultoni yo'q,

Mulkkim sultoni yo'q, jismedururkim joni yo'q.

Matla'da yorsiz ko'ngil—sultonsiz mamlakatga, sultonsiz mamlakat—jonsiz jismga mengzaladi. Bu hol ohorli fikrdan tashqari, o'ziga xos kayfiyat ham hosil qiladi. Lekin na fikrda va na hissiyotda to'la tugallikka erishilgan. Buning uchun keyingi baytga ehtiyoj seziladi. Keyingi baytda oldingi fikr va tuyg'u yanada kuchaytiriladi:

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul,

Bir qaro tufrog'dekdurkim, gulu rayhoni yo'q.

Bu baytda ko'ngil va ruh kengliklaridan vujud hamda yerdagi unsurlarni aks ettirishga tutinilgan. Jonsiz jism— gul-u rayhonsiz, ya'ni hosilsiz tuproq. Keyingi satrlarda oldingi baytdagi o'xshalmish o'xshatilmishga aylanadi:

Bir qaro tufrog'kim, yo'qtur gul-u rayhon anga,

Ul qarong'u kechadekdurkim, mahi toboni yo'q.

Lirik qahramon gul-u rayhonsiz tuproqni oysiz qorong'i kechaga o'xshatadi. Bunday holat yetti baytlik g'azalda to'liq davom etadi. Tasvir shunchaki davom ettirilmaydi, balki baytdan baytga ifoda muayyanlashib, tasvir kuchayib boradi. Shuning uchun ham maqta'da qahramonning nadomati avjiga chiqadi, hijron ohanglari cho'qqiga ko'tariladi:

Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bor,

Hajridin dardi va lekin vasldin darmoni yo'q.



G'azal xotimasida tazod san'atidan ham foydalaniladi. Unda bor bilan yo'q bir-biriga qarshi qo'yiladi. Lekin qahramondagi „bor" narsalarning „yo'q" bo'lgani avloroq edi. Chunki unda uqubat — „bor". hajr —..bor", dard —„bor", „yo'q" narsa esa birgina - visol!

G'azalning har bir baytida yorsiz ko'ngilning bir qiyosi berilgan va bu qiyos, o'z navbatida, yorsiz ko'ngilning g'ayri- insoniy, g'ayritabiiy mohiyatini ochishga yordam beradi. She'r Navoiy ijodi uchun bosh masala bo'lgan insonlikning mohiyati unda ishqning borligidir degan xulosaga olib keladi.
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish