Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Anatomiya fanining tekshirish usullari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Anatomiya fanining tekshirish usullari. 
Kesib ochish usuli
– qadimiy 
usullardan biri bo‘lib, birinchi marotaba Gerofil va Erazistrat tomonlaridan 
qo`llanilgan. Bu usulni Andre Vezaliy yuqori darajada rivojlantirgan. Kesib ochish 
usulining asosiy vositalari – bu pichoq, skalpel va arra bo`lishi mumkin. Kesib 
ochish usuli erdamida organlarni tuzilishini, joylashuvini o`rganib, ulardan 
preparatlar tayyorlash mumkin. 
 
Muzlangan murdalarni arralash usuli
- Bu usulni birinchi bor buyuk
xirurg va anatom N.I.Pirogov qo`llagan. Arralash usuli yordamida organizmning 
ma’lum sohasiga xos bo‘lgan a’zolar topografiyasini, bir-biriga nisbatan 
joylashuvini aniq o`rganish mumkin.
To`ldirish yoki in’eksiya usuli
– ichi bo`sh a’zolarni ichini maxsus rang 
beruvchi suyuq massalar bilan to`ldirish. Shu a’zoning to‘qimalari glitserin, metil 
spirti yordamida eritiladi. Bu usul yordamida qon aylanish va lifatik sistemalarni, 
o‘pkalarni, bronxial daraxtini shoxlanishini o`rganishda foydalaniladi. 


16 
Korroziya yoki yemirish usuli
– Bu usul ineksiya usuliga o`xshash bo‘lib, 
ichi bo`sh a’zolar tez qotadigan moddalar bilan to`ldiriladi. Bir oz vaqt o`tgach
a’zo ichidagi modda qotib qoladi, so`ngra uni turli kislota yoki ishqorlar 
suyuqligiga solinsa, a’zo to‘qimalari yemiriladi va bo‘shlig‘iga yuborilgan modda 
esa a’zolar shaklini saqlab koladi. Qotib qoluvchi moddalar sifatida parafin, 
plastmassa yoki suyuq metallar bo`lishi mumkin.
Gistologik usuli
– yorug`lik va 
elektron mikroskoplar ostida to‘qima va hujayralarni nozik tuzilishini o`rganish. 
Murdalardan olingan a’zo va to‘qimalarni bo‘lakchalariga autopsiya deyiladi. 
A’zolardan olingan bo‘lakchalar maxsus suyuqliklarda – 12% formalinda, 70 
spirtda, FSU – bu formalin, spirt va sirka kislotasining eritmasida va boshqa 
tarkibli eritmalarda fiksatsiyalanadi. Bunda to‘qima va hujayralarning hayotiy 
strukturasi saqlanib qoladi. So`ngra tekshirilayotgan materialni ravshanlashtirish 
maqsadida konsentratsiyasi oshib borayotgan spirtlardan o`tkaziladi. Keyingi 
bosqichda a’zolarning nozik strukturasi mahsus bo`yoqlar bilan bo`yaladi, 
mikropreparat tayyorlanadi va mikroskop ostida tekshiriladi. 
Rentgenologik usuli
va uning turlari (rentgenoskopiya, rentgenografiya). 
Birinchi 
marotaba 
P.F.Lesgaft 
tomonidan 
anatomiyada 
qo`llanilgan. 
Rentgenologik usuli yordamida tirik organizmda a’zolarni tuzilishini, joylashuvini 
turli funksional holatlarda, yoshga qarab o`zgarishlarni o`rganishda keng 
foydalaniladi.
Antropometrik usuli
– odam tanasining jismoniy taraqqiyot darajasini 
aniqlash maqsadida, inson gavdasining shakli murakkab tuzilganligi sababli uning 
o`lchovlarini aniqlashda qo`llaniladi. O`lchashning 2 usuli farqlanadi – total va 
parsial o`lchovlarni aniqlash. Total o`lchovlariga – tananing massasi, uzunligi va 
ko‘krak qafasining aylanmasini o`lchovlari kiradi. Parsial o`lchovlariga – 
tananing tashkil etuvchi ayrim qism yoki zvenolarni bo`yiga, ko`ndalangiga va 
aylanma ko`rsatkichlarini aniqlashi kiradi. Bu o`lchovlar asosida tanani 
proporsiyalarini, tana massasini belgilovchi tuzimlarini miqdorini aniqlash 
imkoniyati yaratiladi. Tana massasi tarkibini yog`, muskul, suyak komponentlari 


17 
tashkil etadi. Komponentlarning miqdoriy ko`rsatkichlari asosida tana somatotipi 
aniqlanadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish