Biriktiruvchi to‘qima.
Biriktiruvchi to‘qima organizmda bir qancha
funksiyalarni bajaradi:
1. Trofik funksiya - bunda biriktiruvchi to‘qima modda almashinishda ishtirok etib
hujayralarni oziqlanishini boshqaradi.
2. Plastik funksiya - regeneratsiya va turli jarohatlangan to‘qimalarni tiklanishini
ta’minlash.
3. Mexanik funksiya - biriktiruvchi to‘qima bir qancha organlarni stromasi yoki
skeletini hosil etadi, turli organlarning to‘qimalarini bir-biri bilan birlashtiradi,
fassiyalar va paylar hosil etadi va hokazo. Bundan tashqari biriktiruvchi to‘qima
qon ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadi.
32
Biriktiruvchi to‘qima hujayralar va hujayralararo moddadan tashkil topgan.
O‘z navbatida hujayralararo modda tarkibiga tolalar va asosiy modda kiradi.
Hujayralararo moddani biriktiruvchi to‘qimaning maxsus hujayralari ishlab
chiqaradi. Hujayralararo moddaning tolali komponentlariga kollagen, elastin va
retikulin tolalari kiradi. Fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan kollagen, elastik va
retikulin tolalari bir biridan farqlanadi. Kollagen tolalari kollagen oqsilidan tashkil
topgan. Tolalarning juda pishiqligi, kollagen strukturasidagi molekulyar
zanjirlarning uzun bo‘lgani bilan bogliq. Elastin tolalardan elastin oqsili ajratib
olingan. Bu tolalar pishiqligi jihatdan, lekin cho`ziluvchanlik va elastiklik
xususiyatlari kuchli darajada rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Kumush bilan
impregnatsiya qilinganda retikulin tolalarni ko`rish mumkin. Bu tolalar turli
yo`nalishlarda joylashgan va nozik to`r shaklida uchraydi. Asosiy modda yoki
amorf modda murakkab uglevodlar bilan oqsil molekulalarining birikmalaridan
tashkil topib, zol va gel holatlarida uchraydi. Asosiy modda tarkibini gialuron
kislotasi, geparin, glyukozaminoglikanlar, proteoglikanlar tashkil etadi. Qon
tomirlar, va hujayralar orasidagi bo‘shliqlarni to`ldirib turuvchi amorf modda zol
xolda bo‘ladi. Ma’lum darajali qattiqlikga ega bo‘lgan gel moddalari masalan,
tog’ay to‘qimada uchraydi. Lekin asosiy moddaning ikki holati xam, qon bilan
to‘qima orasidan turli moddalarni transportini ta’minlaydi. Biriktiruvchi
to‘qimaning hujayraviy tarkibini quyidagi hujayralar tashkil etadi:
differensiyalashmagan hujayralar, fibroblastlar, makrofaglar, semiz va yog‘
hujayralari, pigment, retikulyar, endotelial hujayralari va bundan tashqari qon
shaklli elementlardan leykotsitlar tashkil etadi. Biriktiruvchi to‘qima 3 turga
bo`linadi:
1. Xususiy biriktiruvchi to‘qima.
2. Tog`ay to‘qima.
3. Suyak to‘qima.
Xususiy biriktiruvchi to‘qima siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima va zich tolali
biriktiruvchi to‘qima turlariga bo`linadi. Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimaning
hujayralararo moddasida kollagen, elastin va retikulin tolalari turli yo`nalishda va
33
tarqoq holda joylashgan. To‘qima tarkibida quyidagi hujayralar uchraydi:
perisitlar, fibroblastlar, plazmotsitlar, yog’, semiz hujayralari, limfotsitlar,
makrofaglar va bazofillar uchraydi. Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima qon tomirlar,
asablarning yo‘llari bo`ylab uchraydi, muskullar yuzasini qoplaydi va turli ichki
a’zolarni stromasini tashkil etadi. Zich tolali biriktiruvchi to‘qima o`zining
tolalarini joylashuviga qarab zich shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimaga va zich
shakllangan biriktiruvchi to‘qimaga bo`linadi. Zich shakllanmagan biriktiruvchi
to‘qimada tolalari bir biri bilan zich tutashib, to`r shaklini hosil qiladi. Tolalar
orasida hujayraviy elementlar kam miqdorda bo‘ladi. Masalan, to‘qimaning bu
turi teri dermasida uchraydi. Zich shakllangan biriktiruvchi to‘qimada tolalar bir
biriga zich va ma’lum yo`nalishda joylashgan. Zich shakllangan biriktiruvchi
to‘qimadan paylar, boglamlar, fibroz membranalar tuzilgan. Tog‘ay to‘qimasi
biriktiruvchi to‘qimaning bir turi bo‘lib, tog`ay hujayralaridan va asosiy
moddadan tuzilgan. Tog‘ay hujayralaridan xondroblastlar va xondrotsitlar
uchraydi. Asosiy modda gel holda bo‘lib, uni tarkibida kollagen va elastin tolalar,
xondrin, xondromo‘qoid, xondroitinsulfat kislotasi aniqlanadi. Tog‘ay hujayralari
mahsus bo‘shliqlar ichida joylashgan. Tog‘ay to‘qimasining hujayralararo
moddasining tarkibiga ko`ra, 3 xil tog`ay farqlanadi: gialinli, elastik va kollagen-
tolali tog‘ay. Bo‘g‘im yuzalari, qovurg‘a, epifizar tog`aylar, hiqildoqning bir
qancha tog`aylari gialin tog`aydan tuzilgan. Bu tog`ayning hujayralararo
moddasida kollagen tolalari ko‘p miqdorda uchrab, tog`ayga ma’lum pishiqlikni
ifodalaydi. Elastik tog`ay sarig`ish rangda bo‘lib, tarkibida ko‘proq elastik tolalari
uchraydi. Elastik tog`aydan quloqning suprasi, hiqildoqning shoxsimon va
ponasimon tog`aylar, halqum usti tog`ayi tuzilgan. Kollagen-tolali tog`aydan
umurtqaaro disklar, bo‘g‘imlar ichida joylashgan meniskalar va diskalar tuzilgan.
Suyak to‘qimasi hujayroaro modda va suyak hujayralaridan tarkib topgan.
Hujayralararo modda tarkibida kollagen tolalar, organik moddalardan ossein,
anorganik moddalardan kalsiy va fosfor tuzlari uchraydi. Suyak hujayralari 3 xil
bo‘ladi: osteoblastlar, osteotsitlar, osteoklastlar.
34
A) Osteoblastlar-esh differensiatsiyalashmagan hujayralar bo‘lib, suyak ustki
pardasidasida uchraydi.
V) Osteotsitlar - yetilgan suyak hujayralari bo‘lib, hujayroaro modda ichidagi
bo‘shliqlarda joylashgan.
S) Osteoklastlar – lizis yoki eritib yuborish qobiliyatiga ega bo‘lgan suyak
hujayralari. Osteoklastlar tarkibida fermentlar bo‘lib, ohaklashgan tog`ay va
suyakni yemirishda aktiv ishtirok etadi.
Dag‘al tolali va plastinkasimon suyak to‘qimasi tafovut etiladi. Dag`al tolali
suyak to‘qimasi, mezenximadan rivojlanadi, odamda faqat embrional taraqqiyot
davrida uchraydi. Voyaga yetilgan organizmda kalla skeletining choklarida va
paylarni suyaklarga birikish joylarida uchraydi. Odam skeleti plastinkasimon
suyak to‘qimasidan tuzilgan. Plastinkasimon suyak to‘qimasining struktura va
funksional birligi osteondir. Osteon - bu Gavers kanali atrofida aylanma yoki
konsentrik ravishda joylashgan suyak plastinkalaridan iborat. Har bitta suyak
plastinkasi paralel xolda joylashgan kollagen tolalaridan va osteotsitlardan iborat.
Bir suyak plastinka tarkibidagi kollagen tolalari ikkinchi plastinkadagi kollagen
tolalarga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Gavers kanali naycha tipda tuzilgan
bo‘lib, markazidan qon tomiri va asab o‘tadi. Suyak plastinkalarning joylashuviga
ko`ra, plastinkasimon suyak to‘qimasi g`ovak va zich suyak to‘qimalariga
bo`linadi. G`ovak suyak to‘qimasida suyak plastinkalari bir biri bilan to`rsimon
shaklda tutashib, trabekulalar hosil qiladi. Trabekulalar oralig`ida kattakchalar yoki
yacheykalar joylashgan. Trabekulalarni yo`nalishi qisish va cho`zilish qiyshiqlarga
mos kelib, yoysimon shaklga ega bo‘lgan konstuksiyani yaratadi. Bunday tuzilish
suyakga yoki muskulning tortishuv kuchiga ta’sir etuvchi bosimni teng tarqalishiga
olib keladi. G`ovak suyak to‘qimasidan suyaklarning epifizlari tuzilgan. Kompakt
yoki zich suyak to‘qimasida osteonlar birin-ketin joylashib, tangachalardan
to`plangan ustunchalarga o`xshab joylashadi. Bunday tuzilish suyakni pishiq
bo`lishini ta’minlaydi. Zich suyak to‘qimasidan suyaklarning diafizlari tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |