39
materik doirasida zona ba‘zi bir hollarda tabiiy geografik o‘lka hisoblanadi.
Quyida iqlimga oid ba`zi atamalar haqida ma`lumotlar keltiramiz.
Antisiklon
-(yunoncha anti-qarshi, siklon-aylanadigan) atmosferada bo‘lib
turadigan katta girdob. Bosim gradienti va Yerning aylanishidan yuzaga
keladigan havo oqimlari. Shimoliy yarim sharda soat strelkasi yo‘nalishida,
Janubiy yarim sharda esa unga qarama-qarshi harakatlanishidan paydo bo‘ladi.
Havo bosimi antisiklon markazida eng yuqori bo‘lib, chetlariga tomon pasayib
boradi. Antisiklon soatiga o‘rtacha 30km gacha tezlik bilan siljiydi.
Afrika materigining g‘arbiy chekka shimoliy va janubiy yarimsharlarda
Atlantika subtropik antisiklonlarining sharqiy chekkasi ta‘sirida bo‘lib, ular
uchun passat inversiyasi xarakterlidir.Bu inversiya Atlantika okeanining sovuq
oqimlari ta‘sirida ancha kuchayadi. Bu esa yog‘in yog‘ishi uchun noqulay sharoit
yaratadi.
O‘rta Osiyodagi antisiklonlar Yer yuzasining boshqa rayonlaridagiga
qaraganda tezroq; yozda soatiga 49km, qishda esa 60-65km siljiydi.O‘zbekiston
hududiga qishda Sibirdan ya‘ni yuqori bosimli o‘lkadan antisiklon vujudga kelib,
u atmosferaning pastki qatlami bilan shimol va shimoli-sharqiy kuchsiz shamol
sifatida kirib keladi.
Passatlar
-tropik kengliklarda yuqori bosim mintaqalardan (25-30
kengliklardan) ekvatorga tomon yil bo‘yi esib turadigan diomiy shamollar.
Passat sharqdan-g‘arbga tomon esadi. Lekin yer sharining aylanishi ta‘sirida
shimoliy yarim sharda shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga, janubiy yarim sharda
janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga buriladi.
Afrika materigiga shimoliy yarim sharning quruqlikdan esadigan passatlari
nisbiy namligi kam bo‘lgan kontinental havo olib keladi. Hind okeani tomonidan
esadigan janubiy yarim shar passatlari materikning shimoliy chekkasiga beqaror
sernam havo massalari keltiradi. Materikning ekvator atrofidagi qismlarida havo
massalarining bir yarim shardan ikkinchi yarim sharga ko‘chishi juda katta
ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda materikning sharqida boshqa yarim shardan
passatlarning o‘tib kelishi shu yarim shardagi yoz paytida ro‘y beradi. G‘arbda
esa bosim gradienti Janubiy Atlantika maksimumidan Afrikaning shimoliy
subkontinenti tomoniga doimiy yo‘nalgani uchun butun yil davomida janubiy
passat shimoliy yarim sharga o‘tib turadi.Shuning uchun 17
0
sh, kenglik bilan
20
0
j. kenglik orasidagi hududlarda har ikkala yarim sharda yoz paytida beqaror
sernam ekvatorial havo olib keladigan va seryomg‘ir davrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: