Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
1-Bob. Fiziologiya fanini o’rganishni zamonaviy usullari va vazifalari,
tibbiyot va farmatsevtikadagi ahamiyati.
Odam anatomiyasi
- odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning 
rivojlanish jarayonini o`rganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi har 
bir tizimiga tegishli a’zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funksiyalari 
bilan bog`langan xolda, jinsiy tafovutlarni hisobga olgan xolda, shuningdek atrof-
muhitning a’zolar tuzilishi hamda vazifasiga bo‘lgan ta’sirini o`rganadi.
 
Sistematik anatomiya
- suyaklar qismi - osteologiya, suyaklarning o`zaro 
birlashishi bo‘g‘imlarni o`rganadigan qismi – sindesmologiya, muskullar – 
miologiya, ichki a’zolar sistemasi - splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi – 
angiologiya, ichki sekret bezlar qismi – endokrinologiya, sezgi a’zolari – 
esteziologiya va nihoyat, asab sistemasi – nevrologiya bo‘limlaridan iborat. Har bir 
tizimga tegishli a’zolarning tuzilishi, shakli, bajaradigan funksiyasi, ularning 
o`zaro munosabatlarini alohida ko`rib chiqiladi. 
Solishtirma anatomiya
- odam organizmi tuzilishi, rivojlanish xususiyatlarini 
evolyutsion nuqtai nazardan – filogeneziga taqqoslangan holda hamda odam 
holatiga o`tish jarayoni – antropogenezini o`rganadi.
Embriologiya
- organizmning paydo bo`lishini, tug`ilguncha ona qornida 
o`sib, rivojlanib toki tug`ilguncha bo‘lgan davrni fani o`rgansa, tug‘ilgandan 
boshlab to hayotning oxirigacha bo‘lgan davrni “yoshga qarab” anatomiya
 
o‘rganadi.
Anatomiya shu bilan birga a’zolarning joylashish xususiyatlarini, ularning 
o`zaro munosabatlarini, chegaralarini, proeksiyasini – topografik anatomiya
o`rganadi. Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar 
yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy tizim kabi omillarni 
ta’sirini o`rganishi bilan 
antropologiya 
shug`ullanadi. 
Odam organizmi a’zolarining tuzilishi ularning bajaradigan vazifasiga 
bog`lik holda tekshirish 
funksional anatomiya
fanining vazifasidir. 
Fiziologiya 
- fani tirik organizmda kechadigan hayotiy jarayonlarni 
o‘rgatadigan fandir. Fiziologiya fani biologik fanlarining bir qismi bo‘lib 


12 
organizmning va uning organ, to‘qima va hujayralarida sodir bo‘layotgan hayotiy 
jarayonlarni, ularning asosida
yotadigan qonuniyatlarni o‘rganadi, bu 
qonuniyatlar orasidagi bog‘lanishlarni tekshiradi.
Solishtirma fiziologiya
- turli darajada indvidual rivojlanishga ega bo‘lgan 
bir turdagi va har xil hayvonlar organizmidagi funksiyalardagi spetsifik 
o‘zgarishlarni o‘rganadi. Bu yo`nalish evalyutsion fiziologiya deb nom olib, unga 
ekologik fiziologiya ham kiradi. Evolyutsion fiziologiya o‘zining tarixiy 
taraqiyyoti davrida hayvonlar organizmining funksiyalarini turli sharoitlarda
Fiziologiyaning xususiy qismida
- organizmdagi alohida olingan organ va 
sistemalarda kechadigan hayotiy jarayonlarni faqat o‘sha organ va sistemalarga 
xos tomonlarini ya’ni qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon, ayiruv, va 
boshqa organlar faoliyatini o‘rgatadi. Demak organizmda qancha sistema bo‘lsa 
fiziologiyaning xususiy qismi ham shunchadir. Fiziologiyaning sohalari juda ko‘p 
bo‘lib odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqa turdagi 
fiziologiyalar farq qilinadi.
Patologik fiziologiya 
– qismida organizmda patologik jarayonlarning kelib 
chiqishi, rivojlanishi va organizm darajasidagi o‘zgarishlarga olib keluvchi 
oqibatlarni o‘rganadi.
Fiziologiya fani turli fanlar bilan aloqada bo‘lib, jumladan fizika, biofizika, 
kimyo, biokimyo fanlari bilan bog‘langan bo‘lib, organizmda kechadigan hayotiy 
jarayonlar asosida fizik va kimyoviy qonuniyatlar yotadi. Hozirgi kunda 
organizmdagi hayotiy jarayonlarni o‘rgatadigan soha bo‘lib biokimyo va 
biofizika fanlari mustaqil fan bo‘lib shakllangan. Fiziologik jarayonlarni 
tushuntirishda fizik va kimyoviy tushunchalardan keng foydalanadi. Masalan: 
spektrofotometriya, radioaktiv izotoplar usuli, elektrik asboblar, rentgenografiya 
va boshqalar. Biofizik yo’nalishning muhim bir tarmog‘i – elektrofiziologiya 
hisoblanib, u hayvon organizmidagi elektrik hodisalarni o‘rganadi. Keyingi 
yillarda kibernetika fani turli mexanizmlar umumiy aloqasi va boshqarish 
prinsiplari haqidagi fan fiziologiyada katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Matematik 
modellashtirish organizmdagi turli jarayonlar o‘rtasida mavjud ba’zi bir 


13 
aloqadorlikni tushunishga sharoit yaratadi. Organizmdagi turli funksiyalarni va va 
ular aloqadorligini umumiy qonuniyatlarini ochishiga yordam beradi.
Fiziologiya hayvonot olamining rivojlanishini tushuntiradigan umumiy 
qonuniyatiga evolyutsion ta’limotiga va embriologiyaga tayanadi. Evolytsiyani 
o‘rganish bilan birga evolyutsion ta’limotni ayrim masalalarini o‘rganishga 
yordam beradi. Bulardan tashqari fiziologiya Organizmdagi hujayra, to‘qima 
organlar faoliyatini uning tuzilishi, strukturasidan ajratib alohida-alohida o‘rganib 
bo‘lmaydi deb, har qanday funksiya asosida muayyan struktura-tuzilish, shakl 
yotganligi tufayli fiziologiya anatomiya, gistologiya,sitologiya kabi morfologik 
fanlar bilan bog‘iqdir. Organizm funksiyalarini o‘rganishda patofiziologiya fani 
bilan aloqada bo‘ladi, chunki fiziologiya sog‘lom organizm funksiyalarini normal 
sharoitda o‘rgansa, patofiziologiya kasal organizm funksiyalarini o‘rganadi.
Organizm turli funksiyalar mazmunini tushunish uchun funksiyalarni 
modellashtirish usulidan foydalanish zarur bo‘lib, uni uchun murakkab asboblar 
yordamida biror funksiya mohiyatini tushuntiradigan maxsus mexanizmlar 
yaratilmoqda. Bu mexanizm-modda u yoki bu organni ishlash prinsiplarini bilish, 
uning funksiyasi mohiyatini boshqarilish mexanizmlarini tushuntirishga yordam 
beradi. Fiziologiya funksiyalarni tarixiy, individual taraqqiyot davrida o‘zgarib 
borishini o‘rganishda umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va 
embriologiyaga tayanadi. I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan hazmlanish 
fiziologiyasi organizmlarni oziqlantirishni nazariy va amaliy mustahkam manbai 
bo‘lib hisoblanadi. Vitaminlar haqida o‘rganish va uni kashf etilishi odamlarda 
uchraydigan turli avitaminozlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish