Mavzu. Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi Reja



Download 32,74 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi32,74 Kb.
#415595
  1   2
Bog'liq
Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi


Mavzu. Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi




Reja:

  1. Ontologiya - borliq haqidagi ta’limot. Borliqning tuzilishi va shakllari.

  2. Antrapalogiya - inson falsafasi.

  3. Falsafada ong muammosi. ijtimoiy ong, uning mohiyati, ijtimoiy ongning asosiy shakllari.

  4. Falsafaning bilish nazariyasi. Ilmiy bilishning o‘ziga xos hususiyatlari.



Tayanch tushunchalar: borliq, materiya, xarakat, fazo va vaqt, substantsiya, real borliq, virtual borliq, bilish, xissiy bilish, mantiqiy bilish, gnostitsizm, agnostitsizm, sensualizm, ratsionalizm, skeptitsizm, empirizm,ijod, intuitsiya, ong, ruhiyat, ongsizlik, in’ikos.

1. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi -ontologiya deb ataladi.( bu tushunchani birinchi bo‘lib x.volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning anashu qismi o‘rganadi.


Ilmiy falsafa nuqtai – nazaridan borliq tushunchasi, insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudbo‘lgan ob’ektiv olamni ifodalash, aks ettirish uchun ishlatiladi.
Borliq – olam va harqanday turdagi mavjudlikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya. Ya’ni abstraktsiya (mavhum) bo‘lib mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni qamrab oluvchi o‘ta keng tushuncha.
Borliqning 4 shakli bir-biridan farqlanadi: tabiiy borliq, ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i.
Tabiiy borliqqa tabiat tabiiy yaratilgan borliq tushuniladi. ma’naviy borliqqa inson tomonidan yaratilgan qadriyatlar majmui-ya’ni madaniyat, til, ilm fan kabilar kiradi. Ijtimoiy borliq jamiyat hodisalarining barcha turlarini qamrab oladi. Inson borlig‘iga esa muayyan bir ijtimoiy guruh, tabaqa sinfga mansublik, o‘zligini anglay biladigan shaxslar kiradi. Borliqning atributlari, muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo‘ladi. Borliqning bir qancha atributlari mavjuddir. ular harakat, fazo vaqt, in’ikos va boshqalar.
Materiya-borliqdagi moddiy narsalar xodisalar va jarayonlarning umumiy hususiyatlarini ifodalovchi falsafiymavhum tushuncha. Materiya modda va maydon ko‘rinishiga ega. Atom va malekulalar materiyaning moddiy ko‘rinishi, elektramagnit maydon, yadro maydoni, gravitattsion maydon esa materiyaning maydon ko‘rinishlaridir. modda va maydon bir-biriga o‘tib turadi.
Harakat deb-olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. harakat rivojlanishda o‘z aksini topadi. rivojlanish progres tushunchasida ifodalanib quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab borishni anglatadi, regress esa uning aksi bo‘lib, orqaga qaytishni anglatadi. Harakatning beshta turi bor.
- mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi)
- fizik harakat (issiqlik, yorug‘lik, elektramagnit maydon siljishi)
- biologik harakat (organik hayotdagi o‘zgarishlar)
- ximiyaviy harakat (ximiyaviy birikish va parchalanish)
- ijtimoiy harakat (jamiyatdagi o‘zgarishlar)
Fazo vaqtning muay lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini aks ettiradi. ya’ni fazo narsalarning ko‘lamini, hajmini, o‘zaro joylashish tartibini ifodalaydi. Olamdagi, tabiatdagi barcha narsalar uzinligi, kengligi, bilan farqlanadi. ularning har-biri bir-birga nisbatan yaqin yoki uzoq, chap yoki o‘ngda joylashadi.bularning hammasi fazo tushunchasida ifodalanadi. Fazo so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan bo‘lib joy, ko‘lam degan ma’noni ifodalaydi.
Vaqt fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibining davomiyligini ifodalaydi. Xar bir narsa o‘z o‘tmishi, xoziri, kelgusiga ega. narsa hodisalarning ba’zi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq bo‘ladi. Bular esa vaqt tushunchasida ifodalanadi. Vaqtning muhim hususiyati uning bir o‘lchovliligida, qaytarilmasligidadir.
2. Falsafaning insonni o‘rganadigan bo‘limi antrapalogiya deb ataladi. Antrapologiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib antropos-odam, logos- ta’limot – odamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, odam irqlari haqidagi ta’limot. Ilmiy atama sifatida XIX asrda shakllangan.
Insonni anatomiya, fizialogiya, biologiya, genetika singari qator fanlar o‘rganadi. Lekin, odam boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq faqat tabiiy emas, balki tarixiy ijtimoiy mavjudot hamdir. uning ijtimoiy sifatlari bilan tarix, estetika, axloq, ruhshunoslik, iqtisod kabi fanlar shug‘ullanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan fanlar odamni turli tomondan o‘rganadi va turli sifatlarini aniqlaydi odam to‘g‘risida tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish, yaxlit nazariya yaratish vazifasini falsafa fani bajaradi.
Inson yaralishi muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o‘rganilgan: mifologik, diniy va ilmiy – falsafiy. Keyin gi davrlarda kosmologiya sohasida erishilgan ko‘plab ilmiy bilimlarga asoslanib ba’zi olimlar insoniyat kosmosdan kelgan bo‘lishi mumkin degan 4-chi farazni ham ilgari surishmoqda.
Xozirgi zamon fanida odam deb ataluvchi yagona biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan evolyutsion jarayondir,-degan fikr ilgari surilgan. Unda takidlanishicha odamning insonga aylanishida 3 ta omil sabab bo‘lgan:
a) mehnat
b) jamoa
v) til
Xar qanday biologik tur singari odam ham muayyan belgilar yig‘indisi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. bu belgilar odamning anotomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, yashash davri muddati, irsiy va irqiy belgilari va boshqalardan iborat. Bundan tashqari odamda til, ong, ahloq singari ijtimoiy belgilari ham mavjud. mana shu biologik va ijtimoiy xususiyatlar odamning biosotsial mavjudot ekanligini ifodalaydi.
Insonning biologik hususiyatlarini uning tug‘ulishi, nafas olishi, oziqlanishi, rivojlanishi nasl qoldirishi va bir kun hayotdan nobud bo‘lishi anglatsa,
Ijtimoiy hususiyatlariga odamlarning o‘zaro ijtimoy, iqtisodiy, ma’naviy, siysiy sohalardagi munosabatlari kiradi.
Odam – faqat turga mansublikni ifodalash bilan birga ijtimoiy jihatlarni ham inkor qilmaydi.
Inson – jamiyat tomonidan umum etirof etilgan qonun qoidalar , odob ahloq normalariga qattiq rioya qilgan holda yashash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Odamda biologik ehtiyojlarni qondirish oldingi o‘rinda tursa, insonda moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga intilib yashash ustivor sanaladi.
Individ – ma’lum bir turga mansublikni anglatadi.individ o‘ziga xos xislatlari bilan boshqalardan farqlanadigan, alohida olingan odam. Individuallik – individning o‘ziga xos xislatliri anglatadi. Bular: hatti-harakatlari, malakasi, odat va ko‘nikmalari, qobiliyat va talantida namayon bo‘ladi. Shaxs – o‘ziga xos ijtimoiy xislatlarga ega bo‘lgan, qobiliyatli, onglilik, mehnat va ijtimoiy siyosiy faolligi bilan jamiyatga ta’sir ko‘rsatadigan odam.
3. Insonning tevarak-atrofini qurshab turgan moddiy olam, borliq uning ongida aks etadi. Ong – yuksak darajada tashkillangan materiya inson miyasining mahsuli bo‘lib, uning hususiyati voqelikni aks ettirishdan iborat.
Inson miyasida voqelikni aks etish jarayoni murakkab xodisa bo‘lib, uning fizialogik asoslari I. Pavlov, Sochenov ta’limotlarida asoslab berilgan.
Odam miyasi va kishilarning asab tizimi sezgi azolari yordamida voqelikni aks ettirish hususiyatiga ega. Garchi ta’sirlanish, sezgi voqelikdan tirik tabiatga, xususan hayvonlarga ham xos bo‘lsada, biroq odamning sezgi a’zolari ta’sirlanishdan xosil bo‘ladigan in’ikos tubdan farq qiladi. m: Burgut Insonga nisbatan ancha uzoqni ko‘radi, biroq odam buyumlarda Burgutga nisbatan ko‘p narsani ko‘radi, ularni bir biridan ajratadi va bir butun xolda ko‘radi.
In’ikos – narsa va xodisalarning o‘zaro ta’sirlashivu asosida xosil bo‘ladigan xodisa, xolat, jarayon va o‘zgarishni ifodalaydigan tushuncha. In’ikos notirik (anorganik) va tirik (organik) tabiatda mavjud.
Notirik tabiatda in’ikos 3 xil holat bo‘ladi:
1 mexanik - masalan, qoshga qo‘yilgan qalam izi
2 fizik - masalan, jismlarning issiqdan kengayishi yoki torayishi
3 ximiyaviy – masalan, metallakrning korroziyaga uchrashi, yemirilishi.
Tirik tabiatda in’ikos 3 xolatda mavjud:
1 ta’sirlanish - o‘simliklarda mavjud
2 sezish – barcha tirik mavjudotlarda xos
3 psixik in’ikos – insoniyatga xos
Psixik in’ikos ham 2 turga bo‘linadi:

  1. asab sistemasiga ega bo‘lgan organizmlarda vaziyatga qarab shoshilinch tarzda o‘z – o‘zidan yo‘nalish belgilash.

  2. noaniq vaziyatda harakat yo‘nalishini belgilash uchun hayot tajribasi, faxm-farosati va bilimi kerak bo‘ladi.

Insonda individual va ijtimoiy ong mavjud. Individual ong bir inson, kishi, shaxsga tegishli ong bo‘ladi. ijtimoiy ong bir guruh insonlarga, ma’lum bir davrda yashovchi insonlarga, ma’lub bir ijtimoiy qatlamga, davlatga tegishli bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ong kundalik va nazariy ongga bo‘linadi.
Ijtimoiyning quyi darajasi odatiy (kundalik) ong, yuqori darajasi esa nazariy ongdir. Odatiy ong muayyan muayyan ijtimoiy muhitda o‘z-o‘zidan shakllanadi, nazariy ong esa o‘qish, o‘rganish, muayyan sohaning bilimdoni bo‘lishni taqazo etadi.
Ijtimoiy ongning tuzulishi (strukturasi) ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura tarzida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ruhiyat kishilarning kundalik hayoti davomida stixiyali tarzda (o‘z-o‘zidan) xosil bo‘ladigan his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, kechinmalar, xayollar, orzu-armonlar majmuidir.
Ijtimoiy mafkura ijtimoiy voqelik va kelajakni o‘zida in’ikos ettiradigan muayyan ijtimoiy maqsadlar, odamlar, sottsial guruhlar anglab olishlariga imkon tug‘diradigan fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar tizimi hamda muayyan g‘oyani xalq ommasi maslagiga aylantirish usullari.
Ijtimoiy ong shakllari o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega, ular quyidagi turlarga bo‘linadi.

  • axloqiy ong

  • xuquqiy ong

  • siyosiy ong

  • estetik ong

  • diniy ong

Odam hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, uning ongi paydo bo‘lishidagi yana bir muhim omil-bu o‘zi-o‘zi anglashdir.
O‘z-o‘zini anglash – inson o‘zini sub’ekt sifatida ajratib, o‘z bilimini o‘ziga qaratishi, o‘z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish yuritishi, faoliyat va ishlarini nazorat qila olishi hamda boshqarishi, o‘z-o‘ziga faoliyatiningborishi va natijasi haqida hisob berishi, xullas o‘zi bilishning sub’ekti ham ab’ekti bo‘lgan jarayon tushuniladi.
O‘z-o‘zini anglashning eng muhim ko‘rinishi bu ma’lum millatning o‘z-o‘zini anglashdir. Milliy o‘z-o‘zini anglash esa milliy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida milliy madaniyat va madaniy meros, milliy qadriyatlar bilin bog‘liq holda vujudga keladi.
3. Insonning o‘zini qurshab turgan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri – bilishdir. bilish deb – voqelik jarayonlarining inson ongida in’ikos etilishiga aytiladi.
Falsafaning bilishni o‘rganadigan bo‘limi – gnosealogiya deb ataladi. Gnosealogiya grekcha so‘z bo‘lib gnosez – bilish logos- ta’limot bilish to‘g‘risidagi ta’limot ma’nosini ifodalaydi. Bu tushunchani ilmiy muomalaga J. Ferer tomonidan kiritilgan. Falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, qarashlar ilgari surilgan.
Agnostitsizm – inson bilishiga shubxa bilan qarovchi falsafiy ta’limot. ular inson dunyoni bilishga qodir emas degan g‘oyani ilgari suradi. D. Yum, I. Kant.
Gnostitsizm – inson hamma narsani bilishga qodir deb biluvchi falsafiy ta’limot. Ular insondan, uning ongidan tashqarida dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizni bila olamiz, degan fikrlarni aytgan.
. Bilish muammosining falsafada qo‘yilishi:
Demokrit – olamni bilish va haqiqatga erishish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi.
Aristotel – tabiat bilish va xis qilish manbai. sezgi – ayrim narsalarni xis etadi., tafakkur narsalarning umumiy tomonlarini idrok etadi.
Abu Nasr Farobiy – inson barcha bilimlarni tashqi olamdan oladi, u idrok,sezgi, xotira, mantiqiy tafakkur orqali voqelikni biladi.
Frensiz Bekon – olamni bilish mumkin. bilish sezgidan boshlanadi. bilishning manbai – tajriba. Olim bilishning induktiv metodini ishlab chiqqan.
Rene Dekart – bilishning birdan bir manbai tafakkur. Olim bilishda ratsionalizm g‘oyasini ilgari surgan.
David Yum – inson real voqelikni bila olmaydi. u faqat o‘z sezgilarini bila oladi.
Immanuel Kant – u inson bilish mumkin bo‘lgan hodisalar olamini “narsa biz uchun” deya nomlaydi. “Narsa o‘zida”ni inson bila olmaydi deb hisoblaydi.
Avvalo bilishni ikki turga: xissiy va aqliy bilishga ajratish mumkin.
- hissiy bilishga (sezgi, idrok, tasavvur) kiradi.
- aqliy bilishga (tushuncha, hukm, xulosa) kiradi.
Sezgi – insonning beshta sezgi analizatorlari yordamida olamni anglashi, bilishi nazarda tutiladi.
Idrok sezgi vositalari yordamida olingan bilimlarni qayta sintez qilish jarayonida xosil bo‘ladi. ya’ni idrok – borliqdagi narsa va xodisalarni yaxlit xolda, bir butun ko‘rinishda, ularning xamma asosiy tashqi belgi va hususiyatlarini umumlashtirgan xolda in’ikos etishdir. Idrok predmet va xodisalarning bir butun yaxlit obrazidir.
Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazidir.
Bilishni oddiy (kundalik) va ilmiy (nazariy) bilishga ajratish mumkin.
Oddiy bilish kishilarning hayotida predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkuri orqali bilishdir.
Nazariybilish predmet va hodisalarning mohiyatini, qonuniyatlarini blishdir.
ilmiy bilish – predmet va xodisalarning qonuniyatlarini, uning mohiyatini bilishdar. Ilmiy bilish muayyan olim yoki tadqiqotchi tomonidan olib boriladigan izlanishlar asosida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy bilish olamni chuqur, atroflicha o‘rganishni talab qiladi. ilmiy bilish natijalari ilmiy bilimlarda, fan mazmunida o‘z ifodasini topadi.
Ilmiy bilish darajalari 2 ga bo‘linadi.
- empirik bilish metodi - kuzatish, tajriba, o‘lchash.
- nazariy bilish metodlariga - tarixiylik, mantiqiylik, modellashtirish.
Ilmiy bilish shakllariga:
- ilmiy dalil
- ilmiy muammo
- ilmiy tahmin
- ilmiy qonun
- ilmiy nazariya
- ilmiy kashfiyot
- ilmiy bashorat kiradi.



Download 32,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish