YOSH AVLODGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHDA XALQ OG„ZAKI
IJODIDAN FOYDALANISH
Dilafro„z Jo„rayeva- Samarqand viloyat XTXQTMOI katta o„qituvchisi
Yurtboshimiz barcha asarlarida, ma‘ruzalarida, televideniye orqali
chiqishlarida bugungi kun yoshlarini milliy istiqlol g‗oyasi asosida komil inson
qilib tarbiyalashda tabiatni muhofaza qilishga, uni har tomonlama gullab-
yashnashiga intilish kayfiyatini shakllantirish lozimligini alohida ta‘kidlab
kelmoqdalar. Bu nafaqat O‗zbekiston yoshlari, balki umumjahon yoshlari
o‗rtasidagi muammoga aylanib borayotganligini alohida ta‘kidlash joiz. Shuning
uchun ham ekologik muammoni hal qilishga qaratilgan qator tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Masalan, O‗zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza qilish
to‗g‗risida‖gi qonuni, ―Davlat ta‘lim standarti‖ mazmunida ―Ekologiya‖ maxsus
fan sifatida kiritilganligini aytib o‗tishning o‗zi yetarli. Bu davlat hujjatlarida
inson salomatligini himoyalash, ekologik muvozanat buzilishiga yo‗l qo‗ymaslik,
tabiatda oqilona foydalanish hududdagi tabiiy resurslardan foydalanishning
ijtimoiy-iqtisodiy yo‗llarini ishlab chiqish, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va u
bilan aloqador bo‗lgan madaniy-tarixiy meroslarni asrab-avaylash hozirgi
kunning dolzarb vazifalari sifatida ko‗rsatib o‗tiladi. Albatta, bu vazifalarni
amalga oshirishda bolalarni ekologik jihatdan tarbiyalashning o‗ziga xos
xususiyatlari mavjud.
Ekologik tarbiya orqali bolalarga tug‗ilgan zaminga, ona vatanga muhabbat
tuyg‗usi shakllantiriladi. Buning uchun ekologik tarbiyaning bolalarga ta‘sirchan
vositalaridan oqilona foydalanish lozim.
Har qanday millatning urf-odatlari, qadriyatlari, an‘analari va udumlarida
ekologik bilim beruvchi omillar jamlangan bo‗ladi.
Xalq ijodiyoti, jumladan, xalq – maqollar, ertaklar va rivoyatlarning
bolalarga ekologik tarbiya berishdagi imkoniyatlari beqiyos. Xalq pedagogikasi
manbalari esa xalq turmushining barcha jabhalarini o‗zida aks ettira olganligi
bilan ulug‗vordir. Jumladan, bolalarga ekologik tushunchalar berishning o‗ziga
xos imkoniyatlari, shart-sharoitlari, vositalari, omillari mazmun-mohiyati,
ixchamliligi va ta‘sirchanligi bilan tarbiyaviy jarayonda katta e‘tiborga molik.
Shu o‗rinda alohida ta‘kidlash joizki, xalq og‗zaki ijodi muammolarning hal etish
yo‗llarining bevosita va bilvosita uslubda qo‗llanilishi uning tarbiyaviy va
ta‘limiy imkoniyatini oshirib. Bolalarga yanada tushunarli bo‗lishini ta‘minlaydi
hamda ta‘sirchanligini kuchaytiradi. Bu esa bolalarning aqliy rivojlanishini,
mehnat bilan muntazam shug‗ullanishini, odob-axloqli bo‗lishini ta‘minlaydi.
Masalan, mazkur muammoning yechimini O‗zbek xalq naql-maqollarining
bolalarda ekologik madaniyatni shakllantiruvchi tarbiya vositasi ekanligini aytib
o‗tish mumkin. O‗zbek xalq og‗zaki ijodi manbalarida mehnatni ulug‗lash,
tabiatni asrash-avaylash, vatanni sevish, o‗z salomatligiga e‘tiborli bo‗lish,
g‗amxo‗rlik, mehribonlik, insonparvarlik, ibolilik, pokizalik kabi sifatlar hamda
tabiat hodisalari va turmush tarsi haqidagi nasihatomuz ko‗p ma‘noli fikrlar o‗z
aksini topgan.
45
―Urug‗ sepmay ekin bo‗lmas‖ naqli ekinning urug‗dan unib chiqishi,
―sepmay‖ so‗zi ekin bo‗lishi uchun mehnat qilish, yerga ishlov berish, haydash,
sug‗orish kabi faoliyat turlari zarurligini alohida uqtirish bilan bolalarga, inson
yashamog‗I, yaxshi hayot kechirmog‗I uchun tabiatni muhofaza qilishga va
mehnatsevar bo‗lishga yoshlikdan odatlanib borishi muhimligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, juda ustalik bilan mehnatning inson hayotida tutgan o‗rni haqidagi
fikrlar ajoyib o‗xshatishlar bilan ifodalanib, ya‘ni mehnatsevar inson mevali
daraxtga qiyoslanadi: ―Daraxt mevasi bilam, odam mehnati bilan taniladi‖.
Daraxt novdasini ekkan, ko‗kartirgan inson haqida shunday ta‘riflar ham mavjud:
Bir yil tut ekkan odam,
Yolg‗iz toyni o‗rgatgan,
Yuz yil javohir teradi.
Seyis deb atalmas.
Yolg‗iz daraxt o‗stirgan,
Bog‗bon deb atalmas.
Maqolida mehnat qilish tabiat elementlari hodisalarining aytib tushuntirish
imkonini beruvchi toy, seyis, daraxt, bog‗bon kabi ekologik tushunchalar
keltirilgan. Mehnat mevasini terish – bog‗bon, seyis bo‗lish osonlikcha amalga
oshmasligi ta‘riflanadi.
O‗zbek xalq og‗zaki ijodi manbalari bugungi yoshlarni tabiatsevar insonlar
bo‗lib tarbiyalanishlarida juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega ekanligi bilan
ajralib turadi. Jumladan, ―Daraxtning tomirini qirqma‖ maqolida daraxt mehnat
bilan tiklangan, uni asrab-avaylash lozim, deb tushuntiriladi. ―To‗kin yer risqi,
ekin el rizqi‖ mazmunidagi maqolda esa yerni asrash, unga ekin ekish el
farovonligini, to‗q yashashini ta‘minlovchi rizq nasiba vositasi deb ulug‗lanishi,
albatta bugungi mustaqillik sharoitida mamlakatni iqtisodiy rivojlanish
tamoyillariga mosligini anglatadi.
Molning sut – qatig‗I mo‗l, go‗shtdor bo‗lishi uning oziq-ovqatga,
yaylovning o‗tli bo‗lishiga bog‗liq ekanligi, yaylovlarda jonivorlarning ko‗p
bo‗lishi hayotni obodonlashtiruvchi omil ekanligi, demak, qishloq xo‗jaligini
rivojlantirishga ishoradir:
Uyning ko‗rki sandiq,
Yaylovi o‗tli bo‗lsa,
Yaylov ko‗rki jonliq.
Sigiri sutli bo‗ladi.
O‗zbek xalq og‗zaki ijodi manbalarida tabiat haqida, uning go‗zalligi haqida
juda ko‗plab fikrlarni uchratish mumkin.
Har bir yil mavsumi tabiat hodisasi bo‗lib, ular o‗zlariga xos belgilari bilan
ajralib turadi. Har bir mavsum o‗z hayvonlari, qushlari dunyosiga ega. Bu tabiat
bilan hayvonot dunyosi orasida uzoq yillar davomida moslashganligini ayrim
maqollarda ham o‗z aksini topgan bo‗lib, bolalarga yil mavsumlari haqida
tushunchalar berishda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:
Qaldirg‗och – bahor nishoni.
Laylak keldi – yoz bo‗ldi.
Shunday qilib, xalqning ko‗p asrlik hayot tajribasidan xalq og‗zaki ijodidan
bolalarni ekologik ruhda tarbiyalashda oqilona foydalanish bolalarni Vatanni
sevishga o‗rgatadi, tabiatni ko‗z-qorachig‗idek asrashga, hayvonot, o‗simlik,
hasharotlar dunyosiga, befarq bol`maslikka, tabiat in‘omlariga - yerga, suvga,
havoga hurmat va ehtiromni shakllantiradi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |