152
5. Адилов О Автотранспорт корхоналарида ҳаракат хавфсизлиги хизматини
такомиллаштириш. Тошкент. ―Наврўз‖. 2015- 122б
6.Прудовский Б.Д., Ухарский В.Б. Управление технической эксплутацией
автомобилей по нормативным показателям. М. ―Транспорт‖, 1990.- 145 стр.
VIATIMIN B1 VA B2 LARNING ODAM ORGANIZMIDAGI
ROLI VA AHAMIYATI.
Urunova M.A., Qoriyeva X.I - Samarqand davlat universiteti
(Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning nomi
tiamin grekcha «tion-oltingugurt» atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-
ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i
(kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim
ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun
tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi.
Organizmda bu vitamin bo‘lmasa
yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir
kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi,
qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi
kuzatiladi.
Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini
muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‗tadillashtiradi,
asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam
va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib,
pirouzum kislotasini
dekarboksillanish reaksiyasining mahsus biokatalizatori vazifasini bajaradi,
kuchli
zaharli
modda-pirouzum
kislotasini
yo‘qotib, asab tizimining
qo‘zg‘alishini me‘yor-lashtiradi. Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi
faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi,
xotiraning susayishi, undan tashqari
oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib
keladi. Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv
tolalarining yallig‘lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga,
suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari
tizimi funksiyalarining
buzilishi kuzatiladi. Vitamin B1 yiringli infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab
chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri qichishishi, krapivnicani davolashda
zarurdir. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‗p shug‗ullanuvchilar bu vitaminni
ko‗proq iste‘mol qilishi kerak. Soch ko‗p to‗kilishi
va oqarishi shu vitamin
yetishmasligidan dalolat beradi.
Vitamin B1 — dag‘al maydalangan undan tayyorlangan nonlar, yormalar
(grechka, suli, so‘k), no‘xat, fasol‘, soya, pivo drojjilari, jigar, mol go‘shtlarida
bo‘ladi.
Vitamin B2 (riboflavin) — hujayralar almashinuvi jarayonini va terining
yuza qatlamidvgi jarayonda muvozanatga
keltiruvchi vazifani bajaradi, undan
tashqari nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Riboflavin— o‘sish jarayonida
qatnashadi va o‘stiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar
almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, ko‘z
gavharidagi moddalar almashinuviga ta‘sir etadi, yorug‘likni sezish va rang
ajratishga yordam beradi.
Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo
bo‗ladi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin
153
yetishmasa og‘iz burchagi,
lab yoriladi, soch to‘kiladi, kon‘yunktivit va blefarit
kuzatiladi, shilliq qatlamlarning yallig‘lanishiga, sochlarning to‘kilishiga, bosh
aylanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vitaminning uzoq vaqt davomida
etishmovchiligida teri silliqlikni yo‘qotib, qari teri ko‘rinishini egallay boshlaydi.
Avitaminoz B2 da o‘sishningto‘xtashi, sochni tushishi, shillik qobiqlar (ayniqsa,
og‘iz burchaklari)ni zararlanishi, ishchanlik qobiliyatini pasayishi,
gemoglobin
sinteziningbuzilishi holatlari kuzatiladi. Bitamin B2 - sut va sut mahsulotlari,
baliq, tuxum, jigar, yormalar (grechka va suli yormalari) va nondir. B2
vitaminining bir sutkadagi talabi - 2-5 mg.ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: