5.1.Somoniy va Qoraxoniylar davri siyosiy hayotida
Buxoroning o‘rni
5.2.Ilm-fan, ta’lim va me’morchilik
5.1.Somoniy va Qoraxoniylar davri siyosiy hayotida
Buxoroning o‘rni
Xalifa Ma’mun davrida Somonxudotning nabiralari, ya’ni
somoniylar xonadoni vakillari Movarounnahrning ayrim shahar va
viloyatlariga noib qilib tayinlanadi. Samarqapndga Nuh, Farg‘onaga
Ahmad, Shoshga Yahyo, Hirotga Ilyos tayinlanib, ular xalifaga
noiblik maqomida bu viloyatlarni idora etishgan. Bulardan ayrimlari,
xususan Nuh, keyinchalik Ahmad Movarounnharni mustaqil
boshqarishga harakat qilishadi va hatto mis chaqalar zarb etishadi.
Ahmad vafotidan keyin 865-yil uning o‘g‘li Nasr Samarqand taxtiga
o‘tiradi va uni markazga aylantiradi. Nasrning maqsadi
Movapounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va Xurosondan
ajratib olish edi. Tohiriylar davlati barham topgandan so‘ng,
Movarounnahrni mustaqil idora qilish imkoniyati yanada kengaydi.
O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli uchun murakkab vaziyat
yuzaga keladi. Chunki 873- yil Xurosonda tashkil topgan Safforiylar
84
davlati Tohiriylarga barham berib, Buxoroni o‘z ta’siriga olishga
harakat qilayotgan edi. Lekin amalda buning uddasidan chiqa
olmaydi. Shunday vaziyatda Buxoro shahri zodagonlari mashhur faqih
Abu Xafs Kabirning farzandi Abu Abdulloh boshchiligida o‘zaro
maslahatlashib somoniylarga murojaat qiladilar va, Samarqandga Nasr
ibn Ahmad huzuriga elchi yuboradilar. Maqsad Buxoroni Nasr ibn
Ahmad ta’sir doirasiga kiritish va shaharga somoniylarning bir
vakilini hukmdor etib tayinlash edi.Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan
qabul qilib, ukasi Ismoilni 874 -yil Buxoroga noib qilib yuboradi. Shu
sanadan boshlab somoniylarning Buxoroga, keyinchalik butun
Movarounnahr va Xurosonga hukmronligi boshlanadi. Ayni shu
vaqtdan boshlab Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahrning
hukmdori deb hisoblay boshlaydi va somoniylar hukmronligi tarixida
birinchi bo‘lib kumush tanga zarb etadi. Shu bir holatning o‘zi uning
mustaqil hukmdor sifatidagi huquqini mustahkamlar edi. Chunki
kumush tangalar davlat mustaqilligining ramzi hisoblanib, shu vaqtga
qadar xalifalik tasarrufidagi viloyatlardan tohiriylargina bunday
darhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Nasr ibn Ahmad shunday
huquq va vakolatni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishiga qaramay,
ukasi, ya’ni Buxoro noibi Ismoil unga itoat qilishni istamaydi.
Noibligining dastlabki yillaridanoq Ismoil qator muammolarpga duch
keladi va ularni uddaburonlik bilan hal qiladi. Jumladan, akasi
Nasrning o‘ziga nisbatan ishonchsizligini engish, Buxoro atroflarida
izg‘ib yurgan qaroqchilar to‘dasini tugatish, Buxoro zodagonlari bilan
umumiy til topish kabi masalalar Ismoilning ziyraklik va aqlu farosat
bilan ish tutishi oqibatida o‘z echimini topadi. Masalan, Barkad va
Romitan orasidagi hududda talonchilik qilib yurgan to‘rt ming
qaroqchiga zarba berib, bu erlarda osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq
bo‘ladi.
Ismoil Buxoroni iloji boricha iqtisodiy mustaqil boshqarishga
va Samarqanddagi Nasr xazinasiga yuborilishi zarur bo‘lgan yillik
to‘lovlarni to‘xtatishga harakat qildi. Natijada aka-uka o‘rtasida
adovat paydo bo‘lib, u 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda
Ismoilning qo‘li baland kelib, Nasr mag‘lubiyatga uchraydi. Nasr
asirga olinib sulolaning nomigagina oliy hukmdori sifatida
Samarqandga yuboriladi. Nasr vafotidan oldin ukasi Ismoilni o‘zining
85
vorisi etib tayinlaydi va 892-yil, ya’ni Nasr vafotidan so‘ng Ismoil
butun Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi
1
.
Ismoil Somoniyning nomi qobiliyatli, zukko, serg‘ayrat davlat
arbobi sifatida tarixda qoldi. U Movarounnahrni birlashtirgach,
markazlashgan va har jihatdan qudratli davlat tuzishga intiladi. Shu
maqsadda dastlab 893-yil shimoldagi Taroz shahrini zabt etib,
dashtliklarga zarba beradi. Natijada dashtliklarning Movarounnahr
viloyatlariga uyushtirib turgan uzluksiz yurishlari birham topadi.
Shungacha Buxoro aholisi vohani o‘rab turgan 300 kilometrli
“Kampirak” devorini muntazam ravishda hashar yo‘li bilan ta’mirlash
ishlariga jalb qilinardi. Endilikda bunga ehtiyoj qolmadi, chunki
Ismoil Somoniy vohani mudofaa qilishni Narshaxiy ta’biri bilan
aytganda “Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men
bo‘laman”, degan ibora bilan o‘z zimmasiga oladi.
Movarounnaxr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda
Somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy
viloyatlardan muttasil undirilib olinadigan katta boyliklardan mahrum
bo‘lgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi
tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan
somoniylarni to‘qnashtirishga va bu yosh ikki davlatning har ikkisini
zaiflashtirib, boy viloyatlarda ma’lum darajada o‘z ta’sirini qayta
tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular o‘rtasida boshlanib ketgan
urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar
qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan
davlatini tan olishga, unga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur
bo‘ladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi
istibdodidan
abadiy
xalos bo‘ladi. Ismoil Somoniy butun
Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtiradi,
Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi va uni
o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan
zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asrlar davlati tashkil topadi. Bu
davlatni somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar - amirlar X asr
oxirlarigacha idora qiladilar.
Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor,
markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog‘liq edi.
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.99-100.
86
Buni yaxshigina anglagan somoniylar o‘z tasarrufidagi ulkan
mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma’muriyatini
tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar-markaziy hokimiyatdan
iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy
a’yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo‘lar edi.
Narshaxiyning ma’lumoti bo‘yicha, Somoniylar davlati asosan devoni
vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat, sohibi muayyid, mushrif,
mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan
10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni
bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma’muriy,
siyosiy va xo‘jalik tartiboti uning bevosita nazoragi ostida tutib
turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni
xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk - davlat hujjatlari va
elchilik aloqalari; sohibi shurat - soqchiboshi, ya’ni harbiy, xususan,
amirning muntazam turkiy saroy navkarlari, uning ta’minoti; sohibi
muayyid - maktubot va axborot, ya’ni pochta; mushrif - saroy
ishboshqaruvchisi; mumallikayi xos - davlat mulklari; muhtasib -
bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning
mafkurasi; qazo - adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf
xo‘jaliklari bilan shug‘ullanar edi.
Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon
maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib,
davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi
1
.
Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon
dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan
bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta
egallab olgan, Kur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi
biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo‘lgan savodli
aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o‘rta asrlarning o‘ziga xos
amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy an’analarga asoslangan bu
madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi.
Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan
doimiy aloqada bo‘lgan. Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta)
devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo‘lgan. Viloyat
devonlari, bir tomondan, mahalliy hakimga, ikkinchi tomondan esa
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.101.
87
markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo‘ysunar edilar. Viloyat
hokimlari ba’zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga
tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon
dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais-
shahar boshlig‘i hamda muxtasib - nazoratchisi bo‘lardi. Ularni
hokimning bevosita o‘zi mahalliy aslzodalar yoki ko‘pincha oliy
tabaqa
ruhoniylarning
nufuzli
vakillaridan
tayinlar
edi.
Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromad-
buromadi (byudjeti)ning deyarli yarmi sarf etilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |