6-mavzu. Pedagog faoliyatida estetika



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,66 Mb.
#611523
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу 3 йиллик



6-mavzu. Pedagog faoliyatida estetika 
―Estetika‖ fanining obekti va falsafiy mohiyati. ―Estetika‖ haqidagi qarashlar 
tarixi. Estetika kategoriyalarining an‘anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‗zallik va 
uning muqobillari. Ulug‗vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik 
(tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‗zaro 
aloqadorligi. Tabiatning estetik jihatlari. Maishiy turmush estetikasi. Zamonaviy 
shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Xalq amaliy san‘ati va 
dizayn. Estetik tarbiyaning turlari va yo‗nalishlari. Mehnat - turmush estetikasining 
muhim omili.
Reja: 
1. Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari 
2. Estetik qarashlar tarixi 
3. Estetikaning asosiy kategoriyalari 
4 San‘at ijtimoiy ong shakli sifatida. 
 
Tayanch iboralar: 
 
Estetika, estetika obyekti, nafosat, go‗zallik, san‘at, go‗zallik falsafasi, 
estetik munosabat, estetik hissiyot, estetik did, estetik ideal, dizayn, mehnat. 
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan Odamga 
yorug‘likni qorong‘ulikdan (kunni tundan), ranglarni (oqni qoradan) farqlay olish, 
mushohada etish, qo‘yingki, nafosat, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, olijanoblik 
olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik, pastkashlik 
kabi illatlarga qarshi kurash olib borish qobiliyati in‘om etilgan. Inson shu 
qobiliyati tufayli o‘zligini anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o‘ziga, 
o‘zi yashayotgan turmush muhitiga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik, nafosat 
dunyosini yaratishdagi mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor ahamiyatga 
molik bo‘lgan ma‘naviy boyliklarni vujudga keltirgan. Ularga hayrat bilan boqib, 
insonning aql - nafosat qudratiga tahsinlar aytamiz. 
Nafosat va go‘zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, rango-rang, jozibali, 
ehtirosli, mo‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma‘naviy go‘zallik 
uyg‘un holda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilish 
atrof - voqelikni anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy 


go‘zallik dunyosini bunyod etish jarayonida ma‘naviy go‘zalliklarni ham kashf eta 
borgan, ya‘ni nafosat olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada 
etish jarayoni bilan uyg‘unlikda sodir bo‘lgan. 
Nafosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni anglash, idrok etish, 
o‘zlashtirish maqsadi, ya‘ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish zaruriyati paydo 
bo‘ldi. Ayni mahalda bu zaruriyat nafosat (estetika) sohasidagi bilim va 
tajribalarni to‘plashga imkon yaratdi. Nafosat odamni o‘rganadi, tadqiq va tahlil 
etish zaruriyatini voqelikka aylantirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqot ishlari 
olib borish, uning mohiyatini odamlarga anglatish, o‘qitish kabi maxsus vazifalarni 
estetika fani va o‘quv darsi bajaradi. 
«Estetika» atamasi nunoncha «estezis», ya‘ni hissiyot, sezish, hayajon 
qo‘zg‘ash ma‘nolariga ega bo‘lgan so‘zdan olingan. Lekin bu so‘z tor mazmun 
doiradan allaqachonlar chiqib ketgan. Aslini olganda, estetika fani va o‘quv darsi falsafiy 
bilimlar majmuida o‘ziga xos, alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan, insonning 
atrof - muhit, voqelikka munosabatini, ikkinchi tomondan, go‘zallik va xunuklik 
qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidaga faoliyatini namoyon etadi. 
Estetika fanining bu ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab 
tizimga ega bo‘lib, uni soddalashtirib qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili 
vaziyatlarga olib keladi. Uning bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga 
bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika fani mohiyatini bo`zilishiga olib keladi. Masalan, 
atrof - voqelikni go‘zallik mezoni bilan baholashni bo‘rttirib yuborish estetikani faqat 
«go‘zallik falsafasi» qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, inson badiiy faoliyati sohasini esa 
faqat «san‘at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo‘ladi. 
Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanishi jarayonida uni 
bir qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya‘ni estetikani «estetik 
qadriyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san‘at nazariyasi» 
sohalariga ajratib o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. 


Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qadriyatlari munosabatlari 
tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va pastkashlik, 
foxishalik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faolligi 
sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok 
etish bilan estetik amaliyot o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha 
sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro bog‘liqlik mezonlari bilan o‘lchanadi. 
Estetika fani hech vaqt faqat atrof - voqelikni estetik va badiiy idrok etish 
qonuniyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini 
istiqbol maqsad - manfaatlariga yo‘naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga 
mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai nazaridan baholashda, 
badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga tatbiq etishda 
o‘z ifodasini topadi. 
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari 
uning ijtimoiy - ruhiy, mafkuraviy - g‘oyaviy, siyosiy - ma‘naviy intlishlari ham 
tobora tiniqlashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maqsad - manfaatlarini 
estetik - badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot 
asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy 
asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in‘ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. 
Shunday qilib, 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish