“Sabotul ojizin” asaridan tabdil.
Bismillahir rohmanir rohiym
Sano lil xoliqi g’abrovu aflok,
Yaratdi qatrayedin gavhari pok.
Samovot uyini tutdi muallaq,
Jahona hukmini ko’rsatdi mutlaq.
Qilib g’abro madorin zimmai hut,
Bani Odamg’a andin qism etar qut.
Padid etdi jahon ichra favosil,
Qilur har fasl turluk nash’a hosil.
Ajab sun’u, ajab ahkomi taqdir,
Qilur bir qursdin olam ko’zin ser.
Iroda qilsa ul Hayyu tavono,
Qilur bir lahzada bilmasni dono.
Safiy tufrog’in etgach, jon ila jism,
Nechuk ki ayladi donoyi har ism.
Nechukki tutdi to’fon dashtu tog’i,
Va lekin bo’lmadi ho’l Nuh oyog’i.
Xalilulloh uchun yondirdilar nor,
Qadam qo’ymay o’shal o’t bo’ldi gulzor.
G’azab yel odilarni qildi nobud,
Edi ul yel nasiymi tobei Hud.
Baliq qornida bir sohib karomat,
Chila o’ltirdi-yu, chiqti salomat.
Xalos etsa birovni rabbul- aflok,
Qolur tog’ ostida andin chiqar pok.
Agar amr etsa kimni Foriqul farq,
Qilur g’arb ustidin bir lahzada sharq.
Agar har kimga bersa izzu imdod,
Kelur xizmatga jinnu Odamizod.
Do'stlaringiz bilan baham: |