64
impulslar soni bir daqiqada tahminan 70 taga to‘g‘ri keladi. Qo‘zg‘alish sino-atrial
tugundan bo‘lmalarning ishchi miokardiga tarqaladi. Baxman tutami qo‘zg‘alishni
o`ng bo‘lmachadan chap bo‘lmachaga tez tarqalishini ta’minlaydi. Sino-atrial
tugunni atrioventrikulyar tugun bilan bog‘lovchi atipik tolalar mavjud.
Qorinchalarga impulslar faqat Giss tutami bo‘ylab
tarqalishi mumkin, chunki
atrioventrikulyar
to‘siqning boshqa qismlari Qo‘zg‘aluvchan bo‘lmagan
biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Qo‘zg‘alish, o‘tkazuvchan tizim bo‘ylab tarqalar
ekan, atrio-ventrikulyar tugunda bir zum to‘xtab o‘tadi. O‘tkazuvchi
tizimning
boshqa qismlari - Giss tutami, chap va o’ng oyoqchalari va ularning shoxlari -
Purkine tolalari impulslarni bir soniyada 2 m ga teng yuqori tezlikda o‘tkazadi.
Natijada, chap va o’ng qorinchalar miokardi deyarli bir vaqtda qisqaradi.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimini tashkil qiluvchi atipik hujayralarning har biri o‘z-
o‘zidan impulslar ishlab chiqarish qobiliyatiga (avtomatiyaga) ega (ilova: 27-
rasm). Ammo, tabiiy sharoitda sino-atrial tugun pastki
avtomatiya markazlarini
o‘ziga bo‘ysindiradi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi ritmik ravishda impulslar hosil
bo‘lishini, bo‘lmachalar va qorinchalarning ketma-ket qisqarishini, qorinchalar
miokardi hujayralarining sinxron qisqarishini ta’minlaydi.
Elektrokardiografiya.
Yurakda qo‘zg‘alishning
vujudga kelishi va
tarqalishi ayrim mushaklar hujayralaridan yoki yurak yuzasidan elektr potensiallari
farqini yozib olish yo‘li bilangina emas, balki yurakning ishlashi tufayli tana
sirtida ro‘y beruvchi elektr o‘zgarishlarini (yozib olish) bilan ham o‘rganish
mumkin. Sababi, yurakning qo‘zg‘algan va qo‘zg‘almagan qismlari o‘rtasida elektr
potensiallarining farqi paydo bo‘lganda, elektr kuch chiziqlari butun tana bo‘ylab
taqsimlanadi. Demak, tananing ma’lum nuqtalariga elektrod qo‘yib,
potensiallar
o‘zgarishining tipik elektr chiziqlarini qayd qilish mumkin bo‘lib, bu usul
elektrokardiografiya deyiladi,
yozib olingan egri chiziq esa, elektrokardiogramma
deyiladi (ilova: 28- rasm). Elektrokardiogrammani yozib olish uchun, potensiallar
qo‘l-oyoqlardan va ko‘krak qafasining ma’lum nuqtalaridan olinadi. Ko‘pincha
elektrodlar badanga uchta standart usul bo‘yicha ulanadi:
1- usul – o`ng qo‘l va chap qo‘lga,
65
2-usul – o`ng qo‘l va chap oyoqqa,
3-usul - chap qo‘l va chap oyoqqa.
Zaruriyat bo‘lganda elektrokardiogramma ko‘krak qafasining 6 ta ma’lum
nuqtasidan ham yozib olinadi.
Normal elektrokardiogrammada beshta chiziqli nuqta ajratiladi va ularni R,
Q
,
R
,
S
, T harflar bilan belgilanadi. R,
R
, T nuqtalar tepaga qaratilgan, musbat
Q
va
S
nuqtalar esa - manfiy, ular izoelektrik chiziqdan pastda. R nuqta chap va o`ng
bo‘lmachalar qo‘zg‘alganda vujudga keladigan
potensiallarning algebraik
yig‘indisidir. Uning davomi 0,1 s chamasida.
Q
,
R
,
S
, T nuqtalar majmuasi
qorinchalar qo‘zg‘alganda ro‘y beradigan elektrik hodisalarni aks ettiradi.
Q
,
R
,
S
,
majmuasi qo‘zg‘alishni qorinchalar bo‘ylab tarqalishining aksi bo‘lib, T nuqta esa
ularning repolyarizatsiyasini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: