4.2.Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari
Buxoro va uning atrofida 750 yilda abbosiylarga va Abu
Muslimga qarshi qo‘zg‘olon boshlangan. Qo‘zg‘olonga asli
arablardan bo‘lgan Sharik ibn Shayx al-Maxriy boshchilik qilgan.
Harakat abbosiylar va ummaviylar o‘rtasidagi kurash natijasi ham edi.
Narshaxiy ma’lumotlariga qaraganda, Sharikning tarafdorlari
ichida hatto Buxoro amiri Abduljabbor ibn Shayb va Xorazm amiri
Abdulmalik ibn Xuzayl kabi nufuzli kishilar ham bor edi, lekin bu ikki
amir qo‘zg‘olonga rahbarlik rolini o‘ynamagan.
Oradan ko‘p o‘tmay, 770-780-yillarda Movarounnahrda “oq
kiyimliklar” ko‘zg‘oloni deb nom olgan Muqanna boshchiligidagi
harakat keng yoyiladi. Harakatga Muqanna (Niqobdor) laqabi bilan
mashhur bo‘lgan marvlik hunarmand Hoshim ibn Hakim rahbarlik
qiladi. U Mazdak g‘oyalariga (ijtimoiy tenglikni, xususan er-zamin,
boylik-zar, hokimiyat-zo‘r, ayollar-zanni teng ravishda taksimlash)
asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni
targ‘ib etib, paygambarlikni da’vo qilgani va Xuroson noibining
xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun xalifa Mansur tomonidan
zindonga tashlangan edi. Zindondan qochib, 769-yil yana Marvga
qaytib keladi va atrofiga tarafdorlarini to‘plab, arablar zulmiga va
xukmronligiga
karshi
ko‘zg‘alishga
da’vat
qiladi
va
Movarounnahrning barcha viloyatlariga tashviqotchilarini yuboradi
2
.
1
Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.15.
2
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. 1 китоб. –Тошкент: LESSON PRESS,
2016. -Б.35.
78
“Oq kiyimlilar” harakati
Ushbu harakat tarixda “oq-kiyimlilar”qo‘zg‘oloni nomini bilan
mashhur. Samarkand, Kesh, Buxoro va Narshax shaharlari
qo‘zg‘olonchilar markaziga aylanadi.
Narshax qo‘rg‘oni (hozirgi Vobkent tumani markazi yaqinida)
qo‘zg‘olon markazlaridan biri bo‘ldi. Umuman, Buxoro shahri atrofi
harakatning eng yirik markazlaridan biri edi. Bu erda harakatni islom
dinidan qaytgan buxorxudot Buniyot ibn Tug‘shodaning o‘zi qo‘llab-
quvvatlardi. U arablar hokimiyatini juda yomon ko‘rgan va Buxoro
erini hamda uning mustaqilligini qayta tiklash uchun qo‘zg‘olonda
ishtirok etadi.
Muqannaning Buxoro shahri atrofida juda tez muvaffaqiyat
qozonishi buxoroliklarni juda tashvishga soladi. Shaharning
musulmon doiralari Muqannaga qarshi darhol qat’iy kurash olib
borish bilangina o‘zimizni qutqara olamiz, deb o‘ylaganlar, chunki
Buxoroning o‘zidayoq Muqannani qo‘llashga tayyor turgan guruhlar
ham bor edi. Bular ichida Muqannaning qizg‘in tarafdori bo‘lgan
Hakim ibn Ahmad degan kishini ko‘rsatib o‘tish lozim. Narshaxiy
79
uning uch yordamchisining ismini keltiradi. Ulardan ikkitasi -
Xashariy yoki Hishriy va Bohiy, aftidan, Buxoro atrofida joylashgan
Fuzaiy keshkidan chiqqan bo‘lib, Hakim ibn Ahmadda sarxang (ya’ni
kichikroq qo‘shin lashkarboshisi) bo‘lib xizmat qilishgan. Uchinchi
sarxangning nomi Girdak edi. U g‘ijduvonlik bo‘lgan. Ismlariga
qaraganda, ularning uchchovi ham so‘g‘dli bo‘lganlar. Chamasi ular
arab ismlaridan namoyishkorona voz kechib, o‘zlarini so‘g‘d ismlari
bilan
ataganlar.
Narshaxiy
ularning,
shubhasiz
qobiliyatli
bo‘lganliklarini inkor qilmaydi, lekin o‘zi Muqanna harakatining
dushmani bo‘lgani uchun ularni ayyorlar, deb ataydi.
Ular Narshax qo‘rg‘onini mustahkamlab, Buxoroga hujum
qiladilar. Bu vaqtda Buxoro amiri bo‘lgan Husayn ibn Maoz halifa
Maxdiy tomonidan maxsus yuborilgan Jabroil ibn Yahyoni yordamga
chaqirdi. Buxoro amiri buyrug‘i bilan musulmonlar 776-yil aprelida
katta qo‘shin bilan Narshax devorlari tagiga keldilar. Buxoro qozisi
Amir ibn Imronning taklifi bilan Muqanna tarafdorlarini xato yo‘ldan
voz kechib, islom diniga qaytishga undash uchun harakat qilib
ko‘rildi. Biroq oq kiyimlilar qattiq turdilar va sharmandalarcha taslim
bo‘lish to‘g‘risidagi taklifni eshitgilari ham kelmadi. Yana
to‘qnashuvlar boshlandi, to‘rt oycha davom etgan qattiq
to‘qnashuvlardan so‘ng Muqanna tarafdorlari engildilar va bu jangda
ular faqat o‘lganlar hisobidan 700 kishi yo‘qotdilar.
Ular sulh tuzishga majbur bo‘ldilar. Tuzilgan shartnomaga
muvofiq, qo‘zg‘olonchilar o‘z qishloqlariga tarqab ketishlari, qonuniy
amirlarga bo‘ysunishlari, yo‘llarda musulmonlarni talamasliklari,
musulmonlarning uylariga hujum qilmasliklari va qaytadan musulmon
bo‘lishlari kerak edi. G‘oliblar esa qo‘zg‘olonchilardan o‘ch
olmaslikka va’da berdilar. Shartnomaga Buxoro oqsuyaklari imzo
chekdilar. Biroq, musulmon askarlari Buxoroga qaytib kelishga
ulgurmaslaridanoq Muqanna tarafdorlari yana qo‘zg‘olon ko‘tardilar.
Buxoro atrofi yana qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi.
Xalifa Mahdiy kurashning borishidan tashvishga tushib,
Muqannaga qarshi Buxoro va uning atroflarida muvaffaqiyatli kurash
olib borish uchun Jabroil ibn Yaxyoga qo‘shimcha kuchlar yubordi.
Narshaxiyning yozishicha, Jabroil ibn Yaxyo qo‘shin bilan
Buxoroning shimoliy tomoniga kelgan va shaharning Samarqand
darvozasi yonida istehkom qurgan.
80
Keyingi ikki yil ichida ham Buxoro hukmronlari Muqanna
tarafdorlariga qarshi kurash olib borganlar. Arablar Muqannaga
Buxoroda zarba berishning bosh yo‘li sifatida ularning asosiy tayanch
markazi Narshax qal’asini qo‘lga olishga harakat qiladilar.
Chunki bu qal’a qo‘lga olinmas ekan, arablar Buxoro shahri va
uning atroflarini erkin boshqara olmas edilar. Bu o‘lkada o‘zlarining
xo‘jalik siyosatini yurgizishlariga hamisha to‘siq bor edi. Negaki,
Muqanna tarafdorlari ham dastlabki muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng
bekor o‘tirmadilar. Garchi hali yoz endi boshlangan va g‘alla hali
pishmagan bo‘lishiga qaramay, qo‘zg‘olonchilar g‘allani ko‘kligicha
o‘rib, Narshax qal’asiga tashib keltira boshlaydilar. Chunki bo‘lajak
qattiq kurashga tayyorlana boshlagan edilar.
Vaziyatning murakkablashib borayotganligini ko‘rgan Buxoro
amiri Narshax qal’asiga qat’iy hujum qilishni buyuradi. Jabroil ibn
Yaxyo qishloqni o‘rab turgan devorlar atrofida 50 gaz chamasi
nariroqdan zovur qazishni buyuradi va bu zovurda o‘z askarlarini
joylashtiradi. Jabroil ibn Yaxyo qishloqni bir necha muddat qamal
qiladi, lekin qamal muvaffaqiyatsiz chiqqach, qal’aning tagini
kovlamasdan uni olib bo‘lmasligiga ishonadi.
Arablar o‘z qarorgohlaridan Narshax devoriga qarab chuqur
zovur qaziydilar. Qazish ishlari tun qorong‘uligida olib boriladi.
Zovurning qazib bo‘lingan joylariga ustunlar o‘rnatilib, ustini qamish
va tuproq bilan yopadilar.
Yashirincha qazilgan bu zovur ham 50 gazga etgandan so‘ng
Jabroil ibn Yaxyo darvoza yaqinidagi asosiy minoralardan birining
tagiga ko‘p o‘tin qalashga va ustiga neft sochib o‘t qo‘yishni
buyuradi. Biroq o‘tin yonmaydi, chunki bu joyning usti yopiq
bo‘lganligi uchun havo kirmas edi. Shundan keyin tagiga zovur
qazilgan minora qarshisiga manjaniqlar, ya’ni katta toshotar
mashinalar keltirishga buyruq beriladi. Bu mashinalar ishga
tushirilgandan so‘ng minoraning kattagina joyi yoriladi. Zovur
o‘pirilib havo kira boshlaydi va qalab qo‘yilgan o‘tin yonib ketib o‘t
butun minoraga tarqaladi. Natijada Narshaxni o‘rab turgan devorning
bir qismi qulab tushadi. Shundan so‘nggina Jabroil ibn Yaxyoning
askarlari qal’aga kiradilar.
Arablar Narshax mudofaasining iste’dodli boshlig‘i bo‘lgan
Hakim ibn Ahmadni qo‘lga tushiradilar va Jabroil ibn Yaxyo o‘z
o‘g‘li Abbosga uni yashirin ravishda o‘ldirishni buyuradi. U shu tariqa
81
o‘ldiriladi. Jang qilganlar ichida Hakim ibn Ahmadning
yordamchilaridan biri - Bohiy ham halok bo‘ladi. Faqat Girdak qutulib
qoladi. U o‘zini ta’qib qilib kelayotgan kishilardan yashirinib,
Muqanna askarlari safiga qo‘shilish uchun Muqanna oldiga ketadi.
Xalifa qo‘shinlari Buxoroda g‘alaba qilganlaridan keyin
Sug‘dga yurish qiladilar. Nihoyat, arablar 783-yil Muqanna
joylashgan qal’ani egallaydilar. 806-810-yillarda butun Movarounnahr
amir Rafe’ ibn Lays qo‘liga o‘tdi. Uni Xuroson noibining og‘ir soliq
zulmidan va poraxo‘rligidan g‘azablangan so‘g‘diylar faol ko‘llab-
quvvatlashdi. 809-yilda xalifa Horun ar-Rashid unga qarshi katta
qo‘shin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Mudofaaga Rafe’ ibn
Laysning ukasi Bashir boshchilik qildi. Nihoyat shahar zabt etildi,
Bashir asir olinib, xalifaning buyrug‘iga ko‘ra qatl qilindi.
Abbosiylar halifalikning sharkiy erlariga, sharqiy viloyatdan
chiqqan axoliga Ummaviylarga nisbatan ko‘proq tayanishgan. Ammo
vaqt o‘tishi bilan, avvalo, muttasil bo‘lib turgan qo‘zg‘olonlar ta’sirida
ular hokimiyatga mahalliy, arab bo‘lmagan zodagonlar vakillarini ham
jalb etish zarurligini tushunib etdilar. Bunday zodagonlar vakillari
jumlasiga Hirot viloyatidagi Pushanga (Bushanja) shahridan chiqqan
Tohir ibn Husayn ham mansub edi. 811- 812-yillarda Tohir nbn
Husayn Axvazning isyonkor noibiga qarshi yurish qildi. Uch bosh
ko‘mondonning ikki nafari: Tohir va buxorxudot Abbos asli
Buxorodan chiqqan. Boshqa buxorxudot Muhammad ibn Ahmad
Babak qo‘zg‘olonini (816-837) bostirgan lashkarning yirik harbiy
boshliqlaridan biri edi
1
.
Tohiriylar sulolasining asoschisi Tohir ibn Husayn 874-yili
Xorazmdan chiqib, Buxoro voxasi tomon yo‘l oldi va besh kunlik
qamaldan keyin Buxoroni ko‘lga kiritdi. Uning qo‘shinlari tomonidan
qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketdi,
buxoroliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Husayini qochishga majbur qildilar.
Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur bo‘lgan Somoniy amir
Ismonl ibn Ahmad boshqara boshladi.
Arablar fathi Markaziy Osiyo, jumladan, Buxoro tarixida
muhim burilish davri bo‘ldi. Islom dini mintaqa hayotiga kirib keldi
va bu erda mustahkam ildiz otdi. Buxoroda musulmon davrini
islomgacha bo‘lgan davr bilan bog‘lovchi zanjir tanga zarb qilishdir.
1
Бухоро Шарқ дурдонаси / Муаллифлар жамоаси. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.36-37.
82
Arablar kelishi bilan buxorxudot tangalari namunasida kumush tanga
ishlab chiqarish davom etdi. Lekin ikkala davr tangalari o‘rtasidagi
farq shunda ediki, endi bu tangalar draxma emas, balki dirham deb
atalgan va ularda pahlaviy va so‘g‘d yozuvlari barobarida, odatda
qisqa (bir-ikki so‘z) arab yozuvlari bitilgan. IX-X asr ko‘lyozma
manbalarida shunday tangalarning uch turi: musayyabiy dirhamlari.
muhammadiy va g‘itrifiy turlari tavsiflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |