fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish
mohiyati va qonuniyatlarini
o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san‘atning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san‘atning asosiy- uslubiy
metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi
fan sifatida o‘ziga xos bir qator fazilatlari bor. Estetika fani inson tevarak -
atrofidagi moddiy va ma‘naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson
faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini san‘atning
barcha turlari
vositasida chuqur o‘rganishga da‘vat etadi. San`at esa estetik boyliklarni yaratish
manbaidir. San‘atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida esa estetik
faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondashish uchun zamin
yaratiladi. Shu bois san‘at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish,
qonuniyatlarini o‘zlashtirish go‘zallik — nafosat (estetika)ning barcha sifat
darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. Bu jabhalarga san‘atning
umumiy nazariyasi (san‘atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti
va faoliyatining
mushtarak qonunlarini anglatuvchi), estetika fanining xususiy - uslubiy asoslariga
oid tadqiqotlar (mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul - uslublarining
o‘zaro munosabati masalalari), moddiy boyliklar yaratish estetikasi (mehnat qilish
jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va
mahsulida estetik jihatlar
masalalari), muhandislik - loyihachilik faoliyati va ilmiy - tadqiqot ishlari sohasida
estetik jihatlar, tabiat estetikasi (tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni
anglash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar), insoniy munosabatlar
estetikasi, kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish
maqsadga muvofiqdir. Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika
tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o‘quv kurslari darajasiga ko‘tarilgan. Estetika
fani esa bu maxsus o‘quv kurslarining uslubiy-metodologik asosini tashkil etadi.
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U eng
avvalo, falsafiy bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur
nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtiradi
jarayonlarini, o‘rganishda
xolislik, tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy
tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy samaralarga olib kelishi
mumkin.
Bilish nazariyasi vositasida san‘atning bilish tabiati,
voqelikni badiiy-
ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va
o‘zaro farazlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati,
san‘at asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p
nazariyhamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob izlab topish
mumkin.
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari —
ijtimoiy ongning nisbiy
mustaqilligi, ma‘naviy hayot xilma - xil shakllarining o‘zaro bir - biriga ta‘sir
o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong turli shakllari o‘rtasidagi
bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy ijod va
san‘at tabiati hamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi.
Ayni mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda
falsafaning ravnaq topib borishiga ham o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, bilish
nazariyasining Yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham
muhim o‘rin tutadi.
Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka
estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa,
ijtimoiy ong, uning nisbiy
mustaqilligi haqidagi fikr - mulohazalar ham ko‘p jihatdan san‘at bilan bog‘liqdir.
Estetika fani mazmunan sotsiologiya — keng ijtimoiy bilimlar doirasi bilan
aloqadordir. Estetika
Do'stlaringiz bilan baham: