61
5-Bob. Qon aylanishi. Yurak fiziologiyasi va tuzilishi. Qon tomirlari tuzilishi
va fiziologiyasi. Transplantasiya va stendlash usullari.
Yurakning tuzilishi va funksiyalari.
Organizmda qonning harakatini yurak
ta’minlaydi. Yurak muskulli a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining ichida, kuks
oralig`ining o`rta qismida, to`sh suyagining orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi
chap, 1/3 qismi o`ng tomonida qiya holatda joylashgan bo‘lib, uchi oldinga, pastga
va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg‘a oralig`ida,
o`ngdan to`sh suyagining cheti, o’mrov osti chizig`idan 1 sm ichkarida, chapdan
ko‘krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg‘a oraligida bo‘ladi. Tirik odamda
yurakning kengligi 12-15 sm. uzunasi 14-16 sm, ayollarda o‘rtacha vazni 250 g,
erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo‘lib, ko‘pincha joylashuvi
va shakli odamning yoshiga va konstitutsiyasiga, nafas harakatlari va bajariladigan
jimoniy harakatlariga bog‘liq.
Odamning yuragi - chap (tana) va o`ng (o‘pka) bo‘limlaridan iborat (ilova:
25- rasm). Har bir bo‘limda bo‘lmacha va qorincha mavjud bo‘lib, ular o‘zaro
atrioventrikulyar teshik bilan bog‘lanadi. Bu teshiklarning (chap bo‘limda) ikki
tabaqali va (o`ng bo‘limda) uch tabaqali klapanlari ham bor (ilova: 26- rasm). Bu
klapanlarga, qorinchalar tomonidan paysimon tolalar ulangan bo‘lib, ular klapanni
faqat
qorinchalar
tomonga
ochilishiga
imkoniyat
beradi.
Atrioventrial
teshiklarning, klapanlardan tashqari, halqasimon mushaklari ham bo‘lib, ular
teshiklarni yopilishida ishtirok etadi. Chap qorinchadan aorta chiqib,
undan qon
aylanishning katta doirasi, ung qorinchadan esa - o‘pka arteriyasi chiqib, undan
qon aylanishning kichik yoki o‘pka doirasi boshlanadi.
Bu qon tomirlar
boshlanadigan teshiklar, yarimoysimon klapanlar bilan yopilgan bo‘lib, ular faqat
qorinchalar qisqargan paytdagina ochiladi. Yurakning qon haydash faoliyati, uning
birin-ketin bo‘shashishi (diastola) va qisqarishiga (sistola) bog‘liq. Diastola
vaqtida bo‘lmachalar va qorinchalar qonga to‘ladi, sistola vaqtida esa qon
qorinchalardan yirik arteriyalarga, ya’ni aorta va o‘pka arteriyasiga otilib chiqadi.
Bu paytda, yarimoysimon klapanlar qonning yurakka qaytib ketishiga yo‘l
62
qo‘ymaydi. Bo‘lmachalar va qorinchalar o‘rtasidagi
klapanlar, qorinchalar
sistolasida, qonni qorinchalardan bo‘lmachalarga qaytishga to‘sqinlik qiladi. Qon
qorinchalarga tushishdan avval yirik venalar (kovak venalar va o‘pka venasi)
orqali bo‘lmachalarga quyiladi. Bo‘lmachalar sistolasi tufayli qon qorinchalarga
o‘tadi. Qonni yurakka yetkazib beradigan qon tomirlarni
venalar
, yurakdan chiqib
tarqatuvchi qon tomirlarni
arteriyalar
deb ataladi. Yurak devori uchta qatlamdan -
endokard, miokard va epikarddan iborat bo‘lib, asosiy qismini,
eng murakkab
tuzilishga ega bo‘lgan miokard tashkil qiladi. Miokardni alohida mushak tolalari
hosil qilib, ularning har biri funksional birlik hisoblanadi. Miokard bir-biriga
uchma-uch ulangan hujayralar, ya’ni tiotsitlardan
iborat va umumiy membranaga
ega. Morfologik va funksional xossalariga ko‘ra, yurakning mushak tolalari ikki
turga bo‘linadi; 1) bo‘lmachalar va qorinchalarning ishchi tolalari, ular yurak
mushagining
asosiy massasini tashkil qilib, yurakning qon haydash faoliyatini
amalga oshiradi; 2) ritm yetakchisi vazifasini va o‘tkazish tizimini tashkil qiluvchi
atipik tolalar. Bu tolalar qo‘zg‘alishni ro‘yobga chiqaradi va uni miokardning
ishchi tolalarga o‘tkazadi. Yurak mushagi (miokard) Qo‘zg‘aluvchanlik,
o‘tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik, avtomatiya xossalariga ega bo‘lib, asab
to‘qimasi va skelet mushaklari bilan bir qatorda, qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar safiga
kiradi. Yurak mushagi
tinchlik potensialiga ega, demak, bo‘sag‘adan yuqori
ta’sirotlarga harakat potensialini o‘tkaza oladi. Miokard, funksional birlikdan,
ya’ni sinsitiydan iborat bo‘lganligi uchun, skelet mushaklaridan farq qiladi.
Qo‘zg‘alish, miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun miokardga
tarqalib, tolalarning hammasini qo‘zg‘atadi. Buning sababi shundaki, miokardning
ishchi tolalari orqali disklar - neksuslar yordamida o‘zaro bog‘langan.
Neksuslarning elektr oqimiga ko‘rsatadigan qarshiligi juda kam. Ular orqali
qo‘zg‘alish qarshilikka uchramay, tez tarqaladi. Shuning uchun ham, yurak yakka
tola singari «bor yoki yo‘q» qonuniga itoat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: