Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


  EKOLOGIK TA‟LIM- TARBIYA KELAJAK AVLOD



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192
Bog'liq
IV qism

 


37 
EKOLOGIK TA‟LIM- TARBIYA KELAJAK AVLOD
SALOMATLIGI KAFOLATIDIR 
Usmonova L.M., Choriyeva M.A. 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining 
yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod mahalliy va ma'naviy ekologik inqiroz 
vaziyatlariga duch kelmoqda. Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy- 
nazariy, amaliy, ta‘limiy, madaniy va boshqa ahamiyatlari tobora ortib 
bormoqda. Atrof- muhit holatini to'g'ri baholash, zarur tadbirlarning o'z 
vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi 
bilan bevosita bog‘liqdir. 
Atrof- muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi-
monitoring ekologik vaziyatni o'rganish va baholash imkoniyatini beradi. 
Monitoring ko'chma laboratoriyalar, turg'un postlar va maxsus jihozlangan 
joylarda olib boriladi. Lekin monitoring tizimi biosfera va uning alohida 
hududlaridagi ekologik vaziyatni to‘g‘ri baholash uchun har doim ham 
yetarlicha imkoniyatga ega emas. Natijada atrof- muhit holati va mavjud 
ma'lumotlar o'rtasida farqlar bo'lishi muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda 
atrof- muhitdagi o‘zgarishlarni to‘g'ri va ishonarli baholash muammoli 
vazifadir. Bunday vaziyat O‘zbekiston Respublikasi uchun ham tegishlidir va 
atrof- muhit holatini ishonarli baholash uchun monitoring tizimini 
takomillashtirish lozimdir. Atrof- muhit holatini to‘g‘ri va ishonarli baholash 
kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan ekologik o‘zgarishlarni oldindan 
bashorat qilish imkonini beradi. Insoniyatning atrof- muhitga ta'siri ortgan 
hozirgi davrda ijtimoiy ekologik vaziyatning kelajakdagi o‘zgarishlari 
to'g'risida turli bashoratlar mavjud. 
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida kelajak ijtimoiy 
ekologik o‘zgarishlarni ko'p yil oldinga mo'ljallangan bashoratlarni ishlab 
chiqish alohida ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishning atrof- muhitga zararli 
ta‘sirini kamaytirishda ekologik nazorat muhim rol o‘ynaydi. Ekologik 
nazoratning xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlari, ayrim hududlarning ijtimoiy, 
iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha loyihalarni asoslash jarayonida ekologik 
ekspertiza va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. 
Ekologik ekspertiza hayot muhiti, insonning sog‘ligi va tabiiy resurslarga 
belgilangan meyorlardan ortiq darajada salbiy ta‘sirning oldini olish maqsadida 
loyihalash bosqichida o‘tkaziladi.
Tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish muhim 
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda tabiiy muhitning me‘yoridan ortiq 
ifloslanganligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun jarima va to‘lovlar 
joriy qilingan. Buning natijasida to‘plangan mablag‘lar turli ekologik tadbirlarga 
sarflanishi mumkin. O‘zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish 
jarayonida tabiatdan foydalanishning o‘ziga xos iqtisodiy mexanizmi 
shakllanmoqda. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining amaliyotga tadbiq 
etilishi ―Inson va tabiat‖ o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirishda 
muhim rol o‘ynaydi.


38 
Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik 
sharoitlarni yaxshilashda ekologik ta‘lim- tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Turli 
mamlakatdagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko‘p 
jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga 
bog‘liqdir. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta‘lim va tarbiya 
bog‘chadan oliy o‘quv yurlarigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga 
mehr- insonlarga oqibatdir.
Ekologik ta‘lim- tarbiya BMT, YUNESKO va YUNEPning diqqat 
markazidagi masaladir. Ekologik ta‘lim- tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, 
alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har bir soha 
mutaxassisi ekologik savodxon bo‘lishi va o‘z faoliyatida tabiatga zarar 
yetkazmasligi, ekologik ta‘lim- tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo‘shishi 
lozimdir. 
O‘zbekiston respublikasida ekologik ta‘lim va tarbiyani rivojlantirish 
sohasida ma‘lum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta‘lim-
tarbiyani amalga oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 
konsepsiyada ekologik ta‘lim- tarbiya masalalariga atroflicha e‘tibor qaratilgan. 
Hozirgi kunda maktabgacha ta‘lim muassasalarida, maktab, akademik litsey, 
kasb- hunar kollejlarida, oliy ta‘lim muassasalarida reja asosida ekologik ta‘lim- 
tarbiyaga asosiy urg‘u berilmoqda. Ammo ekologik ta‘lim- tarbiya jarayonidagi 
mas‘ullikni faqat ta‘lim muassasalari zimmasiga yuklatish ko‘p jihatdan 
qaraganda to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki farzand uchun ta‘lim- tarbiyaning 
dastlabki makoni oila hisoblanadi. Ta‘lim maskanlarida ekologik ta‘lim- tarbiya 
qanchalik chuqur va mazmundor qilib yetkazilishidan qat‘iy nazar oilada bu 
masalaga yuzaki qaralsa ko‘zlangan maqsad, ya‘ni mukammal ekologik ta‘lim- 
tarbiyali barkamol inson qiyofasini ko‘rishga erishib bo‘lmaydi. Natijada esa 
tabiat, atrof- muhitning meyoridan ortiqcha ifloslanishiga, insoniyat va hayvonot 
olamida, o‘simliklar dunyosida turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga, 
mavjudlarining ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
ekologik 
ta‘lim- tarbiyaning, ekologik 
madaniyatning to‘g‘ri va o‘z o‘rnida berilishi sog‘lom jamiyat, sog‘lom farzand, 
eng muhimi sog‘lom kelajak kafolati sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish