shakliga solish, «she‘r bilan aytishga ruhsat berilgan narsani Qur‘on vositasida
aytish mumkin emas», deydi
11
.
Shunday qilib, Imom G‘azzoliy qanchalik Qur‘onni yuksakka ko‘tarmasin,
ulug‘ligini qanchalik ta‘rif qilmasin, uni she‘riyat bilan solishtirar ekan, masalaga
bag‘oyat rasional tarzda yondashadi: ibodatga nisbatan san‘atning, qiroatga
nisbatan she‘riyatning oddiy insonga yaqinligini inkor etmaydi, balki tasdiqlaydi.
Bu o‘rinda, diqqat qilinsa, muridlarning jazavaga tushishi hamda xayolan Ollohga
yetishgan holatlari bilan tomoshabin yoki tinglovchining san‘at
asaridan
junbushiga kelishi va so‘ng qalbida ro‘y beradigan forig‘lanish (katarsis) holatlari
orasida ham o‘xshashlik, ham katta farq borligini anglab olish qiyin emas.
G‘azzoliy zohiriy va botiniy go‘zallik xususida fikr yuritar ekan, tug‘ma
estetik tuyg‘uning mavjudligi haqidagi g‘oyani go‘daklar va hayvonlarning ham
estetik tuyg‘uga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go‘zallikni idrok etish
tuyg‘usining tug‘maligi, tabiiyligi va uni estetik tarbiya vositasida anglab yetish
orqali his qilish borasida hozir ham bahsli qarashlarning mavjudligi G‘azzoliy
o‘rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.
G‘azzoliyning go‘zallik to‘g‘risidagi, xususan, go‘zallikka nisbatan beg‘araz
munosabat haqidagi nazariy fikrlaridan buyuk olmon
faylasufi Immanuil Kant
ijodiy foydalanadi. Chunonchi, Kant nafosat tuyg‘usini manfaatsiz, beg‘araz, faqat
predmetga sof muhabbat bilan munosabatda bo‘lish tufayli yuzaga kelgan tuyg‘u,
deb ataydi. Go‘zallikning nisbiyligi borasida ham Kant G‘azzoliy tutgan yo‘ldan
boradi. Hatto ba‘zida misollar bir xilligiga yo‘l qo‘yadi: ikkala faylasuf ham odam
va otni misol tariqasida keltiradi. G‘azzoliy fikrlarining rivojlangan shakllarini
Byork, Shefstberi, Xatcheson singari faylasuflarda ham uchratamiz.
Umuman olganda, Islom dinining san‘at bilan hamkorligi masalalari
allomalarning badiiy adabiyot, musiqa va boshqa san‘at turlariga doir risolalarida
hamda tazkiralarida o‘rtaga tashladi. Shunday qilib, Sharqning daho mutafakkirlari
– Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va Imom G‘azzoliy bir
tomondan,
11
G‘azaliAbuXamid. Voskresheniye nauk o vere. Моskva. Nauka. 1980.121b.
tasavvufni mohiyatan islomning axloq va nafosat falsafasi sifatida talqin qilsa,
ikkinchi tomondan, ularning estetik g‘oyalari hamda nazariyalari bilan jahon
nafosat falsafasining yangi pog‘onaga ko‘tarilishini boshlab berdi.
Yevropa Uyg‘onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish
munosabatlarining bevosita ta‘siri ostida rivojlana boshladi. Tarixiy taraqqiy
ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g‘oyalari keng tarqalib borgani sari,
tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san‘at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani
sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham shu qadar tez sur‘atlar bilan rivojlanib bordi.
Yevropa Uyg‘onish davri estetikasining
muhim xususiyati shuki, uning
mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va u badiiy
amaliyot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi.
Yevropa Uyg‘onish davrining buyuk ijodkorlari Leonar - do da-Vinchi, Rafael
Santi,
Mikelanjelo, Servantes, Shekspir va boshqalar estetik tafakkur
rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste‘dodli
muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida
voqeiy dunyoni bilishda san‘atning
ahamiyatiga, uning o‘ziga xos xususiyatlarini
e‘tibordan qochirmaslikka da‘vat etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: