Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


TUPROQ VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192
Bog'liq
IV qism

TUPROQ VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH 
Umirov N.S. GulDU 
Ona tabiatni muxofazalash, uning resurslaridan, xomashyolaridan va 
imkoniyatlardan samarali hamda oqilona foydalanish xozirgi zamonning eng 
dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi. 
Xalqimizning is‘temol mollariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida er 
osti qazilma boyliklarini, konlarni qazib olish va suvlarni so‘rib olish, 
dehqonchilik qilinadigan erlarning ko‘paytirilishi tuproq eko-biologiyasi va 
fizik-kimyosiga sa‘lbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu salbiy ta‘sirni oldindan ko‘ra bilish, 
tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ularning salbiy oqibatlarini imkoni boricha 
kamaytirish, foydali tomonlarini oshirish choralari bugungi kunning muhim 
vazifalaridan biridir. Shu sababli Respublikamiz qishloq va suv xo‘jaligida tub 
isloxatlarni amalga oshirishni suv hamda er resurslaridan samarali va oqilona 
foydalanishni tashkil etish uchun fan yutuqlarini va ilg‘or ishlab chiqarish 
texnologiyalarini tadbiq etish eng zarur vazifalardan biri hisoblanadi. 


34 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hozirgi xolati sug‘oriladigan 
dehqonchilikda jadal texnologiyalarni qo‘llash, tuproq unumdorligini saqlash
tiklash va oshirish, suv resurslarini muhofaza qilishni talab etadi. Bizga 
ma‘lumki, sug‘orish er osti sizot suvlarining ko‘tarilishiga sharoit yaratib beradi, 
bu o‘z navbatida tuproqda ikkilamchi sho‘rlanishni yuzaga keltiradi va qishloq 
xo‘jalik ekinlari hosildorligini pasaytiradi. 
Bunga qarshi kurash va atrof muxitni ximoyalash tadbirlari ichida 
fitomelioratsiya o‘ziga xos axamiyatiga ega bo‘lishi bilan birga bioekologik 
tenglikni yuzaga keltiruvchi vosita xisoblanadi. Bundan tashqari sug‘orish 
tarmoqlarining foydali ish koeffitsentini oshiradi. Olib borilgan tadqiqot natijalari 
asosida shuni aytish mumkinki, tuproq sho‘rlanishini kamaytirish yoki 
sho‘rlanishning oldini olishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan kam xarjat usullaridan 
biri o‘simliklar, ya‘ni fitomeliorantlardan foydalanishdir. Bu o‘rinda shuni qayd 
etish lozimki, galofitlardan ayrimlarining sho‘rlangan tuproqlar sharoitida yuqori 
em-hashak, ozuqabop va dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan biomassani hosil 
qilish xususiyatiga egaligi uchun, ulardan tuproq sho‘rlanishining oldini olish va 
sizot suvlari sathini pasaytirishda foydalanish mumkin. Sho‘rga chidamli 
o‘simlik tur va navlarini tanlashda eng avvalo tuproqning sho‘rlanish darajasi va 
tiplarini bilish maqsadga muvofiqdir. Chunki sho‘rga chidamli bo‘lgan har bir 
o‘simlik turi har xil sho‘rlangan tuproq sharoitida o‘ziga xos xususiyatni 
namoyon etadi. Shuning uchun shunday xususiyatga ega bo‘lgan o‘simliklarni 
aniqlash va tanlash xamda ulardan foydalanish sho‘rlangan tuproqlarni qayta 
tiklash va unumdorligini oshirish imkonini beradi.
Tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurash asosan kallektor zovur tarmoqlaridan 
foydalanish orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Bu usul qulay bo‘lishi bilan bir 
qatorda, har yili tozalash, qayta tiklash kabi tadbirlarni amalga oshirishni talab 
etadi. Bu esa o‘z navbatida ma‘lum miqdorda mablag‘ni talab etadi. Shularni 
hisobga olgan holda, sizot suvlari sathini pasaytirishda biologik zovurlardan 
foydalanishni tavsiya etamiz. Biologik zovur sifatida o‘simliklaridan foydalanish 
mumkin. Bu orqali sizot suvlari sathi pasaytirilishi bilan bir qatorda, ekologik 
muhit yaxshilanadi, sarf-xarajatlar kamayadi, o‘simliklardan ozuqabop em-
xashak, dori-dormonlar uchun boshlang‘ich mahsulot va boshqa maqsadlarda 
foydalanish mumkin bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikning ham 
oshishiga olib keladi. 
Sho‘rlangan tuproq sharoitida o‘simliklardan foydalangan holda olib 
borilgan kuzatishlar natijalari hamda adabiyotlardan olingan ma‘lumotlar tuproq 
tarkibidagi tuzlarni kamaytirishda va tuproq unumdorligini yaxshilashda silliq 
shirinmiya (
Glycyrrhiza glabra
), akatsiya amplitseps (
Acacia ampliceps
), 
atripleks amnikola (
Atriplex amnicolaa
), atripleks undulata (
Atriplex undulata

o‘simliklarini har xil darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida o‘sish-rivojlanishi 
bilan birga tuproq sho‘rlanishini kamaytirishdagi xususiyatlari o‘rganilgan [1]. 
Galofitlar ekologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan o‘ziga xos o‘simliklar 
bo‘lib, ular har xil darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida yoki sho‘r suv bilan 
sug‘orilganda ham o‘sib rivojlanadi va mahsuldorligini saqlaydi. Galofitlarning 
bo‘yi baland bo‘lishi va er usti vegetativ organlarining keng shoxlanishi sizot 
suvlarining bug‘lanishini orttirib, tuproqning yuza qatlamidan bo‘ladigan 
bug‘lanishni esa kamaytiradi.


35 
Tuproq sho‘rlanishini kamaytirishning yana bir chorasi sug‘oriladigan 
erlarda sarflanadigan suv sarfini kamaytirishdir. Bu maqsadda sintetik polimerlar 
va polikomplekslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday polimerlardan 
biri 
choklangan 
kuchli 
bo‘kuvchan 
(10
2
-10

sm
3
/g) 
poliakrilamid 
gidrogellaridir.Poliakrilamid gidrogellari o‘zida suvni uzoq muddat saqlab turishi 
hisobiga o‘simlikning suvga bo‘lgan extiyojini qondiradi, shu sababli 
sarflanadigan suv sarfi tejalishga erishiladi, qolaversa poliakrilamid gidrogellari 
tuproq agrofizik xossalarini yaxshilaydi hamda tuproqda uzoq yillar 
saqlanmasdan bioparchalanishga uchrab ketadi. 
Yuqoridagilardan xlosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq sho‘rlanishini 
kamaytirish 
yoki 
sho‘rlanishning 
oldini 
olishda 
o‘simliklar, 
ya‘ni 
fitomeliorantlardan va polimer moddalardan keng foydalanish ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyat kasb etadi.

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish