Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

№ Man
zil 
Ta’rif 
1. 
Tavois 
Bozorga yonma-yon masjidi jome, katta 
shahriston bo‘lib, qadimgi vaqtlarda kuz faslida u 
joyda o‘n kun bozor bo‘lgan. U bozorda shunday 
rasm bor ediki, boshqa bozorlarda sotilmay qolgan 
har qanday nuqsonli qullar, chorva mollari va 
boshqa aybli qoldiq narsalar bo‘lsa, hammasi bu 
bozorda sotilar edi. Ularni qaytarib berishning hech 
iloji bo‘lmagan, na sotuvchi va na oluvchining hech 
bir sharti qabul qilingan. Har yili o‘n kun bu 
bozorga Farg‘ona, CHoch va boshqa joylardan 
kelgan savdogarlar va turli hojatmandlardan o‘n 
mingdan ortiq kishi hozir bo‘lishar va ko‘p manfaat 
topib qaytar edilar. SHu sababli bu qishloqning 
aholisi boy kishilar edi va boyliklari dehqonchilik 
tufayli emas, savdogarchilikdan edi. Tavois 
Samarqandga boriladigan katta yo‘l ustida bo‘lgan, 
undan Buxorogacha etti farsang masofa yo‘l edi. 
2. 
Iskajkat 
Bu bir katta ko‘handiz bo‘lib, uning aholisi 
boy kishilar bo‘lgan, boyliklari dehqonchilikdan 
bo‘lmagan, chunki u qishloqning erlari xarob 
bo‘lib, yaxshi erlari ming juftga etmagan. Uning 
hamma aholisi savdogarchilik bilan shug‘ullangan. 
U joyda ko‘p bo‘z to‘qib chiqarilar edi. Har 
payshanba kuni u erda bozor bo‘gan.


68 

SHarg‘ 
 
Muhammad Narshaxiy ma’lumotiga ko‘ra, 
Iskajkat ro‘parasidadir, ikkovining orasida katta 
daryodan boshqa hech bir er yo‘q. Bu joy 
aholisining qadimda bir bozori bo‘lgan, har yili qish 
o‘rtasida o‘n kun davom etgan. Kishilar uzoq 
viloyatlardan kelib savdo qilishgan. Narshaxiy 
ma’lumotiga ko‘ra, u joydan ko‘proq shinni bilan 
tayyorlangan mag‘izli holva chiqar edi, yana u 
joydan ko‘proq chiqadigan narsa qintoriy va cho‘p 
(yog‘och)lar, tuzlangan baliq, yangi baliq, qo‘y va 
qorako‘l terilaridan tikilgan po‘stinlardan iborat edi. 
Bu erda ko‘p savdo bo‘lar edi. Ammo bugun 
bizning davrimizda har juma kuni bozor bo‘lib, 
shahar va qishloqlardan savdogarlar u joyga 
boradilar. U qishloqdan chiqadigan va bu kunlarda 
savdogarlar boshqa viloyatlarga olib boradigan 
narsa - mis va bo‘zdir. 
4. 
Zandana 
Bu qishloq katta qal’aga ega bo‘lib, bozor va 
masjidi 
jomega 
ega. 
Bu qishloq o‘zining 
“zandaniychi”si bilan mashhur bo‘lib, bu xildagi 
bo‘z Iroq, Fors, Kirmon, Hindiston va boshqa 
viloyatlarga ham xaridorgir bo‘lgan. Bu qishloqda 
har juma kuni bozor bo‘lib, namozdan keyin aholi 
bozor qilgan. 
5. 
Vardona 
Katta qishloq bo‘lib, kuhandizga, mustahkam 
hisorga ega edi. U qadim vaqtlardan podshohlarning 
turar-joylari bo‘lgan. U joyda har haftada bir kun 
bozor bo‘lib, savdogarlar ko‘p kelargan. U erdan 
chiqadigan narsa ham yaxshi xil “zandaniychi” 
bo‘lgan. 
6. 
Afshina 
Katta shahristonga va mustahkam hisorga 
ega bo‘lib uning atrofida bir qancha qishloqlar ham 
bo‘lgan. U erda har haftada bir kun bozor bo‘ladi.
7. 
Varaxsha 
Varaxshaning o‘rnida Rajfandun bo‘lib, u 
Buxoro shahridan qadimiyroqdir. Varaxshada har 
o‘n besh kunda bir kun bozor bo‘lgan. Yilning 
oxirida esa yigirma kun bozor qilinib, yigirma 
birinchi kun navro‘z - yangi yil bayrami 


69 
o‘tkazilgan.
8. 
Mox bozori 
Buxoroda bir bozor bor bo‘lganki, uni 
“Bozori Mox ro‘z” deganlar. U erda yiliga har gal 
bir kundan ikki marta bozor bo‘lgan va bozor 
bo‘lgan kuni ko‘proq butlar sotilgan. Bozor kuni 
ellik ming dirhamdan ortiq savdo bo‘lgan. 
Narshaxiy shunday deydi: “Bu bozor bizning 
vaqtlarda ham bor edi, men nega bunday odat rasm 
qilingan, deb juda ajablanar edim. Buxoroning 
keksalari va shayxlaridan: “buning sababi nima”, 
deb so‘radim. Ular: “Qadim vaqtlarda Buxoro 
aholisi butparast bo‘lganlar va bu bozor rasm 
bo‘lib, o‘sha davrlardan boshlab bu erda but 
sotganlar va bozor hozirda ham o‘sha qadimgidek 
qolib 
kelmoqda”,-deb 
javob 
berdilar. 
Nishopuriyning “Xazoin ul-ulum” kitobida bozor 
haqida shunday yoziladi: Buxoroda bir podshoh 
bo‘lib, uning nomi Mox edi. U ana shu bozorni 
qurishga buyurdi, uning farmoni bilan duradgorlar 
va naqqoshlar u yildan bu yilgacha but yo‘nib, 
belgilangan kunda shu bozorga keltirib sotishar va 
xalq uni sotib olar ekan. Har qachon u but yo‘qolsa 
yoki sinsa, yoki eskirsa, shu bozor kuni boshqasini 
sotib olar va eskisini tashlar ekanlar.
Mox masjidi o‘rnashgan erda katta ariq 
bo‘yida serdaraxt tekislik joy bo‘lgan, shu daraxtlar 
soyasida bozor bo‘lgan. Podshoh xalq but sotib 
olishga qiziqsin uchun, shu bozorga kelib hozirda 
Mox masjidi o‘rnashgan erda taxtda o‘tirgan, har 
kim o‘zi uchun but sotib olgan va uyiga olib 
ketishni 
kuzatgan. 
Bu 
joy 
otashparastlar 
ibodatxonasi ham bo‘lib, bozor kuni odamlar bu 
erga yig‘ilganlarida hammalari ibodatxonaga kirib 
olovga sig‘inganlar. Bu ibodatxona to islomgacha 
bor bo‘lib, musulmonlar kuchayib ketgach, mazkur 
ibodatxona o‘rniga masjid bino qildilar.


70 
Buxoro 
ilk 
o‘rta 
asrlarda 
vatanimiz 
shaharsozlik 
madaniyatining barcha jihatlarini o‘zida mujassam qilgan shahar 
sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish