23
kiritmalar hujayra sitoplazmasida doimiy bo`lmasdan, ba’zan ko‘payib yoki
kamayib, yoki butunlay hujayradan yo`qolib ketishi mumkin. Turli xil kiritmalar
farq qilinadi:
1. trofik kiritmalar
bo‘lib, ular oqsil moddalardan, yog‘, glikogen va
vitaminlardan iborat.
2. Ekskretor
kiritmalar
- bular katabolizm natijasida vujudga
kelgan va hujayradan chiqib ketadigan moddalar hisoblanadi.
3. Pigmentli
kiritmalar
- turli hujayralar tarkibida uchraydi. Masalan, eritrotsit tarkibidagi
gemoglobin, teri epidermis hujayralardagi melanin pigmenti, asab hujayralar
tarkibidagi - lipofussin.
4. Sekretor kiritmalar
- faqat turli sekret ishlab
chiqaradigan bezli hujayralarda uchraydi. Bu kiritmalar turli kimyoviy tarkibga ega
bo`lishi mumkin.
Sitozol -
sitoplazmaning organellalari bo`lmagan qismidir. Sitozol shu
vaqtgacha qadar ham yaxshi o`rganilgan emas va hujayra hayot faoliyatidagi roli
aniq biror fikr aytish qiyin.Sitozol tarkibida oqsillar, ba’zi fermentlar, jumladan
polisaxaridlarni parchalaydigan fermentlar topilgan. So`nggi
vaqtlarda sitozolda
oqsillar sintezi protsesslarida ishtirok etadigan past molekulali ribonuklein kislota
topilgan.
Hujayra yadrosi.
Bo`linish qobiliyatiga ega bo‘lgan, hujayralarda yadro
doimiy tarkibiy qismdir (ilova:3-rasm). Sitoplazmaning yadro doimiy tarkibiy
qismdir. Sitoplazmadan yadro yaxshi ifodalangan qobiq bilan chegaralanadi.
Yadro, odatda hujayra markazida bo‘lib, shakllari esa xilma-xildir. Ko‘pincha
yadro hujayra shaklini takrorlaydi. Masalan, yumaloq shaklga ega bo‘lgan
hujayralarda yadro shakli yumaloq, silliq muskul hujayralarda esa uzun duksimon,
ba’zan ayrim hujayra turlarining yadrosi tayoqsimon, loviyasimon yoki
segmentlangan bo`lishi mumkin. Yadrolarni minimal kattaligi 4 mikronga kelsa,
maksimal kattaligi 40 mikrongacha bo‘ladi.
Yadro qobig‘i
- tashqi va ichki membranalardan tashkil topgan. Ikkita
membrana orasida bo‘shliq joylashgan bo‘lib, qalinligi 160-260 nmk. teng. Har
bitta membrananing qalinligi 70-80 nmk. teng bo‘lib, tipik uch qavatli tuzilishga
ega. Yadro qobig`ida murakkab tuzilgan teshikchalar bor.
Ana shu teshikchalar
orqali turli moddalarning molekulalari va ularning zarrachalari yadrodan
24
sitoplazmaga va sitoplazmadan yadroga o`tish qobiliyatiga ega. Teshikchalarni
soniga qarab, yadroning funksional holatini aniqlash mumkin. Tashqi membrana
yuzasida ribosomalar joylashganligi sababli, yadro qobig`i oqsilning sintez
jarayonlarida qatnashadi.
Xromatin
– yadroning irsiy moddasi bo‘lib, mayda donador yoki donador-
tolali modda holida aniqlanadi. Ko‘pincha xromatin donachalari yadro qobig`i
ostida yoki yadrocha atrofida kondensatsiyalanadi. Xromatin moddasi yadro
bo`yoqlari bilan juda yaxshi bo`yaladi. Shu xususiyatga ko`ra donachalar moddasi
xromatin deb nom olgan. Radioavtografik metodlar
yordamida yadro xromatini
tarkibida DNK borligi aniqlanib, DNK hamisha oqsil bilan birikkan holda
uchraydi. Hujayra bo`linishi davrida xromatin xromosomalarga aylanadi.
Xromatinning spirallashishi va kondensatsiyalanishi natijasida xromosomalar
shakllanadi.
Xromosomalar -
ayniqsa mitozning metafaza davrda yaxshi ko`rinadi. Har
bitta xromosoma ikkita xromatidan iborat. Xromatidalar xromosomaning ma’lum
qismida sentromera yoki birlamchi tortma orqali birlashgan. O`z navbatida har
bitta xromatida DNK molekulasidan iborat. Hujayra bo`linayotganda,
xromosomani xromatidalari bir-biridan ajraladi va qutblarga qarab harakatlanadi
va keyin xromosomalarga aylanadi. Organizmlarning har bir turi uchun
xromosomalarning soni doimiy. somatik hujayralarda xromosomalar juft-jufti bilan
uchrab, jinsiy hujayralarga nisbatdan soni ikki xissa ortiq.
Jinsiy hujayralarda
xromosomalar toq sonda bo‘ladi. Jinsiy hujayralardagi xromosomalarning toq soni
- gaploid son deyilib “p” xarfi bilan ifodalanadi. Somatik hujayradagi
xromosomalarning juft soni diploid son deyiladi, “2p” xarfi bilan ifodalanadi. Bir
turga mansub bo‘lgan organizmlar hujayralarida xromosomalar muayyan shakllari,
hajmlari, sonlari bilan xarakterlanadi va kariotip deb nomlanadi.
Hujayra ichidagi xromosomalarni 2 guruhga bo`lish mumkin:
1. Autosomalar – somatik belgilarni ifodalovchi xromosomalar
2. Jinsiy xromosomalar - yoki geteroxromosomalar.
25
Masalan, odam kariotipi 46 xromosomadan iborat, undan 44 - (yoki 22ta jufti) -
autosomalar
bo`lsa,
23chi
jufti
esa
-
jinsiy
xromosomalar
yoki
geteroxromosomalar deyiladi. Geteroxromosomalar urg`ochi va erkak jinslarda
farqlanuvchi xromosomalar bo‘lib, erkaklarda bu juft XY, ayollarda esa - XX
shaklida bo‘ladi.
Yadro shirasi.
Yadro tarkibida xromatindan tashkari yadro shirrasi yoki
nukleoplazma xam mavjud. Yadro shirasi tarkibida fermentativ oqsillar, ko‘pincha
globulinlar borligi aniqlangan. Fibrillyar oqsillar
esa tayanch funksiyalarni
bajaradi.
Yadrocha -
yoki nukleola interfazali yadroning doimiy qismidir.
Yadrochaning kattaligi o`zgaruvchan bo‘lib, hujayraning funksional holatiga
bog’liq. Fizik xossalari jihatdan yadrocha yadrodan ancha zich moddadan
tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Kimyoviy tarkibi jihatdan esa yadrochada RNK
ning miqdori yuqori konsentratsiyada bo‘ladi. Bundan tashqari yadrochaning
asosiy massasini murakkab yadro oqsillari - nukleoproteidlar tashkil etadi va
ulardan yadroning fibrillyar qismi hosil bo‘ladi. Elektron mikroskopik
tekshirishlarga ko`ra yadrochaning asosini oqsilli fibrillyar modda va granulyar
substansiya hosil etadi. Granulyar zarrachalar diametri 200 nmk teng bo‘lib,
tarkibida RNK yuqori miqdorda bo‘ladi. Bu
zarrachalardan keyinchalik
preribosomalar hosil bo‘ladi. Demak, yadrocha ribosomalarni sintezlash joyi
hisoblanadi. Yadrocha moddasi bevosita nukleoplazmaga bevosita tegib turib,
hech qanday ajratuvchi qobiq bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: