6-mavzu. Pedagog faoliyatida estetika



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,66 Mb.
#611523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу 3 йиллик

Abu Nasr al-Forobiy 
(873 – 950) mashhur bo‘ldi. U Arastudan keyingi «Ikkinchi 
muallim» nomini oldi. 
1
Qarang: Sher A. Аxloqshunoslik, -Т.: ―Yangi asr avlodi‖, 2003, 42-b. 


Forobiyning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma‘lum ma‘noda 
aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. 
Shuning uchun uning asarlarida «go‘zal hatti-harakatlar», «go‘zal qilmishlar» 
degan iboralarni ko‘p uchratish mumkin. Go‘zallikka yetishishni u falsafa tufayli 
ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, har bir narsa-hodisaning go‘zalligi 
uning o‘z borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. 
Alloma faylasuf insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi – ichki va tashqi. U ichki 
go‘zallikni yuqori qo‘yadi va bu boyning boyligini bezab, kambag‘alning 
kambag‘alligini yashiradigan go‘zallikni «adab» deb ataydi. Bunday go‘zallik 
yuksak axloqiy hatti-harakatlar va insoniy komillikda o‘zini namoyon etadi. Tashqi 
go‘zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go‘zallikni har qanday bezanish, 
yasanishlardan yuqori qo‘yadi. 
Ikkinchi muallim san‘atning taqlidiylik xususiyatga egaligini ta‘kidlaydi. 
Ana shu taqlidiylik idrok etuvchida hissiyot va tasavvur uyg‘otadi. San‘atkor o‘z 
xayolot kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g‘oyalarni yakka qiyofalarda in‘ikos 
ettiradi. U nutqning turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, 
she’riy 
nutqni
– mutlaq yolg‘on, 
sofistik nutqni
– asosan yolg‘on, 
xitobiy nutqni
– bir xilda 
ham yolg‘on, ham rost, 
dialektik nutqni 
– asosan rost, 
isbotiy (apodiktik) nutqni
mutlaq rost deydi. She‘riy nutqning mutlaq yolg‘on deb atalishi kishiga dastlab 
erish tuyuladi. Lekin aslida Forobiy haq. Masalan, Oybekning mana bu ikki satrini 
olib ko‘raylik: 
Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi
Bir o‘lkaki, qishlarida shivirlar bahor...
2
Oddiy mantiq nuqtai nazaridan qarasak, haqiqatan ham Oybek yolg‘on 
gapirayapti: oltin – rangli metall, u hech qachon o‘simlikka o‘xshab gullamaydi, 
bahor esa odam emas, u – fasl, hech qachon shivirlab gapirmaydi. Forobiy bu 
o‘rinda san‘at asari oddiy mantiq ilmi qonun - qoidalariga bo‘ysunmaydigan o‘ziga 
xos mantiqqa, badiiy mantiqqa ega bo‘lishini ta‘kidlamoqda. «She‘r san‘ati» 
risolasida u yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deb yozadi: «... isbotda 
2
Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 8 tomlik, -Т.:1. ―Fan‖, 1975, 309-b. 


ilm, tortishuvda ikkilanish, xitobada ishontirish qancha ahamiyatli bo‘lsa, 
she‘riyatda ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo‘ladi»
2

«Shoirlarning she‘r yozish san‘ati qonunlari haqida» degan boshqa bir 
risolasida Forobiy san‘atkorning qobiliyati tug‘ma bo‘lishini alohida ta‘kidlab 
o‘tadi: «... shoirlar chindan tug‘ma qobiliyatli va she‘r bitishga tayyor tabiatli 
kishilar bo‘ladi...» Ayni paytda faylasuf birgina iste‘dod bilan yetuk shoir bo‘lish 
mumkin emasligini ham ta‘kidlab o‘tadi. Shu bois «shoirlarning she‘r ijod qilish 
borasidagi ahvoli kamolotga yetishgani va yetishmagani jihatidan turlicha bo‘ladi». 
Arastu izidan borib, muallimi soniy she‘riyatni tasviriy san‘at bilan 
qiyoslaydi va har ikkala san‘at turi ham mohiyatan bir xil asosga – taqlidga borib 
taqalishini aytadi: «...she‘r san‘atini bezaydigan narsalar – so‘z, mulohazalar 
bo‘lsa, rassomlar san‘atini bezaydigan narsa bo‘yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi 
o‘rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir 
maqsadga – taqlid qilishga yo‘nalgan bo‘ladi»
3

Forobiy ko‘p jildlik «Musiqa haqidagi katta kitob» asarida musiqiy bilimni 
ikkiga – ijro san‘ati bilan bog‘liq bo‘lgan musiqiy amaliyotga va musiqaning «sof 
o‘zini», ijrochilikka bog‘lanmagan holda o‘rganadigan nazariyaga ajratadi. 
Kitobda ohang tizimidagi uyg‘unlik, zarb singari hodisalar tahlil etiladi. Shu 
munosabat bilan u tovushlarni emas, balki tovushlar tasavvurini beruvchi 
raqqosalarning musiqiy g‘oyaga bo‘ysungan ohangiy harakatini anglatuvchi ritmik 
mimika – ohangiy harakat tushunchasini kiritadi. Shuningdek, kitobda Yaqin va 
O‘rta Sharqda ma‘lum bo‘lgan musiqiy asboblar, ularni ijro etish yo‘llari, usullari 
haqida, umuman, musiqa tarixi to‘g‘risida atroflicha ma‘lumot berilgan. 
Yana bir buyuk qomusiy olim, bobokalonimiz Ibn Sino (980 – 1037) 
Forobiy qarashlarini davom ettirib, musiqadan olinadigan lazzat musiqiy 
uyg‘unlikning makonda yoyilishidan, pardalarning navbatma-navbat kelishidan 
deb biladi. Musiqada gap tovushning o‘zida emasligini, balki uni qanday chiqarish 
muhim ekanini aytadi, ya‘ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning o‘zi 
2
Forobiy. Fozil odamlar shahri,- Т.: А.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. 113-b. 
3
Forobiy. Fozil odamlar shahri, -Т.: А.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 1993. 124-b. 


emas, balki uni paydo qilish usuli uyg‘otadi. Musiqaning kelib chiqishini esa inson 
nutqining boyligi bilan bog‘laydi: xushomad qilayotganda ovoz pasayadi, mag‘rur 
so‘zlayotganda qat‘iy jaranglaydi va h.k.z. Musiqa inson kayfiyatiga taqliddir, 
deydi Ibn Sino. Shuningdek, alloma go‘zallik borasida ham Forobiy izidan boradi. 
Uning fikriga ko‘ra, jismoniy go‘zallik bevosita qalb go‘zalligi bilan belgilanadi. 
«Ishq risolasi» asarida muhabbatning asosida go‘zallik yotishini «aslida muhabbat
go‘zallikni ma‘qullashdir», degan fikr bilan ifodalaydi
4

O‘rta asrlar estetikasida Ibn Sinoning «Fan ash-she‘r» («She‘r san‘ati») asari 
o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastuning «She‘riyat san‘ati» 
risolasini sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she‘rning keyinchalik 
mashhur bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «
She’r 
deb obrazli so‘zlardan 
iborat bo‘lgan ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda xijolar 
bir-biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir-biriga o‘xshash 
satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra, she‘r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil 
yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi lahn – uyg‘unlik, undan keyin kalom – so‘z 
keladi (bunda albatta majoziy (obrazli) so‘z nazarda tutiladi). Uchinchisi – vazn. 
Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she‘r paydo bo‘ladi. Yo‘qsa 
ko‘ngildagidek she‘r yaratish mumkin emas. 
Ibn Sino xaqiqiy she‘riyat bilan nazmiy tizmalarning farqi borasida fikr 
yuritar ekan, fizika haqida doston yozgan Empedokl o‘z kitobini vaznga solganini, 
lekin Empedokl bilan Homer asarlari o‘rtasida vazndan boshqa hech qanday 
umumiylik yo‘q ekanini ta‘kidlagan ustozi Arastu qarashlarini to‘la quvvatlaydi: 
«Empedoklning yozganlari, vaznning paydo bo‘lishiga qaramay, tabiiy gaplardan 
iborat bo‘lib qolgan xolos. Homerning vaznli gaplari esa she‘riy so‘zlar tusini 
olgan. Shuning uchun Empedoklning so‘zlari hech qachon she‘r bo‘lolmaydi», – 
deydi alloma
5

Shuningdek, Ibn Sino o‘z risolasida, Yunon she‘riyati bilan arab she‘riyatini 
solishtirib, she‘riyatning vazifasi haqida fikr yuritadi va bu boradagi Yunonlardagi 
4
Серебряковю Трактат Ибн Сины (Авиценна) о любвиi. Тбилиси. 1976.стр. 49. 
5
Ibn Sino.Salomon va Ibsol, -Т.: G‘.G‘ulom nomidagi аdabiyot va san‘at nashriyoti. 1980. 100-b. 


ba‘zi ustunliklarga ishora qiladi. Uning aytishicha, Yunonlar she‘riyatda fe‘l-
atvorga qarab taqlid ishlatishni ko‘zlaganlar. Arablar esa, ikki vajdan she‘r 
yozganlar. Bir tomondan, ular she‘r orqali odamlar ruhiga ta‘sir etmoqchi 
bo‘lganlar. Zero, she‘r idrok etuvchida hayajonli hissiyot, to‘lqinlanish uyg‘otishi 
shubhasizdir. She‘r yozishning ikkinchi sababi – odamlarni taajjubga solish 
bo‘lgan. Arablar har bir narsaga tashbeh ishlataverganlar, ular bu tashbehlari bilan 
odamlarni hayratga solishni maqsad qilib qo‘yganlar. Yunonlar esa she‘r vositasida 
odamlar fe‘l-atvoriga ta‘sir etishni, yo bo‘lmasa, she‘r orqali odamlarni o‘zlari 
ko‘zlagan hatti-harakatlaridan tiyishni mo‘ljallaganlar. 
Bunday nazariy fikrlarni Ibn Sino, eng avvalo, o‘z amaliyoti orqali 
tasdiqlaydi. Allomaning «Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon», «Yusuf 
qissasi», «Qush risolasi» singari nasrda yozilgan falsafiy-badiiy va majoziy asarlari 
bilan birga, bizgacha yetib kelgan she‘riy asarlari ham katta ahamiyatga molik. 
Ayni paytda alloma o‘zining o‘nga yaqin nazmda tizilgan ilmiy urjuza dostonlarini 
she‘riy asar deb bilgan emas. 
Ibn Sino she‘riyatida buyuk faylasuf va buyuk shoir bir tilda – she‘r tilida 
so‘zlaydi. Bu uyg‘unlik natijasi o‘laroq shunday durdonalar yaratildiki, ular 
an‘anaviylik kasb etib, keyinchalik Umar Xayyom va Mirzo Bedil singari 
Sharqning buyuk ruboiynavislariga namuna bo‘lib xizmat qildi, desak 
adashmaymiz. Shoirning mana bu ruboiysini she‘riyat chamanining eng go‘zal guli 
deyish mumkin: 
Dilda pinhon yig‘i, kulamiz guldek, 
Bir damgina hayot qilamiz guldek. 
O‘zimizni guldek o‘rtaga tashlab, 
Sochilmoqni baxt deb bilamiz guldek
6

Darhaqiqat, inson ham qanday g‘am-g‘ussa, fojealar oldida ham o‘z dardi 
bilan o‘zi o‘ralashib qoladigan mavjudot emas. U zamon va makon talabiga quloq 
tutib, shabnam qatralarini gulbarglari bag‘rida yashirib, olamga xandon boqqan 
guldek, ko‘z yoshlarini, yig‘isini pinhon tutgan holda kula oladi. Shoir vaqt 
6
Ibn Sino. Sherlar va tibbiy doston-Т.: 1988. 52-b. 


cheksizligi oldida o‘zining bir damlikkina umr egasi ekanini ham, insondagi o‘zini 
o‘ziga, o‘zgalarga va borliqqa ko‘rsatish uchun oliy mavjudotga xos intilishini ham 
sertashvish hayot ichida o‘sgan gul taqdiriga, go‘zallikka taqqoslaydi. Gul nima 
uchun o‘sadi? Borliqqa nafosat ruhini, xushbo‘y hidlarni bag‘ishlab, oxir-oqibatda 
to‘kilish uchun o‘sadi. Inson ham xuddi shu guldek o‘zini bu va u dunyoga 
bag‘ishlab, oxir-oqibatda zaminga sochilib, tuproqqa qo‘shilib ketishni baxt deb, 
xulqiy go‘zallik deb biladi
7

Mashshoiyyunlik nafosat falsafasining yana bir namoyandasi shoir va 
faylasuf 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish