48
Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar:
1.Tayanch harakatlanish a’zolar tizimi haqida tushuncha?
2.Odamning harakat tizimi necha qismdan iborat va
ularning vazifasiga nimalar
kiradi?
3.Odamning tana suyaklari qaysi soha suyaklarini o‘z ichiga oladi?
4.Umumrtqa pog‘onasining suyaklari qanday qismlar bilan farqlanadi?
5.Ko‘krak qafasi suyaklarining tuzilishi va ularning vazifasi nimalardan
iborat?
6.Bosh suyaklarining tuzilishi va vazifasi qanday?
7.Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishiga ko‘ra vazifasi nimalarda ko‘rinadi?
8.Odam suyaklarining qanday o‘zaro birikmalari farqlanadi?
9.Tana, bosh va qo‘l-oyoq suyaklarining qanday o‘zaro birikmalarini bilasiz?
10.Ko‘ndalang targ‘il muskullar tuzilishi va vazifasini bilasizmi?
11.Tayanch harakatlanish a’zolar tizimini ahamiyati nimalardan iborat?
12.Tayanch - harakatlanish a’zolarini nerv tizimini qaysi qismi boshqaradi?
13. Suyaklar bir-biri bilan necha xil birlashgan?
14.
Bo‘g‘imlarni tasniflang?
15.
Muskullarning tuzilishini tushuntiring?
16.
Muskulning ishi qanday amalga oshadi?
17. Izometrik ish rejimi deganda nimani tushunasiz?
18. Izotonik ish rejimi deganda nimani tushunasiz?
19. Auksotonik ish rejimi deganda nimani tushunasiz?
20.
Relaksatsiya bu…?
49
4 –Bob. Qon va limfa. Qonning shaklli elimentlari va plazma tarkibi.
Gemostaz mexanizmlari. Qon guruhlari, Rezus-faktor. Таbiiy
antikoogulantlar va ularni gematologiyada ishlatilishi.
Organizmni ichki muhitini qon, to‘qima suyuqligi va limfa hosil qiladi. Ular
organizmda almashinuv reaksiyalarini amalga oshirishda qatnashadi. Hujayralar,
o‘zining protoplazmasida va atrofidagi suyuqlikda harorat, bosim, oziq moddalar,
vodorod va kislorod ionlari, hamda boshqa moddalar
miqdori nisbatan doimiy
saqlangandagina faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ichki muhit dinamik doimiylik, ya’ni
gomeostaz bilan xarakterlanadi va bu xol, organizmning hayot faoliyatida muhim
rol o‘ynaydi. Qon va boshqa suyuqliklar o‘rtasida doimiy ravishda modda
almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Qon tizimiga, qonning o‘zidan tashqari qon
yaratilishini ta’minlaydigan
tuzilmalar, qonning yemirilishida ishtirok qiluvchi
a’zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi.
Qon
- suyuk holdagi biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, plazma va shaklli
elementlardan tashkil topgan. Qon odam vazning 7-8% tashkil etib,
erkaklarda
ayollarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Qonning kimyoviy tarkibi 80% gacha suv va
20% organik moddalardan iborat. Doim harakatda bulgan qon organizmning butun
a’zolari va to‘qimalarini oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Suv va unda erigan
moddalar qondan to‘qima suyuqligiga o`tib, har bir hujayra orasidan utib, a’zolar
orasida doimiy modda almashinuvini ta’minlaydi. Limfa to‘qima suyuqligidan
hosil bo‘lib, limfatik kapillyarlariga yig`iladi. To’xtovsiz qonni limfa va to‘qima
suyuqligi bilan aralashishi organizmda ichki muhit tarkibini
bir xilda saqlashga
imkon yaratadi. Qon tarkibida qanday moddalar harakatlanib yurishiga qarab, bir
qancha bajaradigan vazifalarini ko`rsatish mumkin:
1.Nafas olish funksiyasi to‘qima va o‘pkalarga kislorodni yetkazish, karbonat
angidridni esa qayta yo`nalishda organizmdan olib chiqishdan iborat.
2.Trofik funksiyasi ozik moddalarni (aminokislotalarni, glyukoza, yog kislotalarni)
ovqat hazm qilish a’zolardan to‘qima va hujayralariga yetkazilishini ta’minlash.
50
3.Ajratish funksiyasi dissimilyasiya jarayoni natijasida hosil bo`lgan
oxirgi
moddalarni buyrak, teriga yetkazish va siydikni hosil bo`lishida ham ishtirok etish.
4.Boshqaruvchi funksiyasi turli a’zolarning faolligini idora etishi qon tarkibiga
kiruvchi gormonlar va boshqa biologik aktiv moddalarni tashishi bilan bogliq.
5.Termoregulyator funksiyasi - qon issiqlik o`tkazuvchanlik va issiqlik sig`imiga
ega. Tomirlardan qon harakatlanib yurib, organizm xaddan tashqari issib ketganda,
tana issiqlikni yo`qotadi, tana harorati pasayib ketganda, qon tomirlarning teshik
diametrlari o`zgarishi tufayli, issiqlik saqlanib qoladi.
Bu xodisa terida, teri osti
yog` kletchatkasida, muskullarda va ichki a’zolarda ro`y beradi.
6.Gomeostatik funksiyasi orqali organizm ichki muhit tarkibini doimiyligi
saqlaydi.
Qonni
kimyoviy
tarkibi,
organizmda
moddalarni
ma’lum
konsentratsiyada saqlanishi gomeostaz tufayli muvozanatlashadi.
7.Himoya funksiyasi fagotsitoz jarayonida ishtirok etuvchi leykotsitlar tomonidan
bajariladi va organizmga kirgan
turli zararli mikroorganizmlar, antigenlardan va
zararli moddalardan gumoral himoyani ta’minlanadi. Qonni ivishi natijasida
jaroxatdan qonni oqishini to`xtalishi ham himoya vazifasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: