Tayanch so‘z va iboralar:
ilk o‘rta asrlar, suv manbalari,
daryo o‘zani, tabiiy do‘nglik, ark, madaniy qatlam, hisor, darvoza,
bozor, shahriston, rabot.
Nazorat uchun savollar
1. Buxorodagi savdo toqlari haqida ma’lumot bering?
2. “Buxoro shahri va eski binolari” maqolasi haqida nimalarni
bilasiz?
3. Bozori Mox haqida ma’lumot bering?
4. Shahriston darvozalari haqida ma’lumot bering?
5. Arkning bunyod bo‘lishi haqida gapirib bering?
Test topshiriqlari
1. “Buxoro shahri va eski binolari” nomli maqolaning muallifi
kim?
a. Yahyo G‘ulomov
b. V.V. Bartold
s. V.A. Shishkin
d. M. Saidjonov
2. Shahriston darvozalari to‘g‘risida tadqiqot olib borgan rus
olimi kim?
a. I.I.Umnyakov
b. V.V. Bartold
s. V.A. Shishkin
b. L.A.Zimin
3. Bolohovuz masjidi kim tomonidan qurilgan?
a. Ubaydullaxonning onasi Sitorai Moxi-Xossa tarafidan
qurilgan
b. Abulfayzxonning onasi Sitorai Moxi-Xossa tarafidan
qurilgan
s. Abdullaxon
d. Amir Olimxon
4. Zandanichi matosi qaerda to‘qilgan?
a. Varaxshada
b. Poykentda
s. Zamonboboda
71
d. Zandanada
5. Buxoro hisorida nechta darvoza bor?
a. 2
b. 3
s.11
d. 7
4-MAVZU: ILK O‘RTA ASRLARDA BUXORO
4.1. Buxoro vohasi arablar istilosi arafasida
4.2. Arablarga qarshi qaratilgan xalq harakatlari
4.1. Buxoro vohasi arablar istilosi arafasida
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Buxoro vohasidagi
Boykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Buni
Narshaxiyning
Boykand
va
uning
ijtimoiy-siyosiy
mavqei
to‘g‘risidagi ma’lumotlari, qolaversa arxeologlar tomonidan uzoq
yillardan beri amalga oshirib kelinayotgan arxeologik izlanishlar
tasdiqlaydi.
Eftaliylar poytaxti Boykand o‘z davrining eng ko‘rkam, obod
shaharlaridan sanalgan. Bu erda hunarmandchilik, savdo-sotik,
qurilish ishlari ancha rivojlangan. SHaharning Buyuk ipak yo‘lida
joylashganligi unda mahalliy va xalqaro ahamiyatga molik savdo-
sotiqning rivojlanishiga keng imkon ochgan. Arxeologik tadqiqotlar
natijasida topilgan karvonsaroy, bozor va rasta qoldiqlari ushbu fikrni
tasdiqlaydi.
Vohaning muhim iqtisodiy, siyosiy va madapniy ahamiyatga
sazovor shaharlaridan yana biri - bu Buxoro shahri edi. Turk xoqonligi
davrida Buxoro muhim ahamiyat kasb etgan shaharlardan sanalgan.
Xoqonlikka qarshi qaratilgan xalq harakatlari orasida VI asrning 80-
yillarida Buxoro vohasida Abruy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon
alohida ajralib turadi. Bu harakat Buxoro vohasidagi jamoa erlarida
yashagan kadivarlarning yirik er egalariga qarshi isyon ko‘tarib,
ularning hovli-joylariga hujum qilish, erlarini tortib olish, o‘zlarini esa
quvgin qilish bilan xarakterlidir.
72
Buxoro vohasida ro‘y bergan xalq qo‘zg‘olonidan Turk
xoqonligining xonadonidan bo‘lmish Abruy ustamonlik bilan
foydalanishga harakat qilgan. Abruy Turk hoqoni Moxonning o‘g‘li
bo‘lib, otasining o‘limidan keyin boshqa shahzodalar qatori otasining
taxtiga
da’vogarlik
qiladi.
Ammo
taxt
uchun
kurashda
muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin, o‘ziga sadoqatli kishilar
bilan hoqonlik markazidan qochib, Buxoro vohasiga kelib qolgan edi.
Buxoro ahli Abruyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Narshaxiy
o‘zining “Buxoro tarixi” kitobida ushbu hodisa to‘g‘risida
quyidagilarni yozadi: “So‘ngra Buxoroda qolgan kishilar o‘zlarining
(qochib ketgan) sarkardalariga odam yuborib, Abruyning jabr-
zulmidan qutqarishni so‘radilar. SHunda sarkardalar va dehqonlar
turklar podshohining oldiga bordilar, u podshohning nomi Qarojurin
turk bo‘lib, ulug‘ligi sababli unga Biyog‘u deb laqab bergan edilar va
Biyog‘udan arz-dodlarini eshitishni iltimos qildilar. Biyog‘u Sheri
Kishvar nomli o‘z o‘g‘lini ko‘p lashkar bilan yubordi. Sheri Kishvar
Buxoroga kelgach, Baykandda Abruyni tutib band qildi. Uning
farmoni bilan bir katta qopni qovoq ariga to‘lg‘izib, Abruyni shu
qopga soldilar va u qop ichida o‘ldi. Sheri Kishvarga bu viloyat yoqib
qolib, otasiga xat yubordi va undan bu viloyatni talab qilib, Buxoroda
turishi uchun ruxsat berishini iltimos qildi. Biyog‘udan: «u viloyatni
senga bag‘ishladim», degan javob kelgach, Sheri Kishvar Hamuketga
odam yuborib, Buxorodan qochib ketgan kishilarni xotin va bola-
chaqalari bilan Buxoroga oldirib keldi va o‘sha vaqtdayoq yana:
«Ham u ketidan kelgan har bir kishi (amirning) yaqin kishilaridin
bo‘ladi» degan buyruq bo‘ldi. Buning sababi, kimki boy va katta
dehqon bo‘lgan bo‘lsa, Buxorodan qochib ketgan, kambag‘al va
bechoralar esa Buxoroda qolgan edilar. Qochib ketgan kishilar qaytib
kelgach, chorasiz (Buxoroda) qolgan (kambag‘al)lar ularga xizmatkor
bo‘ldilar.Buxoroga qaytib kelgan guruh orasida bir katta dehqon bor
edi, u qadimiy dehqonzoda va ko‘proq daromadli erlar uniki
bo‘lganligidan uni «Buxorxudot» der edilar va (Buxoroda
qolganlarning) ko‘plari uning kadivarlari va xizmatkorlari edilar.
Sheri Kishvar Buxoro shahristonini qurdi hamda Mamostin, Saqmatin,
Samtin va Farab qishloqlarini bino qildi. U yigirma yil podshoh bo‘lib
turdi. Undan keyin bo‘lgan boshqa podshoh Iskajkat, Sharg‘ va
73
Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Faraxshiy qishlog‘iga asos
soldi”
1
.
Arablar Buxoroda boshqargan hukmdorlarni o‘z tillariga
moslab “Buxorxudotlar”, «Buxor-xudo» (Buxoro hokimi) deb
ataganlar. Buxorxudotlarning hududi Buxoro viloyatining Buxoro,
Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari erlaridan
iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki
yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar.
715-yili
Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach,
buxorxudotlar Buxoroni bir yil davomida mustaqil idora kilganlar.
782-yil so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini
qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etiladi.
Buxorxudot Kono birinchi bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga
«Buxoro hokimi» degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar
(dirhamlar) chiqargan. Bunday tangalar arxeologik qazishmalar
vaqtida ko‘plab topilgan. Tarixchi G‘.G‘oibovning «Arablarning O‘rta
Osiyoga qilgan ilk yurishlari» nomli kitobida buxorxudotlar vakillari
quyidagi tartibda berilgan: Bidun (?-673), Xo‘tak xotun (673-692),
Tug‘shoda I (692-724), Tug‘shoda II (724-738), Qutayba ibn
Tug‘shoda (738-753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753-
768), Sukon (768-775), Bunyod (775-782).
Arablar tomonidan Buxoroni egallanishi quyidagi tartibda
amalga oshiriladi. Xalifa Muoviya tomonidan yuborilgan Ubaydulla
ibn Ziyod 674-yil Poykandni qamal qildi va shaharni egalladi.
Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykandda qurol-yarog‘, kiyim-
kechak, oltin, kumush va juda ko‘p asirlardan iborat katta o‘ljaga ega
bo‘ladi. Bu arablar tomonidan hududni egallashga qaratilgan birinchi
harbiy harakatlar edi.
Navbatdagi hujum 676-yil Said ibn Usmon tomonidan amalga
oshirilib, bunda Said ibn Usmon bilan Xotun o‘rtasida shiddatli
janglar bo‘lib o‘tadi. Sug‘d, Kesh va Nasaf hokimlari qo‘shinlarining
Xotunga ko‘makka kelishiga qaramay, jang arablar g‘alabasi bilan
yakunlandi. Natijada Xotun katta boj to‘laydi va 70 kishini garovga
berib, sulh tuzishga majbur bo‘ladi .Tarixchi Bilozuriyning so‘ziga
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ
машъалига илова, 1993. –Б.16-17.
74
qaraganda, Buxorodan garovga olib ketilgan kishilar qullarga
aylantirilgan va sun’iy sug‘orish ishlarida ishlatilgan
1
.
Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri qilib tayinlangach,
Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirdi va Toharistonni fath etdi. Qutayba
tomonidan Poykentning ishg‘ol qilinishini Narshaxiy shunday
tasvirlaydi: “U sakson sakkizinchi yili (12 dekabr 706-30 noyabr 707)
Jayhun daryosidan o‘tdi. Baykand aholisi bundan xabardor bo‘lib,
Baykandni juda mustahkam hisor bilan o‘radilar. Qadimgi vaqtlarda
Baykandni shohriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez
shahar», deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq janglar qildi;
musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay
zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bir guruh (askarlar) devor
tagidan minora va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan
chiqdilar, (so‘ng) devorni kovlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz
ham hisorga kela olmayotgan edilar, (endi) rahna orqali ichkari
kirdilar”
2
.
Qutayba 707-yil yana Buxoroga yurish boshlaydi va kadimiy
shahar Romtin (Romitan) ni egallaydi. Biroq bu erda yordamga kelgan
turkiylarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Romitandan nariga o‘ta
olmadi. Xalifa al-Xarroj Qutaybaga 708 yil maktub yo‘llab, Buxoroga
qaytishni va uni ishg‘ol qilishni amr qiladi. Biroq Qutayba bu ishning
uddasidan chiqa olmadi. Uning Tanzor ismli arab bo‘lmagan
ayg‘oqchisi bo‘lib, buxoroliklar uni sotib oladi. Tanzor Qutaybadan
bu erni tark etib, tashlab ketishini suraydi, ammo u fosh etilib
o‘ldiriladi. Narshaxiyning yozishicha, Qutayba Xunbunga qarab
jo‘naydi va ko‘p janglar kilib Xunbunni, Tarobni xamda ko‘pgina
mayda qishloqlarni oladi va Vardonaga ketadi. U erda Vardonxudot
nomli bir podshoh bor edi, u bilan ko‘p urushdi. Buxoro
qishloqlaridan Tarob, Xunbun va Romtin oralig‘ida ko‘p lashkar
to‘planib Qutaybani o‘rab oladilar. So‘g‘d podshohi Tarxun ko‘p
lashkar bilan Xunuk xudot ko‘p askari bilan, Vardonxudot o‘z askari
bilan keldilar. Xitoy podshohining jiyani Kurmagonunni ham yollagan
edilar, u 40 ming askari bilan yordamga keldi. Kutaybaning ishi
og‘irlashdi.
1
Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1991. –Б.18.
2
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ
машъалига илова, 1993. –Б.44-46.
75
Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng
kuchlisi bo‘lgan. Bir vazir Turkistondan kelgan edi va Vardonxudot
nomli bu vazirga butun Vardona erlari tegishli edi, deb yozadi
Narshaxiy. Boshka muarrix, ya’ni Tabariyning hikoya qilishicha, 708-
709-yillardagi jangda arab qo‘shinlari Vardonxudotdan engilgach,
Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan So‘g‘d
hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, birlashgan kuchlarni zaif qilib qo‘yish
yo‘li bilan g‘alaba qozongan. Narshaxiy buni quyidagicha bayon
etgan. Qutaybaning yaqinlaridan biri bo‘lgan Xayyoni Nabotiy Sug‘d
hokimi Tarxunning oldiga kelib, havo sovib bormoqda, bizlar issiq
vaqtida bu erda bo‘lamiz, sovuq tushishi bilan jo‘nab ketamiz. Turklar
esa sening erlaringni biz ketishimiz bilan egallab oladi, sen yaxshisi
Qutayba bilan sulh tuzgin. Turklarga esa Xuroson noibi Xajjojdan
Kesh va Naxshab yo‘li bilan arablarga ko‘p lashkar yordam kelayapti,
deb tushuntirasan deydi. So‘g‘d hokimi Tarxun ham bu gapga ishonib,
darhol borib Qutayba bilan sulh tuzib, ikki ming dirham yuborgan
1
.
Ubaydulloh ibn Ziyod va Sa’id ibn Usmon tomonidan Buxoroni
egallashga qaratilgan har bir harbiy harakat aholining keskin
qarshiligiga uchradi. Poykent aholisining mag‘lub bo‘lishiga Xitoy va
boshqa mamlakatlarda savdo qilib yuruvchi mahalliy savdogarlarning
shaharda bo‘lmagani va mudofaa kuchlarining ozligi sabab bo‘lgan
ekan. Ular qaytib kelishgach, o‘z xotin-qizlarini tovon to‘lash evaziga
arablardan qaytarib olishgan. Qutayba ibn Muslim Poykentni
egallagandan so‘ng aholi bilan sulh imzolab, shaharni boshqarishni
Varqo ibn Nasr Bohiliyga topshiradi.
Qutayba ibn Muslim Buxoroga to‘rt marotaba qo‘shin tortib
kelgan. Shaharni egallagandan so‘ng amalga oshirgan asosiy tadbiri
aholi o‘rtasida islom dini tarqatish va islomiy ruknlarga rioya etishni
joriy qilish edi. Shunga qaramasdan, aholi islom dinini yuzaki qabul
qilgan. Yangi dinini qabul qilgan ba’zi bir ikkilanuvchi odamlar eski
ma’budalariga hamon ibodat aylab, yashirin joylarda va erto‘lalarda
ularga sajda qilardilar. Shundan so‘ng, Qutayba arablar buxoroliklar
bilan birga yashab ularnint xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib
tursalar, ular zaruratdan musulmon bo‘ladilar, degan maqsadda
1
Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. –К.1. Тошкент: LESSON PRESS, 2016. –
Б.35.
76
Buxoro aholisiga o‘z uylarining yarmini arablarga berishga undab
buyruq chiqargan.
Narshaxiy o‘z kitobida Qutayba ibn Muslim Buxoroni olgach,
shahar aholisiga o‘z uylari va erlarining yarmini arablarga berishni
buyurganligini qayd etadi. Shuningdek, Buxoroda yashagan
kashkashon qavmi xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buxoroda bir
qavm bor ediki, uni kashkashon der erdilar; ular hurmatli, qadr-
qiymatli va e’tiborli odamlar bo‘lib, Buxoro aholisi o‘rtasida zo‘r
obro‘ga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmay, chetdan kelgan
kishilar bo‘lib, aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar. Qutayba
uylar va asbob-anjomlarni taqsim qilib berishga qistay bergach, ular
o‘z uy-joylari va asbob-anjomlarini butunlay arablarga qoldirib,
o‘zlari uchun shahar tashqarisida etti yuzta ko‘shk bino qildilar.
U vaqtlarda shaharning kattaligi (hozirgi) shahristonday kelar
edi. (Kashkashonlardan) har biri o‘z ko‘shkining atrofiga xizmatkorlar
va o‘ziga qarashli odamlar uchun uylar qurdi va har bir kishi o‘z
ko‘shkining oldiga bog‘ va tekis maydon barpo qildi va ular ana shu
ko‘shklarga ko‘chib keldilar”
1
.
Herman Vamberi ham arablarning Buxoroda joylashishi hamda
mahalliy aholi vakillarining islom dinini qabul qilishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni taqdim etadi. Jumladan, “......oxir oqibatda islom
mamlakati bo‘lgan Buxoro uchun ham boshqa hududlarda
qo‘llanilgan siyosiy tadbirlar kabi og‘ir edi. Lekin islomni tarqatish
yo‘lidagi ba’zi bir sirli usullarni mag‘rur buxoroliklar ham chuqur his
etdilar. Arablarga ma’lum bo‘lishicha, islom dinini qabul etgan ba’zi
bir ikkilanuvchi odamlar eski ma’budalariga hamon ibodat aylab,
yashirin joylarda va erto‘lalarda sajda qilardilar.
Shu sababli har bir buxorolik o‘z hovlisining yarmini arablarga
berishi amr qilindi. U arab uy egalariga islom shariatidan ta’lim berdi
hamda ularning islom odobiga rioya qilishlarini kuzatib turdi. Agarda
isyon etsalar, arab ma’murlariga chaqar edi. Yangi dinga kiruvchilar
uchun mukofot qilib pul beriladigan bo‘ldi. Juma kuni Qutayba
jome’siga namozga kelgan kishilar ikki dirham mukofot olardilar.
Registonda bino qilingan bu masjidda ham qiyom, ruku’, sajdalar
arkoni ibodatga, ya’ni imomga suyanib bajarilar edi. Ibodat duolari,
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ
машъалига илова, 1993. –Б.33-34.
77
Qur’on oyatlari arabcha, hatto forscha o‘qilar edi. Eski din tarafdorlari
o‘zlariga taklif etilgan dinga bir muncha davr qarshi turdilar. O‘sha
zamonga oid qusurli ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro musulmonlari
o‘n yillar mobaynida masjidga borganlarida yonlarida qurol olib
yurishgan. Erli xalqlarga esa, islomni qabul etgan bo‘lsalar-da, qurol
taqishga ruxsat berilmagan. Ikki orada tez-tez kelishmovchilik bo‘lib
turgan”
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |