35
silliq’ va yurak muskullari kiradi. Ko`rsatilgan muskul to‘qima turlari bir - biridan
kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatdan farqlanadi. Muskul
to‘qimasining tarkibini 3 xil struktura tashkil etadi; qisqaruvchi, trofik va tayanch
apparatlar. qisqaruvchi apparat maxsus organellalar miofibrillardan iborat. Trofik
apparatni esa yadro sarkoplazma va sarkoplazmada
joylashgan umumiy
ahamiyatga ega bo‘lgan organellalar tashkil etadi.
Tayanch apparatini ega muskul
hujayra yoki tolalarni chekkasida tikilib yotgan sarkolemma va bundan tashqari har
bir muskul hujayrasi sirtdan o`rab yotgan yumshoq biriktiruvchi to‘qima tolalari
hosil qiladi. Bundan tashqari muskul to‘qimasining tarkibiga maxsus
harakatlantiruvchi asab uchlari, qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qima xam tashkil
etadi. Silliq muskul to‘qima hujayraviy tuzilishga ega bo‘lib ko‘pchilik kovak
ichki a’zolari qon tomirlar
devorining mushak qatlamini, hosil qiladi.
Silliq
muskul
to‘qimasi embrional taraqqiyot davrida maxsus tarmoqlangan
yulduzsimon shaklga ega bo‘lgan mezenxima hujayralaridan taraqqiy etadi.
Mezenxima hujayralarning differensiyalanishi natijasida o‘simtalari yo‘qolib
shakli cho`ziq va duksimon holga aylanadi, sitoplazma tarkibida esa qiskaruvchi
ipchalar - miofibrillalar rivojlanadi. Silliq muskul to‘qima
hujayraviy tuzilishga
ega bo‘lib ko‘pchilik kovak ichki a’zolari qon tomirlar devorining muskul
qatlamini, hosil qiladi. Silliq muskul to‘qimasi embrional taraqqiyot davrida
maxsus tarmoqlangan yulduzsimon shaklga ega bo‘lgan mezenxima hujayralaridan
taraqqiy etadi. Mezenxima hujayralarining differensiyalanishi natijasida o‘simtalari
yo‘qolib shakli choziq va duksimon xolga aylanadi,sitoplazma
tarkibida esa
qisqaruvchi ipchalar - miofibrillar rivojlanadi. Silliq muskul to‘qimasining
faoliyati vegetativ asab sistemasi tomonidan boshqariladi. Silliq muskul
to‘qimasining asosiy struktur birligi muskul hujayrasidir. Muskul hujayra cho`ziq,
duksimon: uning birmuncha Yo‘g‘on qismida tayoqchasimon yadrosi yotadi.
Uning sitoplazmasida ahamiyatga ega bo‘lgan barcha umumiy organellalar va
miofibrillar xam aniqlanadi.
Ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qima simplastik
tuzilishga ega bo‘lib, bu to‘qimaning birligi hujayra bo`lmasdan balki ko‘ndalang
targ‘il-muskul tola hisoblanadi. Muskul tolaning shakli silindrsimon bo‘lib,
36
atrofidan tayanch biriktiruvchi to‘qimasi bilan o‘ralgan.
Skelet muskulaturasi
ko`ndalang-targ‘il tolalarning uzunligi bir necha millimetrdan 1 sm gacha yetishi
mumkun, diametri esa 12-70 mk. atrofida. Tola sitoplazmasida ko‘p miqdorda
yadrolar joylashgan. Ular tola chekkasida sarkolemma ostida tizilib yotadi.
Sarkoplazmada bundan tashqari mahsus organellalar - miofibrillar bor. Bular tola
o‘qi bo`ylab, dasta-dasta xolda yotgan ingichka ipchalardan iborat bo‘lib,
ko`nlalangiga taram-taram bo`yalish xususiyatiga ega.
Bu chiziqligining asosiy
sababi turli fizik-kimiyoviy va optik xususiyatlarga ega bo‘lgan qismlarning
navbatlashuvidan iborat. Miofibrillarda ko`ndalangiga yo`nalgan och va to‘q
bo`yaluvchi ikki xil diskning ketma-ket joylashuvi tufayli chiziqlik vujudga keladi.
To‘q bo`yaluvchi disk – anizotrop A disk deb ifodalanadi. Och bo`yaluvchi disk -
izotrop I diski deb nomlanadi. A disk och rangli N - xoshiyasi orqali, disk I esa
qoramtir - Z chizig`i bilan bo‘linadi. Sanab o‘tilganda ko‘ndalang chiziq va disklar
miofibrillalarda ko‘ndalang - targ‘il manzarasini hosil qiladi. Shu sababli butun
muskul tolasi ko`ndalang targ‘il manzaraga ega bo‘ladi. Muskul tolalari sirtdan
biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan yupqa pardalar bilan o‘ralgan.
Bir nechta
muskul tola atrofidan - endomiziy biriktiruvchi to‘qimali parda bilan qoplangan.
Bir nechta muskul guruhlari qalinroq bo‘lgan biriktiruvchi parda – peremiziy bilan
o‘ralgan. Siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lgan perimiziydan qon
tomirlarning arterial shoxlari o‘tib, bulardan esa hosil bo‘lgan kapillyarlar turi
atrofidan joylashadi. Muskul to‘qimani tarkibiga kiruvchi asab oxirlari orqali
markaziy asab va sensor tizimlari bilan bog`lanish ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: