Somoniylar davridagi davlat devonlari
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining
qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi
Devoni vazir
Mustavfiy
Amidal-mulk
Sohibi shurat
Sohibi muayyid
Mushrif
Mumallikayi xos
Muxtasib
Avqof (vaqf)
Qazo (qozilik)
88
katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘si oshib, poytaxt Buxoro
Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi.
Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome’ masjidi,
xonaqo (g‘aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon
ibodatlari o‘qiladigan sajdagohlar bino qilindi. Xuddi shu davrda
musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad
ko‘tardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur
mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi.
Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom
mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari
rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va
islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada
ulug‘lanadi. Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom
mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa,
xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar
tasarrufidagi erlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo‘jaligi tarkib
topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Afshona qishlog‘ining
ekin erlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan
Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek,
amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan
keng qamishzor erlarni Hasan ibn Muxammad Tolut ismli mulkdor
arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining
jome’ masjidi vaqfiga qo‘shib beradi. Masjid va madrasalar
tasarrufida katta-katta er va mulklar to‘planishi hamda vaqf
xo‘jaligining tarkib topishi shu tariqa yuzaga keldi. Bu jarayon aynan
Buxorodan boshlandi.
Somoniylar tashqi va ichki dushman hurujlaridan mamlakatni
muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradilar. Xususan, Ismoil
Somoniy yaxshi kurollangan harbiy qo‘shinlar va maxsus muntazam
saroy soqchi navkarlar sho‘ratini tuzadi. Somoniylar davlatining
janubiy hududlari, xususan Hirot va Nishopurda qarmatlik harakati
keng yoyilib, harakatning mamlakat poytaxti Buxoroga ham tarqalish
xavfi bor edi. Uning namoyandalari Husayn Marvazi va Ahmad
Naxshabi qarmatlar mafkurasini somoniy hukmdorlariga va ularning
saroy ahllariga singdirishga harakat qildilar va ma’lum ma’noda
bunga erishdilar. Masalan, somoniylar yirik amaldori Abubakr Ash’as
shunday chaqiriqlar ta’siri ostida qarmatiylikni qabul qiladi. Somoniy
89
hukmdorplari iloji boricha ushbu harakatning Movarounnahrga,
jumladan, Buxoroga tarqalishining oldini olishga harakat qilishgan.
Masalan Nuh ushbu jarayonning oldini olish maqsadida qarmatlik
harakati namoyandalaridan biri Ahmad Naxshabiynig saroyga
chaqirtirib, qarmatlikning afzalligi masalasida musulmon faqihlari
bilan bahsga kirishishni taklif qiladi. Bo‘lib o‘tgan bahs-
munozaralarda Ahmad Naxshabiy mag‘lubiyatga uchraydi va Nuh
farmoni bilan Buxorodagi maydonga osib o‘ldiriladi. Xullas,
qarmatlik harakatiga chek qo‘yiladi.
Somoniylarning harbiy yurishlari, xukmron sulolaning ichki
nizolari, maxalliy hokimlar boshboshdoqlik harakatlarining borgan
sari avj olib borishi bilan uzluksiz davom etgan uzaro kurashlaridan
aholi bezor bo‘lgan edi. Bunday og‘ir siyosiy vaziyat oqibatida
mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‘ladi. U shunchalik og‘ir
kechardiki, xatto harbiylar, shu jumladan, amirning turkiy muntazam
soqchi navkarlariga ham maosh tulash uchun uzoq, vaqt mablag‘
topilmaydi. Bunday og‘ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan
2 marta soliq undirib olinadi. Bunday tartibsizlik, shubhasiz,
mamlakatda
vaziyatni
yanada
keskinlashtirib,
aholi
turli
tabaqalarining hokimiyatga qarshi ko‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi.
Siyosiy vaziyat, ayniqsa, Nuh ibn Nasr II (943-954) va uning nabirasi
Nux II ibn Mansur (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda
keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim ibn
Ahmad isyon ko‘taradi. U saroy turkiy muntazam navkarlari va
Chag‘oniyonning yirik zodagon dehqoni Abu Ali Chag‘oniy
yordamida Buxoro taxtini egallab oladi. Lekin juda qisqa muddat
hukmronlik qiladi. Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniy bosh
ko‘taradi. Nuh ibn Nasr qo‘zg‘olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-
yilda Abu Ali Chag‘oniyni avval Chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga
hokim qilib tayinlashga majbur bo‘ladi. 961-yilda Buxoro harbiy
lashkarlarining g‘alayoni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar amir saroyini
talaydilar va unga o‘t qo‘yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez
qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib
qolganidan, Arab xalifaligidan uzil-kesil ajralib, mustaqilligini tiklab
olgan Movarounnahrda tashkil topgan Somoniylar davlatining
inqirozga yuz tutganidan dalolat beradi.
Shunday qilib, IX-X asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda
Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar zamonining bu yirik
90
davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat
boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam soqchi armiya va kuchli
xarbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv
mahkamasini tashkil qildi. O‘rta asrning bu yirik davlati o‘zining
boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar
davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o‘rganishda
alohida ahamiyat kasb etadi
1
.
X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Qoshg‘arda yashagan
yag‘mo qabilalari kuchayib, avval o‘zlaridan shimoli-sharqroqda
yashovchi chigil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra
Ettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo‘ysundiradi va ulkan hududda
Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
992-yilda
Xasan
Bug‘raxon
boshliq
qoraxoniylar
Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida
Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qabilalar
ham qatnashadilar. Natijada Qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu
davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlari boshqaruvini o‘z
qo‘liga olgan turk hojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib,
deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk sardorlari mamlakatni
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.105.
91
dushmandan mudofaa qilish o‘rniga xoinlik yo‘lini tutib,
qoraxoniylarga yon bosadilar.
Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldidan somoniylarning
eng e’tiborli turk lashkarboshilaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy
amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘raxon bilan Somoniylar
davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi Turk
lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi
asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidagi Harjan yonida yana bir turk
hojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘raxonga qarshi jang qiladi.
Ammo Foyiq jang qizg‘in ketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi.
Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nuh ibn Mansur poytaxtni
tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Qoraxoniylar Buxoroni
qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘raxon Foyiqni
Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘raxon Buxoroda
uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark egib, o‘z vatani
Qoshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday
qulay sharoitdan foydalangan Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytib o‘z
taxtini egallaydi. Ammo ikki maxalliy turk sarkardasi Foyiq Balxda,
Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. O‘z
kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur G‘azna hukmdori Sobuqtakinni
yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnahrga
etib keladi va Nuh bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish
qiladi. Bir necha janglardan so‘ng Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-
mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami evaziga Nuh ibn Mansur
unga «Nosir ud-din va ud-davla», ya’ni «din va davlat homiysi»,
uning ug‘li Mahmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshiri» degan
unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy
o‘rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va
Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy hukmronligi
mustahkamlanib, G‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu
davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo‘lgan
erlarni egallaydi
1
.
996 yilda qoraxoniylar Movarounnahrga
yana hujum
boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam
berish uchun Sobuqtakin, CHag‘oniyon, G‘uzg‘on va Xuttalon
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.121.
92
hokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan
Keshga etib keladi. Nuhning ham o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini
talab qiladi. Bu somoniylar amirining hukmdorlik huquqlarini
mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh,
shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuktakinni
Buxoroga chakirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib
Buxoroni egallaydi. So‘ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib
boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq
Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtakin esa
Amudaryodan janubdagi erlar, shu jumladan, Xurosonga hukmdor
bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina
beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar Buxoroni bosib
oladi. Garchi somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni
qaytarib olishga uringan bo‘lsalar-da, ammo 999-yilda Buxoroning
Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi
barham topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |