29
Epiteliy to‘qimasi.
Epiteliy to‘qima tananing teri epidermisini, seroz
pardalarni, ichi kovak bo‘lgan a’zolarni ichki yuzalarini va ko‘pgina bezlarni hosil
qiladi. Epiteliy to‘qimasi quyidagi xususiyatlari bilan ta’riflanadi. Epiteliy chegara
to‘qima hisoblanadi, chunki epiteliy orqali organizm bilan tashqi muhit o`rtasida
modda almashinish protsessi sodir bo‘ladi. Epiteliy to‘qimasining tasnifi:
Epiteliy
Bir qatlamli ko‘p qatlamli
yassi yassi o‘tuvchi
kubsimon
silindrsimon
muguzlangan muguzlanmagan
Epiteliy to‘qimasi yassi qatlam bo‘lganligi uchun uni ostida joylashgan
tuzilmalarni turli zararli ta’sirotlardan himoyalaydi. Epiteliy to‘qimasi trofik
funksiyasini xam bajaradi. Masalan, ingichka ichaklarni shillik qavatini koplovchi
epiteliy orqali oziq-ovqat moddalar parchalanadi, so‘riladi va so`ng qonga va
limfaga o‘tadi. Epiteliy to‘qimasini hosil qiluvchi epitelial hujayralar doimo bir-
biriga yaqin joylashib, qatlamni hosil etadi. Epiteliy to‘qimasi doimo bazal
membrana ustida joylashib, epitelial hujayralarda qutblik xususiyatiga ega, ya’ni
turli epiteliy hujayralarda yuqorigi apikal qism va pastki bazal qismlar tafovut
qilinadi. Bundan tashqari epiteliy to‘qimasida xech qachon qon tomirlari
bo`lmaydi, to‘qimani oziqlanishi diffuziya yo‘li bilan ketib, bazal membrana ostida
joylashgan biriktiruvchi to‘qima tarkibida juda ko‘p miqdorda qon tomirlari bo‘lib
orqali
ro`y
beradi.
Nihoyatda,
epitelial
to‘qima
yuksak
darajada
regeneratsiyalanish (tiklanish) qobiliyatiga ega. Epiteliy to‘qimasi tuzilishi jihatdan
bir qavatli va ko‘p qavatli bo`lishi mumkin. Agar bazal membrana ustida bir xil
shaklga ega bo‘lgan barcha epitelial hujayralar joylashgan bo`lsa, bu bir qavatli bir
qatorli epiteliy. Masalan, bir qavatli yassi epiteliydan mezoteliy tuzilgan, bir
30
qavatli kubsimon epiteliydan buyrakdagi siydik yig`uv naychalar devorlari tashkil
topgan, bir qavatli silindrsimon epiteliy hujayralardan esa me’daning shilliq
pardasining yuzasi qoplangan. Bazal membranada yotuvchi hujayralarning shakli
har xil bo‘lganligi uchun, ularning yadrolari bazal membranaga nisbatan turli
balandlikda joylashadi. Bunday epiteliy turini bir qavatli ko‘p qatorli epiteliy
deyiladi. Masalan, kekirdakning, traxeya va bronxlar ichki yuzasi ko‘p qavatli
xilpillovchi epiteliydan iborat. Bunday epiteliyni faqat eng chuqur qavati bazal
membrana bilan kontaktda bo‘ladi. Ko‘p qavatli epiteliy 3 xil bo‘ladi:
1. Ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy - teri epidermisida uchraydi.
2.Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy - og’izning bo‘shlig‘ida,
qizilo`ngachning – shilliq pardasida, ko`zning shox pardasida uchraydi.
3.O‘zgaruvchan epiteliy - siydik yo‘llarida va siydik qopining epiteliysida
kuzatiladi.
Bezlar tarkibiga kiruvchi epiteliy maxsus sekretor funksiyani bajaradi.
Ma’lumki, bezlar ikki guruhga bo`linadi: ekzokrin va endokrin. Ekzokrin bezlarda
atsinuslardan tashkari chiqish naylari bo‘lib, ishlab chikarilgan modda sekret deb
nomlanadi va sekret ma’lum bir bo‘shliqga quyiladi. Endokrin bezlarda esa
chiqaruv naylari bo`lmaydi, ishlab chiqariladigan mahsulotlari gormonlar deyilib,
gormonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga o‘tadi. Demak, bezli a’zolarning hujayralari
o`zidan spetsifik moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega.
Ekzokrin bezlar
Bir hujayrali ko‘p hujayrali
oddiy murakkab
naysimon alveolyar naysimon alveolyar alveolyar-naysimon
31
Teri epidermisi
– ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliydan tashkil
topgan. Epiteliy hujayralarining shakliga qarab bir nechta qavatlar tafovut qilinadi.
Bazal membrana bilan tutashgan birinchi qavat silindrsimon hujayralardan iborat
bo‘lib - bazal qavat deyiladi. Bularni orasida tarkibida melanin pigmenti tutuvchi
melanotsitlar uchraydi. Bu qavat ustida 5-10 qatorni ko‘p qirrali hujayralar tashkil
etadi va bu qavat tikanli hujayralar qavati deyiladi. Uchinchi qavat 3-4 qatordan
tashkil topgan duksimon hujayralardan iborat. Ularning sitoplazmasida
keratogialin donachalari bo‘lganligi sababli donador qavat deb nomlanadi. Keyingi
qavatni tashkil etuvchi hujayralarning tarkibida eleidin moddasi bo‘lganligi
sababli, hujayralarning sitoplazmalari va yadrolari ko`rinmaydi. Shuning uchun
yaltiroa qavat deb nomlanadi. Nihoyatda ohirgi qavat muguz tanachalariga
aylangach, zich joylashgan yassi hujayralardan iborat. Bu muguz qatlamidir.
Ko‘zning shox pardasi muguzulanmaydigan yassi epiteliydan tuzilgan. Bu
epiteliyda 3 qavat farqlanadi: bazal qavat, tikanakli hujayralar qavati va yassi
hujayralar qavati. Ko‘p qavatli epiteliyni uchinchi turi bu – o`zgaruvchan epiteliy.
Bu epiteliy siydik ajratish sistemasi a’zolari uchun xos. Bu epiteliyni tashkil
etuvchi hujayralarni shaklini o`zgarib, organni funksional xolati bilan bogliq.
Masalan, siydik qopni devori juda cho`zilib ketganda, uni yuzasini qoplovchi
hujayralar yupqalashib yoki yassilashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |