14-ish. Analizatorlarning tuzilishi (kо‘z, quloq). Kо‘zning kо‘rish о‘tkirligini aniqlash. Kо‘zning kо‘r dog‘ini aniqlash (Mariott tajribasi).
Dastlab rasmlarda tasvirlangan kо‘zning tashqi va ichki tuzilishi, asab tolalari, mushaklari, qon tomirlari, kolbacha va tayoqchalarning tuzilishi bilan tanishiladi.
Undan keyin qoramol yoki qо‘y kо‘zi soqqasining shakliga, sirtqi yuzasiga (oqsil qavatiga) va uning yuzasiga tutashgan mushak qoldiqlariga, kо‘z soqqasining orqa tomonida joylashgan kо‘rish asabiga, shox pardaga, kо‘z soqqasining oldingi tomonidagi shox pardaga, shox parda orqasidagi teshik, ya’ni kо‘z qorachig‘iga e’tibor beriladi.
Kо‘z soqqasining tuzilishini о‘rganish
Ishning maqsadi: Kо‘z soqqasining tuzilishini о‘rganish
Ishning rejasi:
1.Kо‘zning tuzilishi tasvirlangan rasmlardan foydalanib rasmni chizish;
2. Qoramol yoki qо‘y kо‘zini kesib, uning tuzilishini о‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Rasmlar, skalpel, uchli qaychi, pinset, preparoval vanna, tarelka, mol yoki qо‘yning kо‘zi.
Ishning bajarilishi:
Kо‘z soqqasining ichki tuzilishini о‘rganish uchun, kо‘z soqqasini chap qо‘lning bosh va kо‘rsatkich barmoqlari orasiga olib, oldingi va orqa tomonidan bir oz qisiladi va о‘ng qо‘ldagi qaychining ostki uchini uning qobig‘ qatlamiga sanchab, uni doira bо‘ylab kesib chiqiladi. Bunda kо‘z soqqasi ikkita yarim sharga: 1) shox pardali oldingi va 2) kо‘rish asabi bо‘lgan ketingi bо‘laklarga bо‘linadi. Kо‘z soqqasi ichidagi shishasimon tanani skalpel yordamida kesish bilan ikkala bо‘lak bir-biridan ajratiladi.
Pinset dastasi yordamida kо‘z soqqasining oldingi yarmidan shishasimon tana extiyotkorlik bilan ajratilib, kо‘z qorachig‘i, kamalak parda, kо‘z soqqasining oldingi kamerasi, kiprikli mushaklar bilan о‘ralgan kо‘z gavhari о‘rganiladi.
Shishasimon tana ajratilganda uning bilan birga kamalak pardaning ichki yuzasiga qirg‘ok bо‘ylab tutashgan kо‘z gavhari ajralib chiqadi. Uni ehtiyotkorlik bilan skalpel dastasi yordamida shishasimon tanadan ajratib olinadi va о‘rganiladi. Bunda kо‘z gavharining ikki tomonlama qavarig‘i linzasimon shakliga e’tibor beriladi. Keyin gavhar qirrasi bilan preparoval ninaga sanchilib, u orqali kitob harflari kо‘riladi, oq qog‘ozga esa derazada aksi tushiriladi.
Undan keyin, kо‘z soqqasining keyingi yarmi о‘rganiladi. Shishasimon tana extiyotkorlik bilan olib tashlangandan keyin, kо‘z soqqasining ichki yuzasi: tо‘r parda, undagi sariq va kо‘r dog‘lar (kо‘rish asablari tо‘planib chiqib ketadigan joyi) aniq kо‘rinadi. Tо‘r parda oqish pushti rangli juda yupqa bо‘ladi. Uning ostida qoramtir rangdagi tomirli parda joylashgan. Uni kо‘rish uchun tо‘r parda pinset bilan kо‘tarilib, kо‘r dog‘ atrofidan kesib olinadi.
Kо‘z soqqasining tuzilishini о‘rganish uning sxematik rasmini chizib olish bilan tugallanadi.
Kо‘zning kо‘rish о‘tkirligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |